Yangiliklar

30/05/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi tomonidan ham tumanda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda tumanning 40 ta boshlang‘ich tashkiloti ishtirok etdi. Ulardan 5 tasi 100 nafargacha va 35 tasi 100 nafardan ortiq a’zolarga ega bo‘lgan tashkilotlar g‘oliblik uchun bellashishdi. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Yashnobod tuman komissiyasi a’zolari tanlovni haqqoniy va belgilangan tartibda o‘tishini ta’minladilar. Tanlov yakuniga ko‘ra tumandagi a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan 303- maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich tashkiloti va 100 nafardan ortiq bo‘lgan 204-umumta’lim maktab boshlang‘ich tashkiloti g‘olib deb topildi. Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.  

30/05/2017
Jizzaxda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari saralanmoqda
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax viloyati tuman, shahar kengashlari tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni va barcha shart-sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2011-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘rtasida “Eng na’munali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi bu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘lmoqda. Ko‘rik-tanlovning o‘tkazilishi natijasida korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarga shuningdek ularga ...

30/05/2017
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi yakunlandi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning nufuzi yildan yilga ortib bormoqda. Joriy yilda tarmoq tizimidagi tashkilotlarning 80 foizidan ortig‘i qamrab olinganligi fikrimizning isbotidir. Ko‘rik-tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan belgilangan tanlov shartlari asosida ishtirokchilarning faoliyati xolisona baholandi. A’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilot nominatsiyasi bo‘yicha 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti g‘olib deb e’tirof etildi. Romitan tumanidagi futbol bo‘yicha ...

29/05/2017
Angren shahrida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi
Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining korxona, tashkilot va muassasalarda tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni va barcha shart-sharoitlarni yaratish sohasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2011-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” respublika ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi bu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Ko‘rik-tanlovning o‘tkazilishi natijasida korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarga, ularga yetarli mehnat va maishiy sharoitlarning yaratib berilishini, jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlardan barcha xodimlar birdek foydalanishlarini, kasaba uyushmalari ...

29/05/2017
Boshlang‘ich tashkilotlar ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yakunlandi
Bugungi kunda kasaba uyushma tashkilotlari, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularga qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirmoqdalar. Albatta, bunday vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining korxona, tashkilot va muassasalarda tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida har ikki yilda o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot”respublika ko‘rik-tanlovining tashkil etilishi, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini har tomonlama ...

29/05/2017
Uchtepa tumanida tanlovning 1-bosqichi yakunlandi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uchtepa tuman kengashi tomonidan 2011 yildan boshlab har ikki yilda bir marta “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 25-may kuni 228-sonli maktabda ushbu ko‘rik-tanlovning 1-bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi va unda 73 ta boshlang‘ich tashkilot faol ishtirok etdi. Nizom talablariga asosan, a’zolari soni 100 nafargacha va 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida tashkiliy komissiya tomonidan munosib tashkilotlar aniqlandi, va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tashkilotlar tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘a va diplomlar bilan rag‘batlantirildi. “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida ishtirok etgan, a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich ...

29/05/2017
“Bolajonlarga quvonch baxsh etib”
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida tadbirlar tashkil etildi. Kengashga a’zo barcha umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida madaniy tadbirlar, “Har doim bo‘lsin quyosh” shiori ostida asfaltga rasm chizish va rasmlar ko‘rgazmalari tashkil etildi. Jizzax shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi, 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari tomonidan shahardagi “Mehribonlik uyi va 5-sonli “G‘uncha” alohida yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun bayram konsert dasturlari namoyish etildi. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba ...

23/05/2017
Bog‘ot tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik- tanlovining tuman bosqichi yakunlandi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Bog‘ot tuman kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi 2017-yil 17-may kuni yakunlandi. Ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad boshlang‘ich tashkilotlarning rolini kuchaytirish, nufuzini oshirish, kasaba uyushmasi afzalliklarini kengroq targ‘ib qilish, faoliyatini takomillashtirishdan iboratdir. Ko‘rik-tanlov 100 nafargacha a’zosi bo‘lgan va 100 nafardan ortiq a’zolarni birlashtirgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda 100 nafargacha a’zosi bo‘lgan 70 tashkilotdan 42 tasi va 100 nafardan ziyod a’zoni birlashtirgan 7 tashkilotdan 6 tasi ishtirok qildilar. Komissiya ko‘rik-tanlovda ishtirok qilgan 48 ta boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqdi. Asosiy e’tibor xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, xodimlarga normal ish va ...

22/05/2017
Tanlovning birinchi bosqichi yakunlandi
Joriy yilning 15-may kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oqdaryo tuman kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir avvalida ko‘rik-tanlovning hududlar bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi. Tadbirda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini kuchaytirish, mehnat muhofazasini ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish, mehnatkashlar va ularning farzandlari salomatligini mustahkamlash, mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy va sport ishlarini tashkil etish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi samarali natijalarga erishayotgan, korxona ijtimoiy hayotida munosib o‘rin egallab, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga erishayotgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari ...

22/05/2017
Xatna to‘ylari namunali o‘tkazildi
Odamlarga mehr-muruvvatli bo‘lish, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish o‘ziga xos tarbiya maktabi hamda avlodlar va ajdodlarni bog‘lab turgan ma’naviy rishta sifatida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi tadbirlarida ham o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bir qator jamoat tashkilotlari ishtirokida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida katta shodiyona bilan o‘tkazilayotgan xayriya sunnat to‘ylarida xalqimizning bag‘rikenglik va saxovatpeshalik fazilatlari namoyon bo‘lmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri joryy yilning 16-may kuni tumanimizdagi “Ustoz” to‘yxonasida o‘tkazildi. Bayramona bezatilgan bazmgoxdagi karnay-surnay sadolari barchani to‘yga chorladi. Sarpolari o‘zlariga yarashgan Oqdaryo va Ishtixon tumanlaridan tashrif buyurgan 15 nafar to‘y bolalar hamda ularning ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar