Yangiliklar

01/12/2015
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni
  8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan joylarda turli uchrashuv kechalari o‘tkazilmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning biri 30-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Davlat universitetning ma'naviy-ma'rifiy majlislar bulib o‘tdi. Uchrashuvda “Inson va qonun” gazetasi bosh muxarriri, shoir N.Narqabilov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi O.Turakulova, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti M.Ibragimova va kinoaktyor R.Malikovlar ishtiroqchilarni Konstitutsiya bayrami bilan chin qalbdan tabrikladi va o‘z ijodidan namunalar ijro qilib berishdi. Uchrashuv ishtiroqchilarda katta taassurot qoldirdi.    

29/11/2015
Jondor tumanidagi tadbir haqida
  2015 yil 11 noyabr kuni ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jondor tuman kengashi tomonidan Respublika ma'naviyat va targ‘ibot markazi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda tuman madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” asari takdimoti yuzasidan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi o‘rta umumiy ta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, kasb - hunar kollejlari direktorlari, kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi. Tadbirda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi katta mutaxassisi A.Davlatov kitobning mazmun -mohiyati to‘g‘risida umumiy ma'ruza qildi. Kitobning xotin-kizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha ...

28/11/2015
Xayrli tadbirlar bardavom bo‘lsin
  2015 yil 21 noyabr kuni Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro tuman kengashi tomonidan “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturining ijrosini ta'minlash maksadida ta'lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan 45 nafar ustoz-murabbiylar, ularning farzandlari uchun jonajon diyorimizning qadimiy go‘shalaridan Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida hamroh - tarjimon Samarqandning tarixiy obidalar va qadimiy ziyoratgohlar haqida to‘liq ma'lumotlar berib bordi. Turizm sohasidagi bu tadbir soha xodimlariga katta taassurot qoldirdi. Kasaba uyushmasi turizmini rivojlantirish borasidagi ishlar bardavom bo‘lishi bo‘yicha takliflar bildirildi.      

26/11/2015
Seminar-trening
  O’zbekiston ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati tuman, shahar kengashlari raislari va hisobchilari ishtirokida seminar-trening yig’ilishi o’tkazildi. Seminarda barcha tuman, shahar kengashi raislari va hisobchilari hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi moliya bo’limi mudiri va Sirdaryo viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchi ishtirok etdi. Seminarda 2015 yil noyabr oyida o’quv markazida malaka oshirish kursida bo’lgan Sayxunobod tuman kengashi hisobchisi Abdusattarova Nodira O’rinboevna me’yoriy xujjatlar bilan ishlash va malaka oshirish kursida olgan bilimlari xususida tajriba almashdi. Seminarda so’zga chiqqan mas’ul tashkilotchi A.Mamarasulov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi moliya bo’limi mudiri R.Zoirova, Sardoba tuman kengashi raisi X.Urozboev, Yangier shahar kengashi raisi U.Allanazarov, Yangier shahar ...

17/11/2015
“Afsona” poyezdi bilan sayoxat
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federeatsiyasi Kengashining 2015 yil 24 yanvardagi 20-5-sonli qarorida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 13-15 noyabr kunlari “Kasaba sayr” unitar korxonasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi a'zolaridan 36 nafarini “Afsona” poyezdi bilan Xorazm viloyatining Urgench va Xiva shaharlariga sayoxat tashkil etildi. Sayoxtachilarni dastlab Urgench vokzalida Xorazmliklar surnay va doira navolari ostida kutib oldilar. Sayoxatchilar tayyorlab qo‘yilgan avtobuslarga joylashib ichki ishlar xodimlari hamkorligida Xorazm viloyatining Urgench shahrining diqqatiga sazovor joylari va mustaqillik davrida qurilib foydalanishga topshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Xiva shaxrining tarixiy joylari VIII-XIX qurilgan Ichan-Qalada joylashgan “Paxlovon Maxmud”, “Said ...

07/11/2015
Tumanda gimnastrada
  Navoiy viloyati Qiziltepa tumani markaziy o‘yingohida soha xotin - qizlari o‘rtasida ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi tashabbusi bilan ta'lim muassasalari o‘rtasida gimnastrada musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada xotin - qizlar turli hil shartlar bo‘yicha bellashdilar.            

02/11/2015
Yetti pirga sayyohat
  Navoiy viloyati Qiziltepa tuman Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi tashabbusi bilan tumanda turli xil xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan bir guruh nafaqadagi ustoz pedagoglar o’z hayotlari va asarlari bilan insonlarni ezgulikka, komillikka yetaklagan ma’naviyatimiz darg’alari Hazrat Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Muhammad Ar Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy(Mohitobon), Xoja Ali Rometaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Hazrat Bahouddin Naqshband ziyoratgohlariga sayyohat uyushtirildi.   

30/10/2015
Sirdaryo viloyatidagi seminar-trening
  26-29 sentyabr kunlari XMT eksperti ishtirokida Sirdaryo viloyati tumanlarida “Xalqaro Mehnat Tashkilotining 105 va 182 Konvensiyalari talablarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi. Seminarlar Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 9-umumta'lim maktabida, Oqoltin tumanidagi 2-umumta'lim maktabida hamda Sirdaryo tumanidagi 7-umumtalim maktabida tashkil etildi. Seminar-treningda Xalqaro Mehnat Tashkilotining eksperti Gerasimova Oksana viloyat paxtachiligida majburiy mehnat va bolalar mehnati bo‘yicha monitoring ishlari hamda 105 va 182 Konvensiyalar xaqida ishtirokchilarga ma'lumotlar berdi. Seminarda o‘qituvchilar, ta'lim muassasalari rahbarlari va tegishli soha xodimlari ishtirok etdi va ularning savollariga atroflicha javoblar berildi.    

02/10/2015
“Keksalarni e`zozlash yili” Dastur doirasida
  Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g’amxo`rlik ko`rsatish jamiyatimizning o`ziga xos yuksak ma’naviyati belgisidir. Ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Keksalar bor oilalar fayzli, qut-barakali, yoshlari odobli, mehribon bo`ladi. Ularning imkoniyati, tajribalaridan foydalansak, e’tibordan chetda qoldirmasak, ruhi tetik, bardam-baquvvat bo`ladi. Shu maqsadda dasturga asosan tashkilot va muassasalarda “Fahriylar kengashi” tashkil etilgan bo`lib, ularning boy tajribalari, ko`rsatmalaridan foydalanib, o`tkazilayotgan tadbirlarga taklif etib kelinmoqda. Mehnat jamoalarida “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturining maqsad va mohiyatini keng targ`ib qilish maqsadida ma’naviyat soatlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar ...

30/09/2015
Qadrli ustoz va murabbiylar!
  Avvalambor, siz, azizlarni umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman. Bu dunyoda har qaysi ongli inson - qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo‘llagan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi. Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo‘'tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi. Muhtaram o‘qituvchi va muallimlar! O‘zbekistonimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, tarixan ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar