Yangiliklar

05/06/2017
Biz Mustaqil yurt farzandlarimiz
“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan joriy yilning 1-iyun kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonilan hamkorlikda Madaniyat va sport ishlari bo‘limining faollar zalida “Biz Mustaqil yurt farzandlarimiz” shiori ostida bayram dasturi tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirida ijtimoiy himoyaga muxtoj va nogiron o‘quvchilar ishtirok etishdi.

05/06/2017
Har bir bolaga mehr, e’tibor
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar kengashi, shahar madaniyat uyi badiiy jamoasi, shahar xokimligi, shahar mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda joriy yilining 31-may kuni 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosobati bilan “Har bir bolaga mehr, e’tibor” deb nomlangan tadbir Navoiy shahridagi A Navoiy nomli istiroxat bog‘ida o‘tkazildi. Tadbirda jami 200 nafar bolajonlar ishtirok etib shundan 120 nafari shahar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va 80 nafari kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oila farzandalari ishtirok etdilar. Bolajonlarga tarmoq kasaba uyushmasi shahar kengashi tomonidan bepul konsert dasturi, shirinliklar va istiroxat bog‘ida attaraksion o‘yingohlarida sayr tashkil qilindi.

05/06/2017
“Har bir bolaga mehr e’tibor!” shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami Asaka tumanida reja-dastur asosida barcha ta’lim muassasalarida keng, bayramona tarzda o‘tkazildi. Tumanning markaziy istirohat bog‘i hamda tadbir o‘tkaziladigan anfiteatri bayramga mos ravishda bezatildi. Istirohat bog‘ida “Har bir bolaga mehr e’tibor” mavzusida ertalab soat 8-00 dan sayl tashkil qilindi, barcha o‘yingohlar bolalarga bayram tuhfasi sifatida bepul foydalanishga berildi. Bayramga barcha ta’lim muassasalaridan jami 4500 ga yaqin bolalar tashrif buyurdilar. Shundan kam ta’minlangan oila farzandlari 261 nafar, DEU oila farzandlari 100 nafar, chin yetimlar 27 nafar nogironlar 290 nafar va uy ta’limiga tortilgan 90 nafari ishtiroki ta’minlandi. Xomiylar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda salqin ...

05/06/2017
Bolalar bizning kelajagimiz
“Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarda “Har bir bolaga e’tibor kerak”, “Bolalar bizning kelajagimiz” shiori ostida madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar doirasida joriy yilning 1-iyun kuni ta’lim muassasalaridagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila farzandlari, iqtidorli bolalardan 50 nafari ishtirokida muzeylarga, hayvonot va istirohat bog‘lariga sayohatlar tashkil etildi. Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” va “V.Berdiev” nomli bolalar oromgohida 275 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini dam oldirish rejalashtirildi.  

02/06/2017
Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlar kimyogarlar kunini munosib nishonlashadi
Har yili may oyining oxirgi sanasi yurtimizda “Kimyogarlar kuni” sifatida, soha xodimlari orasida keng nishonlanadi. Kimyogarlar kuni – kimyo sanoati va fan xodimlari kasb bayrami. Bu bayramni, nafaqat kimyo sanoati xodimlari, balki, kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ushbu sohada izlanish olib borayotgan tadqiqotchi, yosh olimlar, qo‘yinki, hayoti kimyo fani bilan bog‘liq bo‘lgan hamma-hamma keng nishonlaydi. Ayniqsa, bu bayram Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlar davrasida o‘zgacha o‘tadi. Ilmiy seminarlar, konferensiyalar, bayramga bag‘ishlangan madaniy ma’rifiy tadbirlar va ajoyib-qiziqarli kimyoviy tajribalar namoyishi bilan o‘tadi. Zero, insoniyatning bugungi taraqqiyot darajasida, zamonaviy ilm-fan yutuqlarida kimyoning o‘rni beqiyosdir. Aerokosmik miqiyosidagi kashfiyotlardan tortib, oddiy maishiy kundalik ...

02/06/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining korxona, tashkilot va muassasalarda tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2011-yildan boshlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har ikki yilda bir marta tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Olmazor tumanidagi tarmoq tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mazkur ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etib kelmoqda. Ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq, a’zolar soni 100 nafargacha va 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida ko‘rik-tanlovning ...

02/06/2017
“Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi
2017-yil 1-iyun kuni Andijon shahar Barkamol avlod markazida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashi tashabbusi bilan “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini, Andijon shahar “Ijtimoiy yoshlar kengashi” a’zolari hamda “Barkamol avlod markazi” xodimlari hamkorligida “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbiriga kengash tasarrufidagi barcha a’zo tashkilotlardan 150 dan ziyod bolajonlar ishtirok etdilar. Bayram tadbiriga kengash tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat muassasalari hamda “O‘zbekiston” va “Oxunboboyev” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron farzandlari bor oilalardan bolajonlar taklif etildi. Tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida besh turda musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir davomida ...

01/06/2017
Marxamat tumanida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Marxamat tuman kengashiga qarashli ta’lim va madaniyat muassasalarida 2017-yil 30-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovning quyi bosqichida barcha ta’lim va madaniyat muassasalari ishtirok etib, ulardan 16 tasi tuman bosqichida o‘zaro bellashdilar. Kasaba uyushma a’zolari 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida 1-o‘rinni tumandagi 31-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 2-o‘rinni 2-umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa 22-maktabgacha ta’lim muassasasining boshlang‘ich tashkilotlari qo‘lga kiritdilar. Kasaba uyushma a’zolari 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida 1-o‘rinni 10-umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 40-umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa ...

01/06/2017
“Sog‘lomjon-polvonjon”sport musobaqasi o‘tkazildi
Joriy yilning 30-may kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan hamkorlikda Bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Sog‘lomjon-polvonjon”sport musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasida 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasidan 5 nafardan qiz va 5 nafardan o‘g‘il bolalar ishtirok etishdi. Sport musobaqasida 9-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari g‘olib bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.              

31/05/2017
Harakatlar isbotini topdi
Barchamizga ma’lumki, 2011-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. 2013, 2015-yillarda Buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey, Buxoro shahar 123-maxsus maktab-internat boshlang‘ich tashkilotlari ko‘rik-tanlovning tarmoq respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, munosib taqdirlanganligi ko‘rik-tanlovning nufuzini oshirdi. «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi Nizomiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyidan boshlab Buxoro shahridagi ta’lim, fan va madaniyat muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari o‘rtasida tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. 138 ta boshlang‘ich tashkilotlarning mazkur tanlovda qatnashish tashabbusi bilan chiqqanligi tadbirga qiziqish ortib borayotganligidan dalolat beradi. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar