Yangiliklar

15/01/2018
Vatan himoyachilari kasaba uyushmasi e’tiborida
2018-yil 13-yanvar kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Denov tuman kengashi tomonidan Vatan himoyasi uchun jonini fido qilgan 3 nafar ichki ishlar xodimlarini oila a’zolari holidan habar olindi va kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. 30 nafar baynalminalchi jangchi ta’lim xodimlariga kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

14/01/2018
Amaliy seminar-yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislari uchun Baliqchi tumanida “Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalarining barcha tashkilot faoliyatlarini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida olib borishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini borishi” mavzusida amaliy seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. Seminar-yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislari hamda Andijon Davlat Universiteti, Andijon Mashinasozlik instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ishtirok etdilar. Seminar qatnashchilari dasturga asosan dastlab tuman kengashining ish faoliyati bilan tanishdilar. So‘ngra tumandagi 34-maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Shodmonova, Barkamol avlod bolalar maktabi boshlang‘ich ...

12/01/2018
Bolajonlarga bayramga munosib sovg‘a
Shahrisabz tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi investitsiya dasturi asosida qayta qurilib, joriy yilning yanvar oyida foydalanishga topshirildi. Muassasa 70 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ta’lim muassasasida 17 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Muassasa qurilishi uchun davlat tomonidan 833 mln. 800 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan. Big‘mi qishlog‘i maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayramiga mazkur maktabgacha talim muassasasi munosib sovg‘a bo‘ldi. Muassasaning ochilish marosimi tadbirida tarbiyalanuvchilardan kelgusida Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan munosib farzandlar yetishib chiqadi, deb takidladi tuman hokimi X.Bozorov. Shuningdek tadbirda tuman prokurori A.Navro‘zov, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Almirzaeva, tuman kengashi raisi S.Abdullaev hamda ...

28/12/2017
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining navbatdagi Rayosat yig‘ilishi hamda amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2017-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi faollari bilan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamkorligida o‘tkaziladigan amaliy o‘quv-seminar hamda Respublika kengashi Rayosatining navbatdagi 10-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10-26 “s”-sonli qarori va Respublika kengashi tomonidan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi bilan kelishib tasdiqlangan “O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2017-yil 25-26-dekabr kunlari kasaba uyushmasi faollari bilan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamkorligida o‘tkaziladigan amaliy o‘quv-seminar hamda Samarqand shahriga sayohat tadbiri DASTURI” asosida 25-26-dekabr kunlari ...

04/12/2017
“Mehrdan yaralgan asli bu dunyo” deb nomlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 2-dekabr kuni 3- dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi va Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar Kengashi tomonidan “Mirzakarim ota” majmuasida “Mehrdan yaralgan asli bu dunyo” deb nomlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tashkillashtirilgan tadbirga uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar hamda 34-sonli maktab-internati tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Sherzod Mirzakarimov kirish so‘zi bilan ochib bergan tadbirda ajoyib kuy va qo‘shiqlar yangradi. To‘kin dasturxon atrofida joy olgan bolajonlar she’r va qo‘shiqlar aytib raqsga tushdilar. Ayniqsa, 14-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Sardorbek Jamoliddinovning “Jannatim onam” qo‘shig‘i barchada katta taassurot qoldirdi. Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan shu ...

28/11/2017
Sport musobaqalari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017-yil 1-avgustdagi 8-23 “s”-sonli, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2017-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10-2 “s”-sonli qarorlari asosida institut kasaba uyushma qo‘mitasining 2017-yil 4-avgustdagi 10-14 “s”-sonli qarori va shu asosda chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Shu asosda Jizzax davlat pedagogika institutida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, ularni turli kasb kasalliklardan sport va ...

27/11/2017
Chortoq tumanida “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 23-noyabr kuni Chortoq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, bo‘limlar va idoralar xodimlarining tuman kasaba uyushmalari faollari bilan hamkorlikdagi “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda asosan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlaridan biri “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” masalasiga e’tibor qaratildi. Bu boada aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish va salomatligini saqlash, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, modernizatsiyalash, aholining muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini yuksaltirish, sog‘liqni saqlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash kabi dolzarb masalalar qamrab olindi. Ma’lumki, kasaba ...

14/11/2017
«Salomatlik – tuman boylik» spartakiadasi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi, Yashnobod tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorlikda 2017-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani 61-sonli umuta’lim maktabida «Salomatlik – tuman boylik» spartakiadasini o‘tkazdi. Spartakiadada ayollar o‘rtasida sportning Voleybol va erkaklar o‘rtasida Mini futbol turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Qiziqarli musobaqada 100 nafardan ortiq pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Musobaqa so‘ngida g‘oliblar tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.    

10/11/2017
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman kengashi va tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-noyabr kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va kasaba uyushmasi faollari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, targ‘ibot qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirni tuman kengashi raisi G‘.Ne’matov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘’basi rahbari D.Jo‘raevning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzuidagi ma’ruzasi tinglandi. 14 va 23-umumiy o‘rta ta’lim ...

27/10/2017
Angor tumanida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 24-oktabr kuni Angor tumanidagi 9-musiqa va san’at maktabida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va xalq ta’limi bo‘limi tomonidan “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi Respublika ko‘rik-tanlovi”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy va axloqiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Suvonova Dilfuza birinchi o‘rinni egalladi va viloyat bosqichida qatnashishga yo‘llanma oldi. Tadbir so‘nggida direktor o‘rinbosarlariga kasaba uyushmasi tuman kengashining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.    

Izlash

 

So`ngi e`lonlar