Yangiliklar

10/09/2016
YOSh ISTE’DODLAR ANIQLANDI
      2016 yil 10 sentyabr kuni ta’lim fan va madaniyat xodimlari  kasaba uyushmasi Kogon tuman kengashi hamda Kogon  tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari bo‘limi  hamkorligida tuman madaniyat va aholi dam olish markazi binosida bolalar badiiy jamoalari qatnashchilari o‘rtasida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik- tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.            Ko‘rik-tanlovda tuman madaniyat va aholi dam olish markazlaridagi  to‘garaklarning 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilari o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Nizom talabari asosida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari mahoratini malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.         Ko‘rik-tanlov natijalari ko‘ra , 1- o‘rin  an’anaviy ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha  Amonova ...

08/09/2016
“O‘z kasbining mohir egalari” tanlanmoqda
  O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik  bayrami  arafasida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining «O‘z kasbining mohir egalari»ni taqdirlash Nizomiga asosan  ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashi rahbarligida boshlang‘ich tashkilotlarda mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish, ularning professional darajasini oshirish, mehnat unumdorligini ta’minlash hamda ijtimoiy faoliyatga jalb etish maqsadida “O‘z kasbining mohir egalari”ni  taqdirlash tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.      “O‘z kasbining mohir egalari”ni saralashning 1-bosqichi  Sirdaryo tumanida “Bolalar va o‘smirlar sport maktabida” yuqori saviyada  tashkil etildi. Tadbirda komissiya a’zolari tomonidan  sport maktabining tosh ko‘tarish bo‘yicha murabbiyi Lochin Xusanov eng munosib nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlanib xujjatlari 2-bosqichda ...

07/09/2016
Navoiy viloyatida “Tozalik, ozadalik – salomatlik garovi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
        2016 yil 6 sentyabr kuni Konimex tumanidagi umumta’lim maktablarida “Tozalik, ozadalik – salomatlik garovi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.    Ilk bora maktabga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, 1- akademik soati dars mashg‘uloti tashkil etildi.     Mashg‘ulot jarayonida tibbiy xodimlari va sinf rahbari tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida rioya qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya-gigiena qoidalari yuzasidan bolalarga tushunchalar berildi.     Dars yakunida jami 500 nafar 1-sinf o‘quvchilariga kasaba uyushmalari tomonidan sovg‘a tariqasida shaxsiy gigienani saqlashga oid jamlama hamda sanitariya-gigiena qoidalarini aks ettiruvchi bukletlar taqdim etildi.   

07/09/2016
Xorazmda “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasidagi “Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi” tadbirlari o‘tkazildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida “Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi” tadbirlari Xorazm viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil qilindi.  Shu yilning 6 sentyabr kuni viloyatdagi kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari Xonqa va Yangibozor tumanlaridagi 14 ta ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, birinchi sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilar bilan mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilish, salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, turli kasalliklarning oldini olishda, sog‘lom bo‘lib voyaga yetishda tozalik, ozodalikning ahamiyati haqida suhbatlashdilar. Tadbirga taklif qilingan tibbiyot xodimlari tomonidan salomatlik darslari o‘tkazilib, o‘quvchilarga shaxsiy gigiena qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerakki, kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning farzandlarini qo‘llab quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib ...

06/09/2016
Jizzax viloyatining G‘allaorol va Paxtakor tumanlari chekka qishloq maktablarida ilk bor 1-sinfga borgan bolalar uchun “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.
                  2016 yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida G‘allaorol tumanining 20-22-24-26 va 47-sonli hamda Paxtakor tumanining 3-8-14 va 17-sonli umumta’lim maktablarida 1-sinfga borgan bolalar uchun “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.         Bir akademik soatli interfaol dars uslubida o‘tkazilgan ushbu  tadbirlarda 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalari, sinf rahbarlari, pedagoglar, tuman tibbiyot birlashmasi va QVPlar  shifokorlari  hamda  kasaba  uyushmalari  faollari ishtirok etishdi.        Dars jarayonida bolalar bilan muloqot qilgan pedagoglar va tibbiyot xodimlari savol-javob yo‘li bilan ularga sinfda, maktabda, uylarida va ...

06/09/2016
“Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi”
 O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi Rayosat qarori xamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining 43-bandi, Federatsiya kengashi dasturining 17-bandi ijrosini ta’minlash xamda “Kasaba uyushmalari-bolalarga aksiyasi” doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2016 yil 6 sentyabr’ kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Piskent tuman kengashining 9, 11, 15, 18, 25, 30, 37 ,41-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining  jami  200 nafar 1-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul tashkilotchisi va Toshkent viloyati kasaba uyushmalari  tashkilotlari birlashmasi kengashi madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘limi xamda ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Piskent ...

06/09/2016
O‘quv-seminar tashkil etildi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Urganch shahar   Kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII  Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil qilindi.     Mazkur o‘quv-seminarga shaxar kengashi tizimidagi 32 ta maktabgacha talim muassasalarida  faoliyat olib borayotgan    boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitalari raislari taklif qilindilar. Ular tayanch tashkilot  18-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasining  faoliyati, ibratli ishlari bilan tanishish va tajriba almashish barobarida o‘quv-seminar dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kasaba uyushmalari mutaxassislari tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.     Seminar dasturidan o‘rin olgan mehnatkashlarni ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini ...

23/08/2016
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallagan DASTURI amalda.
  Xorazm viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi shahar, tuman Kengashlari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII  Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.     Mazkur o‘quv-seminarga viloyatda faoliyat olib borayotgan 249 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitalari raislari taklif qilindilar. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari tayanch tashkilotlari faoliyati, ibratli ishlari bilan tanishish va tajriba almashish barobarida o‘quv-seminar dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kasaba uyushmalari mutaxassislari tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.     Seminar dasturidan o‘rin olgan mehnatkashlarni ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, muassasada ish ...

19/08/2016
O‘qituvchilarning an’anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi
  Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Parkent tumani xalq ta’limi muassasalari  faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining an’anaviy avgust kengashi 2016 yil 19 avgust kuni Parkent shaxridagi “Navro‘z” majmuasida bo‘lib o‘tdi.An’anaviy avgust kengashi kun tartibida tuman xokimi O‘.N.Alimov va  tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri M.X.Xasanovlarning ma’ruzalari va  tabrik so‘zlari eshitildi.Ta’lim soxasi fidoiylaridan 7 nafari so‘zga chiqdilar.Xalq ta’limi xodimlari an’anaviy avgust kengashi qatnashchilarining  xomiy tashkilotlar,jamoatchilik va ta’lim muassasasi xodimlariga murojaatnomasi qabul qilindi.2016 -2017 o‘quv yilida oliygohlarni tamomlab,birinchi bor ish boshlayotgan yosh pedagoglardar bir guruxi qasamyod qabul qilishdi.     ...

12/08/2016
Sayohat katta taasurot qoldirdi
 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” dastur tadbirlarining ijrosini ta’minlash maqsadida  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Zarbdor tumani kengashi tashabbusi bilan  tumandagi ta’lim va madaniyat muassasalaridan 22 nafar mehnat faxriylari hamda kasaba uyushmasi faollarining Samarqand shahriga sayohatlari tashkil etildi.  Faxriylar sayohatlari davomida Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni,  Amir Temur, imom al-Moturudiy, Shohi-Zinda va Doniyol ota maqbaralarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.   O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu sayohat mehnat faxriylarida  katta taassurot qoldirdi.  

Izlash

 

So`ngi e`lonlar