Yangiliklar

30/04/2016
“KASABA-TUR” velomarafoni
  “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish, ta'lim muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish, velosportning ommaviyligini oshirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 5 apreldagi “Havaskor velosportchilar o‘rtasida “KASABA-TUR” velomarafonini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2-51”s”-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent shahri bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi, O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining ...

28/04/2016
Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi ustuvor vazifa
  Ayol kishini jamiyatdagi o‘rni, muammolarni hal qilishdagi ishtiroki, qonun oldida teng huquqliligi va boshqa ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan masalalar bugun davlatimiz diqqat markazida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo - sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014 - 2016 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvning VIII bo‘limida ayollar va yoshlarga imtiyozlar berish, ular uchun ma'naviy va moddiy qo‘llab - quvvatlash choralarini qo‘llash, ayollar huquq va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan masalalar nazarda tutilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy mehnat standartlarini O‘zbekistonda joriy etilishi yuzasidan o‘quv-seminar va treninglar o‘tkazish vazifasi tarmoq kelishuvlari va jamoa shartnomalarida ham belgilangan. Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba ...

27/04/2016
“Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 05 fevraldagi “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazish to‘g‘risida”gi 21-10 “s”-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining tomonidan 2015 yil 6 fevralda 14/35 “o”sonli Rayosat qarori qabul qilinib, barcha quyi tashkilotlarga yetkazilgan. Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” va “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” nominatsiyalari bo‘yicha ishchi komissiyaga taqdim etilgan 31ta muassasalar hujjatlari Nizom talablariga ko‘ra, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari kengashlari komissiyasi tomonidan taqdim ...

27/04/2016
“Eng namunali talabalar uyi” ko‘rik-tanlovi
  O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2015 yil 02 noyabrda 1/17 s-sonli Rayosat qarori qabul qilinib, barcha hududlarga yetkazildi. “Eng namunali talabalar uyi” ko‘rik-tanlovi bo‘yicha ishchi komissiyaga taqdim etilgan 13ta muassasalar hujjatlari Nizom talablariga ko‘ra, Respublika kengashining hududlar bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari boshchiligida tuzilgan uch kishidan iborat hududiy komissiyasi tomonidan taqdim etilgan baholash natijalari asosida chuqur tahlil etilib, yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan muassasalar Respublika kengashining mas'ul xodimlari tomonidan Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Navoiy davlat pedogogika instituti, Qo‘qon davlat pedogogika instituti, Urgench davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti oliy o‘quv yurtlari talabalar ...

24/04/2016
Samarqandga sayohat
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman kengashi tomonidan 2016 yil 22-24 aprel kunlari tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan 15 nafar xodimlarni Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.

23/04/2016
Samarqandga tashrif
  Navoiy viloyati ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qiziltepa tuman kengashi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” dastur tadbirlarini bajarish maqsadida kasaba uyushma faxriylari va follaridan 45 nafari joriy yilning 23 aprel kuni “Kasaba sayr” MCHJ bilan hamkorligida qadimiy va xamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Samarqand shahri hamda Samarqand viloyatidagi qadimiy obidalar va ziyoratgohlar yanada chiroy ochganligining guvohi bo‘ldik. Sayohat barcha qulayliklarga ega eng zamonaviy avtobusda va tajribali gid hamroxligida olib borilganligi ishtirokchilarga yaxshi ta'surotlar qoldirdi. Sayohat ishtirokchilari maroqli o‘tgan sayohat uchun tuman kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.    

22/04/2016
Huquqiy bilimdonlik-davr talabi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro tuman kengashi tomonidan ish beruvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Mehnat qonunchiligi amalda” mavzuida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi. Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatish, tashkilotlarda mehnat qonunchiligini amaliyotda qo‘llanilishida xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida tumandagi 1-son maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv-seminarda 26 nafar maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi yuridik bo‘limi yetakchi yuristkonsulti Choriyev Hamro Jabborovichning “Ish yuritishda mehnat qonunchiligiga rioya qilish” mavzuidagi ma'ruzasi tinglandi. O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyat buyicha mas'ul tashkilotchisi R.K.Nosirova o‘z ma'ruzasida ...

21/04/2016
Bitiruvchilar uchun o‘quvlar
  Buxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamda viloyat o‘rta maxsus kasb-xunar ta'lim boshqarmasining xamkorlikdagi tadbirlariga asosan 2016 yil aprel oyida ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari tomonidan kasb -hunar kollejlari bitiruvchilari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi.  Kasb-hunar kollejlari ma'muriyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quvlarda kasaba uyushmasi xodimlari tomonidan tayyorlangan “Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishga joylashganda ularning mehnat huquqi kafolatlari va imtiyozlari”, “Jamoa shartnomalari orqali yoshlarga belgilangan imtiyoz va kafolatlar”, “Ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan imtiyoz va kafolatlar” mavzuidagi ma'ruzalar tinglandi. O‘quv-seminarda ishtirok etgan bitiruvchilarga “Kasb-xunar kolleji bitiruvchisi uchun ishga qabul qilish tadbirlari, mehnat qonunchiligi, yoshlar uchun imtiyoz ...

20/04/2016
O‘qituvchilarning an’anaviy spartakiadasi
  Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish, sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish maqsadida Sherobod tuman kengashi tomonidan 2016 yil 19 aprel kuni tuman sport majmuasida M.Allado‘sov xotirasiga bag‘ishlangan o‘qituvchilarning XXII an'anaviy spartakiadasi o‘tkazildi. Spartakiada sportning 7 turi, ya'ni mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletiga, armrestling bo‘yicha tashkil etildi. Musobaqalarda futbol turi bo‘yicha 1-o‘rin 66-umumta'lim maktabi jamoasiga, 2-o‘rin 3-umumta'lim maktabi jamoasiga, 3-o‘rin 15-umumta'lim maktabi jamoasiga, ayollar voleyboli ...

17/04/2016
“Kasaba-Tur” velomarafonining 1-bosqichi o‘tkazildi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida joriy yilning 15-aprel kuni havaskor velosportchilar o‘rtasida “Kasaba-Tur” velomarafonining 1-bosqichi o‘tkazildi. Velomarafonda 855 nafar xavaskor velosportchilar ishtirok etdi. Ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan velomarofon ishtirokchilari uchun finishda toza ichimlik suvi va sifatli oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi. G‘oliblar talim muassasasi ma'muriyati hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 1-bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan havaskor velosportchilar 2-tuman bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar. Misol tariqasida 100-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan “Kasaba-Tur” musabaqa jarayonidan fotolavhalar.  

Izlash

 

So`ngi e`lonlar