Yangiliklar

04/10/2017
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining barcha kasaba uyushmalari a’zolariga MUROJAATI
Aziz do‘stlar, hamkasblar! Paxta bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodida ulkan ahamiyat kasb etuvchi strategik mahsulot hisoblanadi. Istiqlol yillarida, ayniqsa so‘nggi yillarda paxtani xom ashyo shaklida emas, balki undan tayyor, pishiq hamda sifatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqdaki, bu mazkur xom ashyoning yurtimiz iqtisodiyoti va taraqqiyotidagi o‘rni tobora oshib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda borar ekan, biz ushbu mahsulot yetishtirish, ayniqsa uni yig‘ib-terib olishdek mas’uliyatli ishda chetdan qarab tura olmaymiz. Mamlakatimizning qishloq tumanlarida minglab dehqon va fermerlarimizning katta mehnati evaziga bu yil har yilgidanda mo‘l hosil yetishtirildi. Muhtaram Prezidentimiz joriy yil hosili terimi uchun to‘lov pullari ...

12/09/2017
«O‘zbek adabiyotining o‘chmas yulduzlari» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda “Ijtimoiy fikr” Markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf ijodining nodir namunalari bilan o‘zbek kitobxoni tafakkurini yanada boyitish maqsadida «O‘zbek adabiyotining o‘chmas yulduzlari» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar, talabalar va “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrining o‘rganish Markazi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev ochar ekan, mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimizning umrboqiy ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar milliy adabiyotimizni rivojlantirish, ...

25/08/2017
XIVA – MA’NAVIYAT CHASHMASI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyat ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma tashkilotlari a’zolari bo‘lgan 300 dan ziyod chekka qishloqlarda yashovchi soha vakillarining Xivaga sayohati tashkil qilindi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining “2017-2021 yillar mobaynida xodimlar hamda ularning oila a’zolarini Xorazm viloyati va Xiva shahriga sayohatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bugungi kunda ko‘plab kasaba uyushmasi a’zolarining azim Xivada bo‘lib, ma’naviyat, madaniyat sarchashmalaridan bahramand bo‘lishlariga xizmat qilmoqda. Ikki yarim ming yillik tarixga ega Xiva shu davr maboynida ne suronlarni boshdan kechirmagan. Bu yerda boboyu momolarimiz har doim ertangi kunga umid va ishonch bilan umrguzaronlik qilganlar. Mana shu ishonch ...

08/08/2017
Maqsadimiz bitta – “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashish!”
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Beshariq tumanida kasaba uyushma faollari uchun joriy yilning 16-iyul kuni “Yurt taraqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forum yakuni yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminarda Beshariq tuman hokimining Yoshlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, tarmoq kasaba uyushmalari, tuman kengashlari raislari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari ishtirok etdi. Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forum barcha kasaba uyushmalari birlashib, dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash, ijtimoiy sheriklik asosida davlat bilan xalqni yanada jipslashtirib, ijtimoiy sohadagi rolini oshirganligi ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasida belgilangan beshta ustuvor yo‘nalish mazmun-mohiyati, yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga ...

14/07/2017
“Ayollar sport festivali” sport musobaqalari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 11/226-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 12-iyul kuni Gurlan tumani A.Navoiy nomli Madaniyat va istirohat bog‘ida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida hamda “Mustaqilligimizning 26 yilligi” bayrami munosabati bilan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” shiori ostida an’anaviy mintaqaviy “Ayollar sport festivali” sport musobaqalari o‘tkazildi. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Gurlan tuman Kengashi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limlari bilan hamkorlikda sportni ommaviyligini oshirish, ...

04/07/2017
Sayyor qabul
Shu yilning 30-iyun kuni Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi tomonidan institut prorektori va yuristi bilan birgalikda institut xodimlari va talabalarin sayyor qabul o‘tkazilib, unda berilgan savollarga tegishili javoblar hamda tushuntirishlar berildi.

30/06/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining 2-bosqich g‘oliblari aniqlandi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati shahar, tuman kengashlari tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi baholash mezonalri asosida boshlang‘ich tashkilotlarda tanlovning 1-bosqichi jami 1349 ta boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkazilib, ulardan 1098 ta 100 nafargacha a’zosi bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlarni, 251 ta 100 nafardan oshiq boshlang‘ich tashkilotlarni tashkil etdi. Ko‘rik-tanlovning 2-viloyat bosqichiga jami 38 ta kasaba uyushma tashkilotlari hujjatlar taqdim etdi. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash,boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish hamda kasaba ...

14/06/2017
Yozgi sog‘lomlashtirish – 2017
Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilib, o‘g‘il-qizlarimizning intellektual rivojlanishi, ma’naviy va jismoniy kamoloti yo‘lida keng qamrovli ishlar amalga oshiriib kelinmoqda. Bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli tadbirlar ham shular sirasiga kiradi. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman kengashiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim  maktablar soni 36 tani tashkil etadi. Toshkent shahar hokimining 2017-yil 31-maydagi 74-F-sonli farmoyishiga asosan yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tumandagi 7 ta (20, 59, 84, 102, 169, 320, 324) maktablarda yozgi oromgohlar va 24 ta maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etildi. Farmoyishga ...

07/06/2017
Bolalarga bayram sovg‘alari topshirildi
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari-bolalarga!” aksiyasi doirasida birmuncha tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 1-iyun kuni Nukus shahar 6- va 50-maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida bo‘lib, ularga bayram sovg‘alari topshirilgan bo‘lsa, 2-iyun kuni 20 ta nogiron bolalar holidan xabar olindi va ularga ham bayram sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorgi kengashi qo‘mita raisi D.Kurbaniyazov, Nukus shahar hokimi J.Opayev, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi R.Abduraxmanovlar ishtirok etdilar.

06/06/2017
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman kengashi hamda Mirishkor tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi o‘rtasida 2017-yilning 29-may kuni qo‘shma qaror qabul qilinib, bayramini o‘tkazish bo‘yicha tadbir ishlab chiqildi. Mirishkor tumanida tadbirning asosiy qismi joriy yilning 1-iyun kuni Yangi Mirishkor shaharchasidagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etildi. Tadbirga kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar farzandlari jalb etildi. Ushbu tadbirlarda bolajonlar uchun har xil tanlovlar, qiziqarli bellashuvlar tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlarga tuman kengashi tomonidan o‘quv qurollari tarqatildi. 2017-yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida kam ta’minlangan pedagog ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar