Yangiliklar

16/04/2016
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda kasaba uyushmalarining o‘rni
  Ma'lumki, kasaba uyushmalari tizimida sport-sog‘lomlashtirish ishlari eng dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Chunki tizimda yil davomida turli yo‘nalishdagi sport musobaqalarining bosqichma-bosqich o‘tkazilib kelishi fikrimiz isbotidir. Ta'lim, fan madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashi tomonidan “Sog‘lom ona va bola” yili dasturi doirasida xotin-qizlar spartakiadasi o‘tkazildi. Spartakiada tashkil etilishi orqali xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xotin-qizlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali xodimlarni turli kasb kasalliklaridan muhofaza qilish ko‘zda tutilgan. Tumandagi 7-umumta'lim maktabida sportning 7ta turi bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqada xalq ta'limi tizimiga qarashli ta'lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdilar. Tadbirda voleybol sport turi bo‘yicha ...

28/03/2016
“Xuquq bilimdonlari”
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamkorlikda “Huquq bilimdonlari” mavzusida ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda 42ta umumta'lim maktablaridan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlov g‘olibi 3-umumta'lim maktabi o‘quvchilari deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etishga yo‘llanma olishdi.         

27/03/2016
“Ajdodlar merosini o‘rganamiz”
  Joriy yilning 26 mart kuni Angor tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi va 39-umumta'lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Ajdodlar merosini o‘rganamiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 39-umumta'lim maktabi o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Tadbir ishtirokchilariga kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.        

26/03/2016
“Siz qonunni bilasizmi” ko‘rik tanlovi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma Angor tuman kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 24 mart kuni “Siz qonunni bilasizmi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Ushbu ko‘rik-tanlovga uxshagan tadbirlarni ko‘proq o‘tkazib turish bo‘yicha ishtirokchilarda takliflar kelib tushdi. Tadbir so‘ngida tanlov g‘oliblariga kasaba uyushma kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.           

25/03/2016
“Yilning eng faol tarbiyachisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
  Sho‘rchi tuman xalq ta'limi muassasasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi va tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi bilan hamkorlikda 2016 yil 25 mart kuni “Yilning eng faol tarbiyachisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov hududlar bo‘yicha 33 nafar maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkazildi. Unda tuman bosqichiga hududlardan 1-o‘rinni egallagan 33 nafar tarbiyachilar ishtirok etdi. Unda oliy o‘rinni 29-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Avliyoqulova Muhabbat, 1-o‘rinni 9-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Nazarova Jamila, 2-o‘rinni 4-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Bozorova Sanobar, 3-o‘rinni 20-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Normomatova Zulfiyalar egalladi. G‘oliblarga tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va faxriy ...

24/03/2016
“Sog‘lom oila” respublika oilaviy sport musobaqalari
  Mehnatkashlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, ishchi-xizmatchilar va ularning oila a'zolarini sportga keng jalb etish, bu orqali xodimlar salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzi barqarorligini ta'minlash masalalari bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ustuvor vazifalari qatoridan o‘rin olgan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Sog‘lom oila” Respublika oilaviy sport musobaqalari ham nafaqat xodimlar, balki ularning oila a'zolarini ham qamrab oldi. “Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilayotgan Respublika oilaviy sport musobaqalari bu yil “Sog‘lom ona va bola” yilida to‘rt bosqichda o‘tkazilib, 1-bosqichi korxona, tashkilot va muassasalarda, 2-bosqichi tuman, shaharlarda, 3-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent ...

23/03/2016
“Kitobim-oftobim”
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va 24-umumta'lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida “Kitobim-oftobim” mavzusida seminar o‘tkazildi.          

22/03/2016
“Surxonning oqila qizlari” ko‘rik tanlovi
  Joriy yilning 22 mart kuni Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 9-musiqa maktabida “Surxonning oqila qizlari” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida tanlov g‘olibiga kasaba uyushma kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.           

20/03/2016
O‘lkamizga Navro‘z keldi!
  2016 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda barcha jamoalar o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan tayyorgarlik ko‘rildi. Ana shunday jamoalardan birida, Urganch Davlat Universiteti professor, o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Navro‘z bayrami sayli o‘tkazildi. Navro‘z sayli tadbirlari sumalak pishirish bilan boshlandi. Navro‘z sayliga viloyatimizdan mehmonlar, umumta'lim maktablari o‘quvchilari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari jamoasi va boshqalar tashrif buyurishdi. Ertasi kuni tarix fakulteti binosi oldidagi maydonda fakultet jamoalarining bahor taomlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Universitet oshxonasi oldidagi katta maydonda talabalarni ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Universitetning bosh o‘yingohida fakultet jamoalarining badiiy chiqishlari, sportning milliy (kurash, arqon tortish, tosh kutarish ...

20/03/2016
Mustaqillikning 25 yilligiga 25 tup daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi
  Ta'lim fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi apparat xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga 25 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida 2016 yil 12 mart kuni tumandagi 61-sonli umumta'lim maktabida o‘tkazilgan hasharda 25 to‘pdan mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bundan tashqari tumandagi ta'lim muassasalarida ishlayotgan 30 nafar nogiron, mehnat faxriylari holidan xabar olindi va muruvvat yordami ko‘rsatildi, 22 nafar kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ajratildi.    

Izlash

 

So`ngi e`lonlar