Yangiliklar

14/02/2016
“So‘z mulkining ikki sultoni”
  So‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish maqsadida shoir tavalludining 575 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan “So‘z mulkining ikki sultoni” deb nomlangan adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va musiqiy tadbir 2016 yil 9 fevral kuni M.T.Toshmuhammedov nomli Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida bulib o‘tdi. Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy asarlari beqiyos ahamiyatga ega. Ushbu tadbirningning maqsadi Alisher Navoiy va Boburning ...

13/02/2016
Katta sport bayrami
  “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalarining o‘tkazilishi haqidagi xabar G‘ijduvon tuman ta’lim va madaniyat muassasalari xodimlari tomonidan qizg‘in kutib olindi. Joriy yilning yanvar oyida kasaba uyushmalari rahbarligida musobaqalarning 1- hududiy bosqichlari o‘tkazildi. Joriy yilning 5-6 fevral kunlari tumandagi 7-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida 40 ta g‘olib oilalar o‘rtasida tuman tarmoq bosqichi bo‘lib o‘tdi. Zamon talablari asosida qurilgan sport zalida musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Musobaqaning tantanali ochilish marosida G‘ijduvon tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining “Sog‘lomlashtirish” guruhi, bolalar va o‘smirlar sport maktabi karate to‘garagi ishtirokchilarining ko‘rgazmasi chiqishlari ishtirokchi va muxlislarga manzur bo‘ldi. Nizom talablari asosida o‘tkazilgan oilaviy sport musobaqalarini bosh ...

12/02/2016
Sog‘lom oila – yurt tayanchi
  Navoiy viloyati Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida oilaviy sport musoboqalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 2016 yil 8 fevral kuni Ta’lim,  fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman kengashining tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlarining hududlarda g‘olib bo‘lgan oilaviy sport jamoalari o‘rtasida 1-tur tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqada hududlarda g‘olib bo‘lgan 12 ta oilaviy sport jamoalari ishtirok etishdi. 1-o‘rinni 30-umumta’lim maktabidan qatnashgan Doniev Fazliddinlar oilasi va 84-umumta’lim maktabidan ishtirok etgan Maxmudov A’zamxonlar oilasi g‘olib bo‘lishdi va kiyingi bosqichga yo‘llanma olishdi. Musobaqada qatnashib I-II-III o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda nominatsiyalar sovridorlari tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlari bilan ...

11/02/2016
Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan oilaviy sport musobaqasi
  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari hamda madaniyat muassasalarida ishlovchi pedagog va ishchi-xodimlarning oilaviy jamoalari  o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida shahar birinchiligi 35-Davlat ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, “Sog‘lom ona va bola yili” hamda Andijon shahar kengashining 2016 yil ish rejasiga muvofiq mexnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat xissini shakllantirish, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba ...

11/02/2016
“Navoiyxonlik” tadbirlari
  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi tasarrufidagi kasaba uyushma tashkilotlarida tuman kengashi tomonidan 2016 yil 5 fevralidan 5 martga qadar “Milliy g‘oya targ‘iboti oyligi” e’lon qilingan. Shu munosabat bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkilot va muassasalarda xodimlar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Ma’naviyat o‘quv”lari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, tuman ma’naviyat-targ‘ibot bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayniqsa, buyuk mutaffakkir shoir, davlat arbobi o‘zbek adabiy tili asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarda barcha ustoz va murabbiylar faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, tumandagi 2-umumta’lim maktabida “Barhayot Navoiy”, 11- umumta’lim maktabida “Yurtlarni ...

10/02/2016
Kasaba uyushmalari tomonidan o‘tkazilayotgan sport musobaqalari
  Kasaba uyushmalari tomonidan o‘tkazilayotgan sport musobaqalari mehnatkashlar va ularning oila a’zolarining sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib bormoqda. Kuni–kecha Kogon shahridagi 4-umumta’lim maktabida “Sog‘lom oila” shiori ostida tashkil etilgan sport musobaqalari fikrimizning isbotidir. Maktab ma’muriyati, kasaba uyushma qo‘mitasi, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari musobaqalarga tashkiliy jihatdan puxta hozirlik ko‘rishdi. O‘quv muassasasida mehnat qilayotgan 4 nafar pedagog xodimlar oilasi musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirishdi. Nizomga asosan 7ta shartdan iborat bellashuvlardan so‘ng Beglievlar oilasi g‘olib deb topildi. To‘xtamishevlar oilasi “Eng chaqqon oila”, Shodievlar oilasi “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandilar. Beglievlar oilasining sport musobaqlarining keyingi bosqichlarida faol ishtirok etish maqsadida maktab sport zalida har kunlik ...

