Yangiliklar

09/03/2017
Mehnat faxriylari kasaba uyushmasi e’tiborida
Ta’lim,  fan va  madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Piskent tuman kengashi tomonidan,   8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tumanda ta’lim tizimida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib,  bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan,   13 nafar keksa mehnat faxriylarini kirib kelayotgan bayramlari bilan tabriklab,  holidan xabar olindi hamda kasaba uyushmasining  esdalik sovg‘alar taqdim etildi.   

07/03/2017
“Ayollar sport festivali” start oldi
O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman kengashi majlisi tomonidan 2017-yilning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan bo‘lib, unda tumandagi tarmoq tizimida mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sport targ‘ibotini olib borish vazifasi qo‘yilgan.

06/03/2017
Ilg‘or xotin-qizlar va mehnat faxriylari bilan bayram uchrashuvi o‘tkazildi
8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan joriy yilning 3-mart kuni “Kasaba uyushmalari – xotin-qizlarga” aksiyasi doirasida Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi va institut rahbariyati bilan birgalikda institutda mehnat qilayotgan o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan ilg‘or xotin-qizlar va mehnat faxriylari bilan bayram uchrashuvi o‘tkazilib, bayram konsert dasturi, bayram dasturxoni yozildi va esdalik sovg‘alar topshirildi. Bayram tadbirlari doirasida xotin-qizlar jamoalari orasida fakultetlararo voleybol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetida esa talaba qizlar orasida «Fakultet go‘zali» tanlovi o‘tkazildi va g‘olib sovrindorlarga esdalik sovg‘alari berildi.

30/01/2017
MUSTAQILLIK ME’MORI
     2017 yil 30 yanvar kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Muruvvat” bolalar uyida Andijon davlat universiteti, Andijon kabel QK, “O‘zDongJu” QK, “Ibrohim salxatlari” MCHJ hamda Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi hamda “Muruvvat” bolalar uyi ma’muriyati hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.     Tadbirda xomiy tashkilotlar tomonidan exson dasturxoni yozildi. Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tayyorlab borgan musiqali dastur “Muruvvat” bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ko‘ngillariga quvonch bag‘ishladi. Tadbir yakunida universiet rektori va Qo‘rg‘ontepa tuman hokimi, Andijon Davlat Universiteti hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan tarbiyalanuvchilarga kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.  

30/01/2017
MA’NAVIYATLI MILLAT ULUG‘LARINI UNUTMAYDI
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat tashkilotlari tomonidan joylarda “Islom Karimov nomi  qalblarda abadiy yashaydi” mavzusida ma’naviyat soatlari tashkil qilindi. Xiva pedegogika kolleji zalida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda tumandagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi uchun  sukut saqladilar. Shundan so‘ng ulug‘ Yurtboshi tomonidan yoshlarga qarata aytilgan da’vatlarni o‘zida mujassam qilgan videorolik namoyish qilindi. O‘quvchi yoshlar mustaqilligimiz asoschisiga bag‘ishlangan she’rlardan namunalar o‘qidilar. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Rahimova O‘zbekiston Respublikasi nomli davlatning dunyo xaritasida paydo bo‘lishida va chorak asrda taraqqiy ...

27/01/2017
OZOD VA OBOD VATAN ASOSCHISI
                     Buxoro muhandislik texnologiya instituti “Nuroniy” jamoatchilik markazi  va kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan 2017 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov  tavallud topgan kunga bag‘ishlab xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda pedagog xodimlar,talaba - yoshlar, mehnat faxriylari, taniqli san’at arboblari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.             Tadbir O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan  kitoblar  ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Birinchi Prezidentimizning mamlakat mustaqilligi yo‘lida olib borgan dono siyosati va mustaqillik yillarida erishilgan muvaffaqiyatlarni aks ettiruvchi videofilm namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti ...

24/01/2017
SPARTAKIADANING BIRINCHI BOSQICHIGA START BERILDI
              2017 yil 24 yanvar kuni Buxoro san’at kollejida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi spartakiadaning 1-bosqichi  bo‘lib o‘tdi. Spartakiadada 104 nafar kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdi. Musobaqalar natijalariga ko‘ra,  voleybol sport musobaqalarida  “Estrada” guruhi 1- o‘rinni, “Ma’muriyat” guruxi 2 - o‘rinni, “Aktyorlar” guruxi 3- o‘rinni egallab, g‘oliblik shohsupasidan joy olishdi.  “Rassomlar” guruhi      Shaxmat sport musobaqalarida Raxmatova Maloxat, Akramov Abduraxmon, shashka sport musobaqalarida Ismatova Mastura , Ismailov Ilxom, sportning stol tennisi turi bo‘yicha Karimova Laylo,Rajabov Jalollar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.     Spartakiadaning 1-bosqichi joriy yilning 6 fevraliga qadar shahar kengashining barcha boshlang‘ich tashkilotida o‘tkazilishi belgilangan.     G‘oliblar ...

21/01/2017
QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh – ASOSIY VAZIFAMIZ
              Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat, yangi o‘zgarishlar ish beruvchilar, kasaba uyushmalari tashkilotlari faollari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.           Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Kogon tuman kengashi tomonidan  tarmoq tassarufidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda kasaba uyushma  qo‘mita raislari ishtirokida  « Qonun ustuvorligini ta’minlash –  asosiy vazifamiz”   mavzusida  o‘quv –seminar o‘tkazildi.      «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi va yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning mazmun-mohiyatini ish beruvchilar va kasaba uyushma faollariga yetkazish, mehnat munosabatlarini tartibga solishda jamoa shartnomalari rolini ...

18/01/2017
“Xalq – bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan amaliy seminar
  2017 yil 18 yanvar kuni Andijon davlat universitetning kichik majlislar zalida 2017 yil – “Xalq ¬bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlab universitet rektori, xotin-qizlar qo‘mitasi, hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi, psihologiya kafedrasi hamkorlikda “O‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olishda inson manfaatlari va qadrini e’zozlashning ijtimoiy ahamiyati” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Yunusova,  viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori S.Mamajonov, Andijon davlat universiteti rektori, professor A.S.Yuldashev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Halimova, “Mahalla” hayriya jamoati fondi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi O.Ibragimova, psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi T.Sulaymonova, Andijon shahridagi Imom A’zam ...

18/01/2017
XODIMLAR MANFAATLARI YO‘LIDA
         Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi, Romitan tuman XTMFMT va TE bo‘limi hamda Buxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotari birlashmasi kengashi bilan birgalikda “Xodimlar manfaatlari yo‘lida” mavzusida amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminar ishida Buxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo‘limi mudiri N.Zorov, ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Baxramov, mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri H.Barnoev, Romitan tuman XTMFMT va TE bo‘limi mudiri I.Nasriev, shuningdek, tumandagi barcha ta’lim va madaniyat muassasalari raxbar-xodimlari, boshlang‘ich tashkilotlar raislari, tuman kengashi huzuridagi jamoa shartnomalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazuvchi komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.     Ma’ruzachilar «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar