Yangiliklar

22/05/2017
Mazmunli hordiq
Buxoro muxandislik texnologiya instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Kasaba uyushma a’zolarining tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda joriy yilning 19-may kuni oliy ta’lim muassasasi xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ishtirokchilarning takliflariga binoan musobaqalar zamonaviy “Buxoro futbol plyus” MCHJga qarashli futbol maydonida bo‘lib o‘tdi. Musoboqalarda 150 nafardan ziyod pedagog xodimlar ishtirok etdilar. Ko‘tarinki kayfiyatda va qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tgan bahslarda “Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot ...

22/05/2017
“Oila – muqaddas qo‘rg‘on”
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati tashkilotlarida 15 may – “Xalqaro oila kuni”ni munosib nishonlash maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda qator tadbirlar uyushtirildi. Jumladan, xotin-qizlar ko‘mitalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bo‘limlari bilan “Oila muqaddas, oila aziz” mavzusida ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar hamda “Eng namunali oila” tanlovlarining shahar, tuman bosqichlari tashkil etildi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida “Otam, onam va men sportchilar oilasimiz”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiorlari ostida ommmaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. “Eng namunali oila” tanlovining Xiva tuman bosqichida mahalla, oila va maktab hamkorligida tumandagi 1, 2, 20, 51, 54-sonli maktablar kasaba uyushma a’zolarining oila a’zolari bilan faol ...

22/05/2017
Muzeylar kuni
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A.Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi ma’muriyati va birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2017-yil 18-may – “Xalqaro muzeylar kuni” hamda muzeyning sobiq katta ilmiy xodimi, bugungi kunda fahriysi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘xtamurod Zufarovning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirni muzey rahbari filologiya fanlari doktori Saidbek Xasanov olimning hayoti va faoliyati haqida kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda tadbir qatnashchilarini Xalqaro muzeylar kuni bilan tabrikladi. Tadbirda T.Zufarovning hamkasblari, kursdoshlari uning serqirra ilmiy faoliyati va insoniy fazilatlari to‘g‘risida samimiy fikrlarni bildirdilar. Xususan, “Xat ta’limi” (xusnixat xattotlik san’ati) va xalqning badiiy tafakkurida va manaviyatida nechog‘li katta ahamiyat kasb etganligi haqida ...

18/05/2017
Oliy o‘quv yurti bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 15-may kuni Farg‘ona Davlat universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2017-yil 26-apreldagi 01-05-08-sonli hamda viloyat hokimligining 2017-yil 25-apreldagi 200-01-50-sonli “Viloyatdagi oliy talim muassasalarini 2016-2017 o‘quv yilida tamomlaydigan bitiruvchilarni tashkilot, muassasa va korxonalarning ehtiyojlari asosida ishga taqsimlash, joylashtirish va bandligi monitoringini samarali tashkil etish borasidagi tadbirlar rejasi”ning 2- va 10-bandlarida belgilangan bitiruvchilar bandligini taminlashda oddiy tilda va qulay shaklda tushuntirish maqsadida 2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminarda O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul ...

18/05/2017
Faollar o‘quvi o‘tkazildi
2017-yilning 16-may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi ta’lim muassasalari rahbarlari va tayanch kasaba uyushmasi tashkilotlari faollarining “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalari ish beruvchilarining davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikdagi vazifalari” mavzusida tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi faollar zalida o‘quv-seminari o‘tkazildi. O‘quv-seminarda tumandagi xalq ta’limi muassasalari, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va tayanch kasaba uyushma tashkilotlari faollaridan iborat 125 nafar ishtirokchilar ishtirok etdilar. O‘quv-seminar Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalari ish beruvchilarining davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikdagi vazifalari hamda majburiy mehnatning taqiqlanishi ...

16/05/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi
Arnasoy tumanidagi ta’lim va madaniyat muassasalari o‘rtasida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida ish faoliyatini namunali darajada yo‘lga qo‘yish, boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida 2017-yil 13-may kuni “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqich bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi kasaba uyushmalari faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish, har bir tashkilot va muassasada jamoa shartnomalarini tuzilishi, bajarilishini yil yakunlari bo‘yicha mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilishlarida muhokama etib borish, xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratilishiga erishish, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida mehnat qonunlariga rioya etilishini ta’minlash, xodimlar va ularning oila ...

16/05/2017
Ham sayohat ham ziyorat
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirzacho‘l tuman kengashi tomonidan 2017-yil 14-may kuni ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga 50 nafar kasaba uyushmalarining sayohati uyushtirildi. Dastlab sayohat Al-Buxoriy majmuasidan boshlanib, so‘ngra mamlakatimizning Birinchi Prezidenti, buyuk siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimovning qabrini ziyorat qilish bilan davom ettirildi. Sayohat davomida ishtirokchilar go‘zal va betakror Samarqand shahri go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish bilan birga, bir olam quvonch, yurtimiz ravnaqi, unda bo‘layotgan o‘zgarishlardan g‘urur-iftihor tuyg‘usi, ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik bilan qaytar ekan, kasaba uyushmalari faoliyatiga o‘z minnadorliklarini qayta-qayta aytishdi.

15/05/2017
Sport musobaqalari an’anaga aylanmoqda
Sport uzoq vaqtlardan buyon xalqlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatishda bir rishta bo‘lib kelmoqda. Sport musobaqasi ommaviyligini oshirish, xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek ta’lim sohasida faoliyat yuritgan marxum ustozlar xotirasini yod etish maqsadida tumandagi umumta’lim muassasalari o‘rtasida 9-may “Xotira va qadrlash” kuni, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 6-may kuni Arnasoy tumani umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sportning “mini futbol” turi bo‘yicha, 11-may kuni o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘rtasida erkaklar o‘rtasida mini futbol va ayollar o‘rtasida voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Umumiy ...

15/05/2017
(Русский) Проведено финальный этап спортивных соревнований “АКАДЕМИАДА – 2017” среди сотрудников НИУ АН РУз
Стало традицией проведение ежегодно Академией наук Республики Узбекистан и Объединенным комитетом профсоюза спортивных соревнований. В этом году также были организованы спортивные игры “Академиада – 2017”. В целях претворения в жизнь мероприятий, предусмотренных в Госпрограмме “2017 год – “Год диалога с народом и интересов человека”, привлечения в массовый спорт сотрудников научных учреждений Академии наук РУз, физического закаливания и укрепления их здоровья, формирования спортивных команд в научно-исследовательских учреждениях по разным видам спорта, а также исполнения постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан № 271 от 27 мая 1999 года “О мероприятиях по дальнейшему совершенствованию физического воспитания и спорта в Республике Узбекистан” в Ботаническом саду Института ...

15/05/2017
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari o‘rtasida “AKADEMIADA – 2017” sport musobaqalarining final bosqichi o‘tkazildi
Har yilgi an’anaga ko‘ra 2017-yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya institutining Botanika bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2017-yil “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-may 271-sonli “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va ilmiy xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada jalb qilish, ularni jismoniy chiniqtirish, salomatliklarini mustahkamlash borasida Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarining sport turlari bo‘yicha “AKADEMIADA – 2017” sport musobaqalarining ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar