10/03/2020
Зулфияхоним издошлари
Хамон эътиқодим хақиқат ҳакдир
Сўзлайман юзимни тутиб Каъбага
Емира олмайди уткинчи тақдир
Осуда утмокда,рухим абади
Эъзозлар, ардоклар учун ташаккур
Асли сиз офтобим мен зиёсиман
Тонгларингиз кулсин дориломон хур
Бахтим шул ўзбекнинг Зулфиясиман
Бу йил бахор юртимизга ўзгача қувончлар билан ташриф буюрди. Бутун олам бахор таровати билан яшнамокда. Байрамлар қўшалок бўлиб дилларга қувонч ...
27/02/2020
Бўстонлиқ туманидаги 20-мактабгача таълим ташкилотида ҳисобот-сайлови бўлиб ўтди.
Таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманидаги 20-мактабгача таълим ташкилотида 2020 йил 27 феврал куни ҳисобот-сайлови йигилиши ва жамоа шартномасини 2017-2019 йилларнинг жамоа шартномасини 2019 йилда бажарилиши хамда 2020-2022 йилларга мўлжалланган жамоа шартномаси қабул қилишиниши тўғрисида йиғилиш бўлиб ўтди.
☝️Амалий семинар тарзида утган йигилишда МТТ директорлари ва КУК раислари иштирок этишди.
☝️ Йиғилишни МТТ касаба уюшмаси қўмитаси раиси очиб берди.
☝️Кун тартибидаги масала юзасидан бошланғич касаба уюшмасининг 2015-йил март , 2020-йил март ойлари оралиғи давомидаги касаба уюшмаси қўмитаси фаолияти тўғрисидаги ҳисоботи тингланди. Кун тартибидаги масала юзасидан сўзга чиққан касаба уюшмаси аъзолари касаба уюшмаси қўмитасининг ўтган даврдаги фаолияти юзасидан ўз ...
26/02/2020
ЎзФА Биорганик кимё институтида бошланғич касаба уюшмаси қўмитаси ҳисобот-сайлов йиғилиши бўлиб ўтди.
Ўзбекистон Фанлар академияси О.С.Содиқов номидаги Биоорганик кимё институтида бошланғич касаба уюшмаси қўмитаси ҳисобот-сайлов йиғилиши бўлиб ўтди.
☝️Аввало қўмита раиси б.ф.д. проф. Бабаев Б.Н. 2015 йил март ойидан 2020 йил февраль ойи мобайнида касаба уюшмаси томонидан олиб боргани ишлари юзасидан ҳисоботи тингланди. Сўзга чиққанлар касаба уюшмасининг ўтган давр мобайнида олиб борган ишларини қониқарли деб баҳхоладилар.
☝️Институт директор ўринбосари академик Аббосхон Тўраев сўзга чиқиб бугунги кунда илм-фанга алоҳида эътибор каратилаётганлигини таъкидлаб касаба уюшмалари олдида турган вазифалар хусусида таклифлар киритди. Йиғилишда қўмитанинг янги таркиби, ЎзФА БКУ ташкилоти конфренциясига делегат сайланди.
☝️ Сўнгра 2018-2020 йиллар тузилган ЖШсининг 2019 йилда бажарилиши юзасидан томонлар ҳисоботлари тингланди ва 2020 йил ...
11/02/2020
#ҳисобот-сайлов
Ўзбекистон Фанлар Академияси бирлашган касаба уюшмаси қўмитаси тасарруфидаги "Ўзбекистоннинг энг янги тарихи масалалари бўйича мувофиқлаштирувчи методик маркази" касаба уюшмаси ташкилотида 2017-2020 йилларга тузилган жамоа шартномасининг 2019 йил якунлари ва касаба уюшма ташкилотининг ҳисобот-сайлов йиғилиши ўтказилди.
☝️ Ушбу ташкилот 2017 йил июнь ойида Фанлар Академияси янги ташкил топилган ташкилот бўлганлиги сабабли касаба уюшмаси ташкилотчиси Абдимўминов Ойбек Бектемирович ўтган давр мобайнида касаба уюшмаси томонидан олиб борилган ишлар хусусида ҳисобот берди. Сўзга чиққанлар касаба уюшмасининг фаолиятини қониқарли деб баҳоладилар. Йиғилишда касаба уюшма ташкилотининг янги таркиби ва бу ташкилотининг конфренциясига делегат сайланди.
09/07/2018
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari mavqei va nufuzini oshirish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Joriy yilning 6-7 iyul kunlari Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti Raislar kengashi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorligida shahar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 95 nafari ishtirokida Al-Farg‘oniy dam olish uyida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad, bugungi kunda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda ish tajribalarini ommalashtirishga va ularni sog‘lomlashtirishga qaratildi.
O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari ...
28/06/2018
“Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yosh olimlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish maqsadida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi respublika bosqichi tashkil etildi. “Eng faol yosh olim” nominatsiyasining tashkilotchisi O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning aprel-may oylarida mazkur tanlovning muassasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlari o‘tkazildi.
Tanlovning Respublika bosqichiga qadar 150 nafardan ortiq ishtirokchi-yosh olimlar ...
23/08/2016
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallagan DASTURI amalda.
Xorazm viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi shahar, tuman Kengashlari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.
Mazkur o‘quv-seminarga viloyatda faoliyat olib borayotgan 249 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitalari raislari taklif qilindilar. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari tayanch tashkilotlari faoliyati, ibratli ishlari bilan tanishish va tajriba almashish barobarida o‘quv-seminar dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kasaba uyushmalari mutaxassislari tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.
Seminar dasturidan o‘rin olgan mehnatkashlarni ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, muassasada ish ...
06/09/2015
“Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 13 iyulidagi “Kasaba uyushmalari bolalarga aksiyasi doirasida tashkil etiladigan “Tozalik, ozodalik - salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 22-52 “s” sonli qaroriga asosan joriy yilning 4 sentyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2,10, 17, 23, 24, 29, 33, 34, 35, 37, 38 - umumta'lim maktablarida, Sayxunobod tumanidagi 5, 7, 14, 16, 18, 22, 23, 25, 30, 31, 33, 38, 36 - sonli umumta'lim maktablarida va Guliston tumanidagi 4, 6, 13, 20, 21, 22, 23, 24 -sonli umumta'lim maktablarida “Tozalik, ozodalik - salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda maktablarning 1-sinflariga qabul qilingan jami 857 nafar o‘quvchilarga 857 ta ...