Yangiliklar

11/08/2016
“Kasaba uyushmalari – xotin-qizlarga”
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi “Kasaba uyushmalari xotin-qizlarga” aksiyasi doirasida chekka qishloqlarda yashovchi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kam ta’minlangan oilalarni qo’llab quvvatlash ularni rag’batlantirib borish hamda  O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi arafasida bayramona kayfiyat ulashish maqsadida xotin-qizlarning 6 nafariga elektr-maishiy texnika tovarlarini topshirildi. Mazkur tadbir tuman xalq ta’limi muasssasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi majlislar zalida tashkil etildi.

09/08/2016
Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi mazmunli o‘tmoqda
        2016 yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni namunali o‘tkazish, bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi  tomonidan amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida tarmoq tizimidagi ta’lim muassasalarda mehnat qmlayotgan kam ta’minlangan oilalarning 225 nafar farzandlari Yakkabog‘ tumanidagi  “Mirzo Ulug‘bek” va Shaxrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” oromgohlarida imtiyozli yo‘llanmalar bilan dam oldirildi.      Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tkazilgan turli to‘garak mashg‘ulotlari, sayr-sayohatlar ayniqsa “Sog‘lom ona va bola yili”dasturi asosida  “Sog‘lom bola – yurt kelajagi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etilganligi tufayli bolalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazildi, ularda ...

28/07/2016
“Eng faol yosh olim” tanlovining Respublika bosqichi
  Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qaroriga asosan kasaba uyushmalari tomonidan katta ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Xususan, mazkur Qaror asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovi uchinchi marotaba tashkil etildi. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, yigit-qizlarda Vatanga muhabbat va mamlakatda ro‘y berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini oshirishdir. Mazkur tanlov natijasida yoshlarning noyob kashfiyotlari yuzaga chiqarilmoqda. Joriy yilning 28 iyul kuni mazkur tanlov doirasida o‘tkazilayotgan “Eng faol yosh olim” nominatsiyasining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ...

28/07/2016
“Sog‘lomjon-polvonjon” sport musobaqasi
          Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Termiz shahar kengashi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi bilan xamkorlikda joriy yilning 28 iyul  kuni  30-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvichilari o‘rtasida “Sog‘lomjon-polvonjon” sport musobaqasi o‘tkazildi.   Sport musobaqasi so‘nggida  bolajonlarga Termiz shahar kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.         

26/07/2016
“Eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovining Respublika bosqichi
  Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qaroriga asosan kasaba uyushmalari tomonidan katta ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Xususan, mazkur Qaror asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, yigit-qizlarda Vatanga muhabbat va mamlakatda ro‘y berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini oshirishdir. Mazkur tanlov natijasida yoshlarning noyob kashfiyotlari yuzaga chiqarilmoqda. O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarmoq Yoshlar kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 26 iyul kuni mazkur tanlov doirasida ...

27/06/2016
Toshkent shahar bosiqichi g‘oliblari aniqlandi
  O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetishlarida yaqindan qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish, mustahkamlash maqsadida bir qator vazirliklar, idora va tashkilotlar hamkorligida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, “Eng faol yosh sport murabbiy” tanlovi poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilib, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega sport murabbiylari saralab olindi va Toshkent shahar bosiqichiga tavsiya etildi. “Eng faol yosh sport murabbiy” tanlovining Toshkent shahar bosiqichi joriy yilning 24 iyun kuni Yakkasaroy tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash ...

25/06/2016
Fidoyi va jonkuyar ustoz
  Shayxontohur tumanida o‘z faoliyatini olib borayotgan 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabining izlanuvchan va malakali murabbiyi Gulnora Ortiqova bolajonlarning sevimli ustoziga aylanib ulgurgan. Fidoyi va jonkuyar ustoz uzoq yillardan beri kelajagimiz egalariga shaxmat sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Uning qo‘l ostida tarbiyalangan shogirdlari respublikamizning kuchli yosh shaxmatchilaridan sanaladi. Ayniqsa ular safida yurtimiz, jahon va osiyo chempionlari borligi diqqatga sazovordir. Gulnora Ortiqova tumanda tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining “Eng faol sport murabbiyi” yo‘nalishida munosib ishtirok etdi.    

24/06/2016
Eng faol yosh olimlar respublika bosqichida
  Joriy yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasida  “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovining Toshkent shahar va Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda  tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi va “Yosh mutaxassislar” IV Respublika Forumi doirasidagi “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi Fanlar akademiyasi va Oliy ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan muassasalaridagi yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga ...

17/06/2016
Nukus shahrida o‘tkazilgan tanlov
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovin o‘tkazish va “Yosh mutaxassislar” IV-Respublika Forumin tashkillashtirish haqida”gi qarori asosida Nukus shahrida 2016 yil 14-iyun kuni “Yilning eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga shahar sport maktablaridan 9 yosh sport murabbiylari qatnashdi. Tanlov natijasida Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan bolalar va yosh o‘smirimlar sport maktabining basketbol bo‘yicha trener-o‘qituvchisi Nao‘rыzbayeva Gulnaz 1-o‘rinni egalladi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari shahar kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.        

16/06/2016
Iste’dodli yoshlar ko‘rigi
  Kasaba uyushmalari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, yosh mutaxassislarning yangi loyihalari, innovatsion g‘oyalari, izlanishlarini qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovida ishtirok etish niyatida bo‘lgan yoshlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Har bir sohadan iqtidorli,izlanuvchan yoshlar tanlovda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rmoqdalar. Buxoroda “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Viloyatning oliy o‘quv yurtlarida tanlovning 1-bosqichi 15 nafar yosh olimlar ishtirokida o‘tkazildi. Ularning 3 nafari viloyat bosqichida g‘oliblik uchun bellashdilar. Tanlovda yosh mutaxassislarning ilm sohasida erishgan yutuqlari, ilmiy yangiliklari bilan birgalikda, chet tillari, mehnat qonunchiligi sohasidagi bilimlari, ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar