Yangiliklar

03/03/2016
Boshlang‘ich kasaba tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish asosiy maqsad va vazifa
  Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari Xorazm viloyat birlashmasi kengashi va O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi bilan hamkorlikda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari ayniqsa, yangi saylangan (107 nafar) kasaba uyushma qo‘mitalari raislariga, faollariga kasaba uyushmalari, ularning maqsad va vazifalari, kasaba uyushma organlarida Ustav talablari asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish, kasaba uyushmalari faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni yuritish, kasaba uyushmalariga berilgan huquq, kafolat va imtiyozlar, ulardan foydalanish tartib-qoidalari, kasaba uyushmalari afzalliklarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinadigan ishlar, shuningdek kasaba uyushmalariga berilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy sheriklik tamoyillarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ...

25/02/2016
Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi
  2016 yil 8 fevral kuni Andijon Davlat universiteti katta majlislar zalida “Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga” bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Sobirov tantanali ochib berdi. Unda fakultet dekani dots.Ch.Shakirova, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Komilova, boshlang‘ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri F.Kiyikboyev, katta o‘qituvchilar Z.Jo‘raboyeva, I.Ubaydullayev va I.Ergashevlar rahbarligida BTSTI va maktabgacha ta'lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. Tadbirda A.Navoiy g‘azallari va hikmatli so‘zlari, ruboiylari talabalar tomonidan o‘qib eshittirildi. Qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari  barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Andijon davlat universiteti Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 10 nafar talabaga “XX asrlarda aks etgan tarix” ...

23/02/2016
Bobur tavalludining 533 yilligi
  2016 yilning 13 fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida tarix, ijtimoiy iqtisodiyot, fizika-matematika, jismoniy madaniyat, 13.00 da filologiya, tabiiy fanlar hamda pedagogik fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 600 dan ortiq professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirda talabalar tomonidan Bobur g‘azallaridan namunalar, uning g‘azallariga bastalangan kuy qo‘shiqlar, “Tushlarimga kirmish Andijon”, “Boburning tahlikali kunlari” mavzularidagi sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Bu tadbirda Andijon davlat universitetining Xodimlar va talabalar kasaba uyushma tomonidan 30 nafar talabalarga “Tarixiy Rashidiy”, 30 nafara talabaga “Bobur Yo‘lbars” esdalik kitoblar sovg‘a qilindi.  

21/02/2016
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tadbir
  2016 yil 21 fevral kuni Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumta'lim maktabi sport zalida tumandagi tarmoqlardagi ishchi-xodimlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimiyatidan, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limidan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limidan, tuman mahalla jamg‘armasi vakillari, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston teleradio kanali va Toshkent oqshomi gazetasidan korrespondentlar ishtirok etdi. Musobaqada Ota, ona va qiz farzandi bo‘lgan oilalardan birinchi o‘rinni Ta'lim, fan va madaniyat tarmog‘idan Saydaliyevlar oilasi, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston fanlar akademiyasidan O‘lmasovlar oilasi, uchinchi o‘rinni Agrosanoat tarmog‘idan Islamovlar oilasi qo‘lga kiritdi. Musobaqada Ota, ...

20/02/2016
“Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasining tarmoqlararo Olmazor tuman bosqichi
  2016 yil 19 fevral kuni Olmazor tumanidagi 39-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zalida tumandagi tarmoqlardagi ishchi-xodimlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqasi qizg‘in va bayramona ko‘tarinki ro‘xda boshlandi. Tadbirda tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limidan, Kamolot yoshlar ijtimoiy xarakati tuman bo‘limidan, hamda tarmoqlarning Toshkent shahar bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari, ommaviy axborot vositalari “O‘zbekiston” va “Sport” teleradio kanali va Toshkent oqshomi va “Ishonch” gazetalaridan korrespondentlar ishtirok etdi. Sport musobaqasida 9 ta oilalar ishtirok etdi. Ular nizomda belgilangan 7 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Musobaqada ota, ona va ...

19/02/2016
Yosh olimlar bilan o‘tkazilgan davra suhbati
  Joriy yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz I.Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mustaqillik yillarida olib borilgan yoshlarga, xususan, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi borasidagi islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi sifatida bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berganligi munosabat bilan yuqori kasaba uyushma tashkilotlari O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar kengashi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Yosh olimlar kengashi”, Adliya boshqarmasining Toshkent shahar bo‘limi, (bo‘lim boshlig‘i Abror Berdiyev), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (bosh ...

17/02/2016
Oltinko‘l tumanda bo‘lib o‘tgan tadbir
  Andijon viloyati, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oltinko‘l tuman kengashi tarmog‘idagi tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar uchun “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.   Oilaviy sport musobaqasida 52 ta tashkilot va muassasalardan 156 nafar sportchilar qatnashdilar. Sport musobaqasi juda qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Musobaqa yakunida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblarga shuningdek, “Eng yosh oila”, “Eng axil oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” singari nominatsiyalar bo‘yicha ham faol ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tuman kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

16/02/2016
“Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini Ustav talablari asosida tashkil etish va ishni rejalashtirish” mavzusida o‘quv seminar
  Ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Oltiariq tumani kengashining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun 2016 yilning 3 fevral kuni 1-umumta’lim maktabida “Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini Ustav talablari asosida tashkil etish va ishni rejalashtirish” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarda ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raislarining 75 nafari ishtirok etdilar. Seminar orqali barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga ish faoliyatlarini me’yoriy xujjatlar asosida tashkillash va xujjatlarni yuritish bo‘yicha namunaviy tavsiyalar berildi. Jumladan; - boshlang‘ich tashkilotlar ishini rejalashtirish; - ish rejalari bo‘yicha yig‘ilishlarni o‘tkazib borish; - ish rejasida ko‘zda tutilgan vazifalar bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilib borish (har oy yakunlari bo‘yicha) bajarilmagan bandlarni bajarish choralarini belgilash va ...

16/02/2016
“Farzandlari sog‘lom yurt”
  Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga e`tibor qaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Mehnatkashlar hamda ularning farzandlarini sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ular o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazib borish, sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish kasaba uyushmalari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilning 13-fevral kuni Forish qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Sog‘lom ona  va bola yili” Davlat dasturi doirasida Ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi,  agrosanoat majmui hodimlari kasaba uyushmasi kengashi, davlat muassasalari va jamoat xizmati hodimlari kasaba uyushmasi kengashi, tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘`mitasi qo‘shma yig‘ilishining qarori asosida “Sog‘lom oila” ...

15/02/2016
Tarmoq kelishuvlari muhokamasi
  O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi”, 23-moddasida esa “Nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, muhokama qilishda ishtirok etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish huquqiga ega” ekanligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar