Yangiliklar
19/11/2016
Yoshlar davlatimizning ishonchli kelajagi
Qo‘shko‘pir tuman Politexnika va tadbirkorlik kasb xunar kollejida 2016 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Raximova Muyassar Rajabboevna bo‘lib u o‘quvchilar bilan uchrashdi va bugungi kundagi muxim siyosiy jarayon ya’ni Prezident saylovi to‘g‘risida gapirdi, 18 yoshga to‘lgan o‘quvchilar birinchi bor ovoz berishi baxtli onlar ekanini xis qilish quvonch ekanini aytdi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 24 avgustda maqullangan O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga bo‘lgan e’tibori ular uchun qanchalik muxim ahamiyatga ega bo‘lgani ...
18/11/2016
FANLAR AKADEMIYASI YOSh OLIMLARI ISHTIROKIDA “SAYLOV OLDI TASHVIQOTI” TASHKIL ETILDI
Joyriy yilning 18 noyabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi Yosh olimlari ishtirokida davra suxbati tashkil etildi.
Joriy yilning 4 dekabr kuni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish, jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilashga qaratilgan izchil islohotlarga xizmat qiluvchi muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunda ushbu yirik ommaviy siyosiy tadbirni yuqori saviyada amalga oshirish ko‘p jihatdan fuqarolarning faolligiga bog‘liq. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va ...
17/11/2016
17- noyabr Xalqaro talabalar kuni.
Buxoro muxandislik- texnologiya institutida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni”ga bag‘ishlab 2016 yil 16-18 noyabr kunlari talaba yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va basketbol turlari bo‘yicha fakultetlararo institut birinchiligi sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi. Musoboqalarda “Muxandislik texnika” , “Kimyoviy texnologiya” va “Elektroenergetika va ishlab chiqarishda axborot komunikatsion texnologiyalar” fakultetlarining terma jamoalari qatnashdilar. Bellashuvlar O‘zbekiston sport federatsiyasi Nizomlariga muvofiq tashkil etildi. Sport musoboqalarining yakuniy natijalari bo‘yicha g‘olib jamoalar kasaba uyushma ko‘mitasining esdalik sovrinlari va Faxriy yorliklari bilan rag‘batlantirildi. Tadbir kasaba uyushmasi tashkiloti, ma’naviyat bo‘limi va Jismoniy tarbiya kafedrasi pedagoglari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
16/11/2016
KASABA UYUSHMASI VA YOSHLAR
Joylarda 2016 yil 14 sentyabrdan kuchga kirgan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning mazxmun-mohiyatini tushuntirish borasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tayapti.
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati tashkilotlari tomonidan joylarda “Yoshlar siyosatini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining o‘rni” mavzuida seminar, uchrashuv va davra suhbatlari hamda “Ma’naviyat soatlari” tashkil etilmoqda.
Ana shunday “Ma’naviyat soati” Urganch shahridagi Turizm kasb-hunar kollejida o‘tkazildi.
Bugungi kunda mazkur kollejda 930dan ziyod o‘quvchi yoshlar tahsil olmoqda. Ularga 102 nafar malakali pedagog xodimlar va kasb ustalari ta’lim bermoqda.
O‘tkazilgan “Ma’naviyat soatlari”da O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Raximova ishtirok ...
15/10/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14 oktyabr kuni Yakkasaroy tumanidagi 18-Bolalar musiqa va san’at maktabida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.
“Sog‘lom ona va bola yili”da yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini, estetik didni shakllantirish orqali har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlariga hissa qo‘shish, iqtidorlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovida mehnatkashlarning 7 yoshdan 16 yoshgacha farzandlari – shahrimizning tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat muassasalarining bolalar badiiy jamoalari ishtirokchilari jamlandi.
...
14/10/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan har yili “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida bolalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish orqali har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlariga hissa qo‘shish, madaniyat muassasalarida faoliyat yuritayotgan bolalar badiiy jamoalaridagi iqtidorlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har ikki yilda o‘tkazib kelinayotgan “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovidir.
2014 yilda o‘tkazilgan “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovida shahar, tuman madaniyat muassasalaridan 340 nafar ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, bu yil o‘tkazilgan ...
13/10/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13 oktyabr kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish, ularda milliy-madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini, estetik didni shakllantirish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining 3-bosqichi o‘tkazildi.
Shahar va tuman bosqichlarida 7-16 yosh orlig‘idagi 424 nafar bolalar va o‘smirlarning san’atga bo‘lgan maxoratlari mutaxassislarda katta umid va ishonch uyg‘otdi. Viloyat bosqichida tuman, shaharlarda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan 159 nafar bolalar va o‘smirlar ishtirok etdilar.
Tanlov 4 ta yo‘nalish bo‘yicha An’anaviy ijrochilik, Estrada qo‘shiqchiligi, Yakka va ansambl cholg‘u ijrochiligi, yakka va jamoa ...
30/09/2016
“Sizdan ozod va obod vatan qoldi” mavzusida “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “2016 yilda kasaba uyushma tashkilotlarida "Ma’naviyat soatlari"ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida sentyabr oyida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Ma’naviyat soati” o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib 2016 yilning 30 sentyabr kuni soat 16-00 da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashining katta majlislar zalida navbatdagi “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
“Ma’naviyat soati”da O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidaenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Sizdan ozod va obod Vatan qoldi” mavzusida ma’ruza va film namoyishi ko‘rsatildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Sh.Sirojiddinov, O‘zbekiston Milliy universiteti professori S.Minavarov, Respublika Ma’naviyat ...
29/09/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik tanlovi Yashnobod tuman bosqichi
Yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy va madaniy an’analarga xurmat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni har tomonlama komil inson bo‘lib yetishlariga hissa ko‘shish, madaniyat muassasalarida faoliyat yuritayotgan bolalar badiiy jamoalaridagi iqtidor egalarini qo‘llab-quvatlash, “Sog‘lom ona va bola yili” dasturi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 20 iyuldagi “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 3-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman Kengashi tomonidan 2016 yil 28 sentyabr kuni Madaniyat va sport ishlari bo‘limida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda madaniyat va aholi dam olish ...
28/09/2016
“O’z kasbining mohir egalari” ko’rik tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida o’tkazilgan “O’z kasbining mohir egalari” ni taqdirlash tadbirining 1-bosqichda jami 182 ta boshlang’ich tashkilotdan 795 nafar hodimlar ishtirok etdi. 2-tuman bosqichida 159 nafar hodimlar ishtirok etib, ulardan 12 nafar hodimlar tuman kengashining nominatsiya bo’yicha diplomlari hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.