09/02/2016
Farg‘onada kasb-xunar kolleji bitiruvchilari uchun tashkil etilgan “Mehnat yarmarkalari” .
  Viloyat hokimligining 2016 yil 29 yanvardagi 32-01-50-sonli, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashamasi kengashining TS-05/129 sonli “Kasb-xunar kolleji bitiruvchilarini to‘rt tomonlama shartnoma asosida amaliyot o‘tashlari va keyinchalik ishga joylashishlari uchun ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkalarini o‘tkazilish grafigi” reja-jadvaliga asosan tarmoqdagi barcha shahar, tumanlardagi kasb-hunar kollejlarida 1-8 fevral kunlari “Mehnat yarmarkalari” o‘tkazildi. Yarmarkalarda viloyat hokimligi vakili, viloyat xokimligi o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi xududiy boshqarmasi, tuman xokimligining o‘rinbosarlari, tuman IIB bo‘limi, korxona va tashkilotlar ish beruvchilari, tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari, tuman Mehnat bandligi bo‘limi, banklar vakillari va kollej bitiruvchilari ishtirok etdilar. Jumladan, Beshariq tumani tarmoq tizimidagi Beshariq Qishloq xo‘jalik kasb-xunar kollejida 3-kurs bitiruvchilarining 100 nafari tashkilot ...

01/02/2016
“Sog‘lom oila” musobaqasi to‘g‘risida
  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Do‘stlik tuman kengashi tomonidan “Sog‘lom oila” shiori ostidagi musobaqa tarmoqdagi tashkilot va muassasalarda joriy yilinng 30 yanvar kuni tumandagi 1-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib unda tashkilot va muassasada g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etdilar. Musobaqa davomida barcha jamoalar faol ishtirok etib 1-o‘rinni 11-umumta’lim maktab jamoasi ya’ni Zohidjon To‘ychiboevlar oilasi egalladilar. Fahrli 2-o‘rinni tumandagi 9-son “Charos” maktabgacha ta’lim muassasada qatnashgan jamoa Xasan Xoliqulovlar oilasi egalladi. 3-o‘rinni tumandagi 1-umumta’lim maktabidan ishtirok etgan jamoa O‘tkir Suvonovlar oilasi egalladi. Barcha g‘oliblar mahsus diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 1-o‘rin egallagan 11-umumta’lim maktab jamoa To‘ychiboevlar oilasi tumanda o‘tkaziladigan tarmoqlararo ...

30/01/2016
Minifutbol sport musobaqalari
  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qorovulbozor tuman kengashi tomonidan mehnatkashlar va ularning farzandlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, xodimlarni ommaviy sportga jalb etish maqsadida reja asosida qator sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. 2016 yilgi sport musobaqalari “millionlar o‘yini” futbol bahslaridan boshlandi. Tumandagi 10-bolalar va o‘smirlar sport maktabi yosh avlodga ta’lim tarbiya berayotgan ustozlar bilan gavjum bo‘ldi. Minifutbol musobaqalarida ustoz-murabbiylar, tashkilot rahbarlari, ishchi-xizmatchilardan iborat 12 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Qizikarli hamda o‘zaro rakobatga boy bo‘lgan musobaqalarda 18-bolalar musiqa va san’at maktabi pedagog va xodimlarining qo‘li baland kelib I-o‘rin sohibi bo‘lishdi. 10-bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi II-o‘rin, 8-umumta’lim maktabi ...

28/01/2016
Boshlang`ich tashkilotlarda o`tkazilayotgan “Sog`lom oila” sport musobaqasi
B So`ngi yillarda kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishdan tashqari ularni madaniy-ma'rifiy ҳamda sport tadbirlariga qiziqtirish va ishtirok etishini ta'minlash maqsadida bir qator tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. 2016 yil “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi hamda yuqori kasaba uyushma tashkilotlari qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi rayosatining                12-yanvar 2016 yildagi 4-2 “c” sonli mehnatkashlar va ularning oila a'zolari o`rtasida “Sog`lom oila” shiori ostida oilaviy sport musobaqalarini o`tkazish to`g`risidagi qarori qabul qilinib, tasarrufdagi boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlariga yetkazildi. Shu munosabat bilan boshlang`ich tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a'zolari ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar