Yangiliklar

16/01/2016
“Ma’naviyat soati”
  Mehnatkashlar va yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish, Vatan himoyasini ta’minlashdek muqaddas burch, mamlakatimizdagi tinch va osuda hayot qadrining mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish maqsadida hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati Guliston san’at kollejida “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan”  mavzusida ma’naviyat soati tadbiri o’tkazildi. Tadbirda ichki ishlar bo’limi xodimlari, mehnat faxriylari va san’at kolleji ishchi xodimlari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirdan so’ng bayramga bag’ishlab sport turlari bo’yicha musobakalar tashkil etildi. Musobaqa g’oliblariga Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.    

15/01/2016
Vatan himoyachilari kuni
  Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir oliy o‘quv yurti ma'naviyat bo‘limi, kasaba uyushma qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoy harakati boshlang‘ich tashkiloti va xotin-qizlar kengashi bilan hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda harbiy yo‘llanma asosida o‘qishga tavsiya etilgan 226 nafar talaba-yoshlar, institut rahbariyati, pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Buxoro shahar hududida joylashgan harbiy qism vakillari 522-safarbarlik rezervi kapitani M.M.Axmedov, serjant I.O‘.Xolbo‘tayev kichik serjant T.A.Aliyev, shartnoma bo‘yicha oddiy askar Sh.X.Omonturdiyevlar tadbirda so‘zga chiqib, milliy Armiyamiz Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilayotganligi, ular uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta'kidlab ...

14/01/2016
Jamoa shartnomasiga bag‘ishlangan trening
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazida 2016 yilning 1-yarim yilligida kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini o‘qitish rejasiga muvofiq joriy yilning 11-15 yanvar kunlari Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman va shahar kengashlari raislari uchun o‘quv tashkil qilinishi rejalashtirilgan edi. O‘quv dasturiga ko‘ra, 12-13 yanvar kunlari Respublika kengashi mutaxassislarining “Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik asoslari. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari”, “Bandlik va ijtimoiy himoya sohasida kasaba uyushmalarining vazifalari. “Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari va ularni kasaba uyushmalar tomonidan qo‘llash amaliyoti” mavzularida ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, jamoa shartnomalari bo‘yicha trening tashkil qilindi. Tinglovchilar 5 guruhga bo‘linib, ularga 5 hil ...

13/01/2016
Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bulur!
  Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Armrestling sport turi bo‘yicha talaba yoshlar va harbiy qism xizmatchilari o‘rtasida universitet ochiq birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 2016 yil 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan musobaqada 70 kg,80 kg va +80 kg vaznlarda o‘tqazilgan musobaqada universitet talabalari, Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi hamda 52466-sonli harbiy qismlaridan taklif etilgan harbiy xizmatchilari o‘z'aro bellashdilar. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Musobaqani Universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori dotsent B.Jo‘rayev tadbirni ochib, ishtirokchilarni “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklab musobaqa qatnashchilariga omad tiladi. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani F.Eshpo‘latov, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ...

12/01/2016
Tayanchim va suyanchim faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan! Ko‘zim qarog‘idasan, Vatan!
  Qarshi davlat universiteti faollar zalida universitet ma'muriyati va jamoat tashkilotlari hamkorligida 2016 yil 12 yanvar kuni 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Ko‘zim qarog‘idasan, Vatan!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy  bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qarshi shahridagi 52466-sonli, 51301-sonli, 58829-sonli harbiy qismlari, Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi ofitser va harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a'zolari taklif etildi. Bayram tadbirini universitet rektori, professor B.A.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz milliy armiyasi tashkil topganligining 24 yilligi, shuningdek, 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tabrikladi. Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi boshliq o‘rinbosari podpolkovnik I.Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yil mobaynida erishgan yutuqlari, ...

11/01/2016
Armiya – toblanish maktabi
  “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan” shiori ostida 2016 yil 11 yanvar kuni Qarshi shahridagi 11643-sonli harbiy qismida, hamda Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabida 14 yanvar -“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Qarshi davlat universiteti rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qarshi shahridagi 11643-sonli harbiy qismda “Vatan himoyasi sharafli burch” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov, ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori, dotsent B.Jo‘rayev, “Ijtimoiy fanlar va sotsiologiya” kafedrasi mudiri, professor S.Choriyev, “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” kafedrasi mudiri, dotsent X.Maxmanova va “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi mudiri, dotsent G.Erkayevalar ...

07/01/2016
Andijon davlat universiteti tomonidan sport musobaqalari tashkil etildi
  2016 yil “Sog‘lom ona va bola” yili munosabati bilan 4-6 yanvar kunlari Andijon davlat universiteti kasaba uyushmasi xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, voleybol, basketbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. O‘tkazilgan sport musobaqalarida jami 240 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni xorijiy tillar fakulteti ingliz tili fani o‘qituvchisi T.Xamrayeva, 2-o‘rinni tabiyotshunoslik fakulteti o‘qituvchisi K.Dadaboyeva, 3-o‘rinni filologiya fakulteti o‘qituvchisi D.Abdullayeva; Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni fizika-matematika fakulteti o‘qituvchisi M.Yusupov, 2-o‘rinni jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi Z.Sharipov, 3-o‘rinni tabiatshunoslik va geografiya fakulteti o‘qituvchisi O.Sobirov; Shashka ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni pedagogika fakulteti o‘qituvchisi Z.Ziyavudinova, 2-o‘rinni jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi T.Sirojiddinova, 3-o‘rinni filologiya fakulteti ...

05/01/2016
“Kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanaylik”
  Joriy yilning 4 yanvar kuni Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining kichik majlislar zalida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari buxgalterlari uchun “Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kasaba uyushmasiga a'zolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminarda 17 nafar Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari tuman, shahar kengashlari buxgalterlari ishtirok etdilar. Buxgalteriya sohasida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan tajribali buxgalterlardan A.Jalilov, N.Axmedov, T.Zulunovlar tomonidan 2016 yilda Kasaba uyushmasi Federatsiyasi tizimida a'zolik badallari hamda ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi hamda Nizomlar asosida ishlashlari bo‘yicha tushunchalar berildi. O‘quv-seminar davomida seminar ishtirokchilari buxgalteriya sohasidagi ish yuritish xujjatlarini ...

16/12/2015
“Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi majburiyatlari” mavzuida o‘tkazilgan o‘quv-seminari
  2015 yil 9 dekabr kuni Uzun tuman halq ta'limi muassasalarini faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi va Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman kengashi tomonidan “Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilishni ta'minlash borasidagi majburiyatlari” mavzuida o‘quv-seminari o‘tkazildi. O‘quv seminarida halq ta'limi muassasalari rahbarlari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilot raislari va tuman halq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi xodimlari qatnashdilar. O‘quv seminarida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri X.Norqulov, tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Davlat mehnat texnik inspektori Q.Komilovlar ishtirok etdilar. Uzun tuman halq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash ...

15/12/2015
“Qudratimiz, birlik va hamjihatlikda” shiori ostida “Keksalar doim ezozda” tadbiri to‘g‘risida
  Surxondaryo viloyatining Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushsi Uzun tuman kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uzun tuman Kengashi, “Maxalla” hayriya jamoat tuman fondi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda “2015 yil- Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan “Keksalar doim e'zozda” shiori ostida “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida yashovchi 100 yoshni qarshilagan urush qatnashchisi Sariqov Asalohun, mehnat faxriylari Sodiqov Ismoiljon, O‘rinova O‘lmashon, Murodov Abdusalomlarning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi. Tibbiyot xodimlari faxriylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uzun tuman Kengashi va  “Maxalla” hayriya jamoat tuman fondi xodimlari tomonidan ularga yaqindan yordam berildi. Kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan faxriylarga oziq-ovqat ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar