Yangiliklar

03/06/2015
Salomatlik-spartakiadasi
  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan Guliston shahridagi 18ta maktabgacha ta’lim muassasalari hamda viloyat axborot resurs markazida ishlovchi xodimlar o’rtasida salomatlik spartakiadasi o’tkazildi.   Spartakiadaning shahar bosiqichi 2015 yil 30 may kuni Guliston shahar 5-umumta’lim maktabi sport majmasida bo’lib o’tdi. Spartakiadada 19ta tashkilotdan talabnoma asosida 8 nafardan xodimlari ishtirok etdilar. Xakamlikka tajribali trenerlar-Guliston shahar 1-bolalar va o’smirlar sport maktabidan T.Xoliqulov, U.Ummatqulov, S.Umurqulov, S.Aralovlar, maktablar jismoniy tarbiya o’qituvchilaridan Sh.Allanazarov, S.Xoliqulov, Yu.Seytumerovlar jalb etildilar. Voleybol bo’yicha shahardagi 4-maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasining qo’li baland kelgan bo’lsa, stol tennisida shu muassasaning tarbiyachisi Nilufar Botirovaga teng keladigani topilmadi. 9-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Shoira ...

25/05/2015
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kogon shahar kengashi tomonidan respublika ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovning shahar bosqichida 4ta 100 nafardan ortiq kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar, 17ta 100 nafardan kam kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlari ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan shahardagi tarmoqqa qarashli 34ta boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati o‘rganib chiqildi. Tanlovda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan kasaba uyushmasi faoliyatining barcha yo‘nalishlarini aks ettiruvchi taqdimotlar tayyorlandi, ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tashkilotlar faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholandi. 100 nafardan ortiq kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan tashkilotlardan Kogon shahar 7-umumta'lim maktabi, 100 nafardan kam kasaba uyushma uyushma a'zolari bo‘lgan tashkilotlar orasida 4-umumta'lim maktabi kasaba ...

11/05/2015
“Xotira va qadrlash kuni”
  Keksalarni qadrlash va e'zoz ko‘rsatish-xalqimizning azaliy odati. Buxoro viloyati Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qorako‘l tuman kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari-faxriylarga” aksiyasi doirasida bir qator ishlarni amalga oshirilmoqda. “Xotira qa qadrlash kuni” arafasida uzok yillar ta'lim tizimi sohasida mehnat qilib, hozirda qarilik gashtini surayotgan 35 nafar faxriylar uchun Buxoro viloyatining muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat G‘ijduvon shahridagi Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohidan boshlandi. Onaxonu-otaxonlar Shofirkon, Vobkent, Romitan, Peshko‘, Kogon tumanlarida joylashgan “Yetti pir” deb nom olgan qadimiy obidalarni ziyorat qildilar. Mustaqillik davrida Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro shahrida barpo etilgan yangi bog‘, “Qo‘hna va boqiy Buxoro” ...

10/05/2015
“Jasorat, burch, matonat” shiori ostidagi tadbirlar rejasi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha “Jasorat, burch, matonat” shiori ostidagi tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Chora-tadbirlarga asosan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 30 nafar qariyalar holidan xabar olindi, 2 nafar keksalarga moddiy ko‘mak berildi, Olot politexnika va servis kasb-hunar kollejida “Xotira turniri” o‘tkazildi. 25 nafar mehnat faxriylari ishtirokida Buxoro shahrining tarixiy obidalari va mustaqillik inshootlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Bahovuddin Naqshbandiy ziyoratgohi, “Labi hovuz” majmuasi, “Sitorai Moxi Xosa” muzeyini tomosha qilgan qariyalar o‘tgan davrni xotirlab, shahrimizda bunyod etilgan inshootlarga nazar solib, yoshlarimizning baxtli davrda yashab-ulg‘ayayotganini dildan faxrlanib ...

08/05/2015
Hisobot-saylov konferentsiyasi
  O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq bugungacha Sirdaryo viloyati tuman, shahar kengashlari tasarrufidagi barcha boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig’ilishlari bo’lib o’tdi. Endilikda tuman, shahar kengashlarining hisobot-saylov yig’ilishlari tashkil etilmoqda. Yaqinda O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashining hisobot saylov konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Hisobot-saylov konferentsiyasiga belgilangan me’yorga muvofiq boshlang’ich tashkilotlardan saylangan 75 nafar delegatlardan 73 nafar delegatlar qatnashdilar. Shuningdek, Konferentsiya ishida Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o’rinbosari K.Eshnazarov, O’zbekiston ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi A.Mamarasulov, ...

24/04/2015
Havaskor velosportchilar o‘rtasida velomarafon musobakasi
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 24 martdagi 21-50 “s” sonli “Havaskor velosportchilar o‘rtasida “Kasaba-Tur” velomarafonini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Arnasoy tuman kengashining qo‘shma qarori ishlab chiqilib, ushbu qaror asosida 2015 yil 17 aprel kuni velomarafon musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada ta'lim, madaniyat va tibbiyot tashkilotlaridan kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar. Tadbirda 35 yoshgacha bo‘lgan xavaskor velosportchilar o‘rtasida Xidirov Olim birinchi o‘rinni, ayollar o‘rtasida 22-umumtalim maktabidan M.Kuchkorova, katta yoshdagilar o‘rtasida 5-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Botir Adbdunaimovlar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Tadbir yakuni bilan velomarafon ishtirokchilari kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda ishtirokchilari Eng ...

20/04/2015
“Kasaba-tur” velomarafonining II-bosqichi
  O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2015 yil 30 martdagi 15-14 “o”-sonli qaroriga asosan Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar Kengashlari tizimidagi tashkilot va muassasalarda havaskor velosportchilar o’rtasida “Kasaba-tur” velomarafoni yuqori saviyada o’tkazilmoqda. Ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan velomarafonning ikkinchi bosiqichi 2015 yil 19 aprel kuni Guliston shahar Markaziy o’yingohida o’tkazildi. Velomarafon natijalariga ko’ra erkak va ayollar o’rtasida alohida 20-35 yoshlilar bo’yicha 1-,2-,3-o’rin sohiblari, 35 yoshdan yuqori yoshdagi qatnashchilar bo’yicha 1-,2-,3- o’rin sohiblariga hamda nominatsiyalar bo’yicha g’oliblari shahar Kengashi tomonidan esdalik sovg’a va diplomlar bilan taqdirlandilar.   20-35 yoshlilar erkaklar   № F.I.Sh Natija m.s. Tashkiloti 1-o’rin Ablyaev Dilaver 4.12 15-maktab 2-o’rin Botirov ...

18/04/2015
Keksalar – el ardog‘ida
  Har qanday jamiyatning yoshi ulug‘ odamlarga bo‘lgan e'tibori g‘amxo‘rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Zero, keksalarga hurmat -extirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, Kogon tumani 2-o‘rta umumta'lim maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan “Keksalar-el ardog‘ida” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda keksalik gashtini surayotgan 22 nafar mehnat faxriylari maktab jamoa a'zolari to‘plandilar. N.Sattorova rahbarligidagi jajji o‘g‘il- qizlar tomonidan ijro etilgan Ona Vatan, she'rlar, dilrabo kuy-qushiqlar va raqslar qalblarga zavq olib kirdi. Tuman XTMFTvaTE bo‘limi mudiri R.Jo‘rayev, tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi M.Oripovalar mehnat faxriylarining bosib o‘tgan sharafli hayot yullari yoshlar uchun ibrat ekanligini alohida ta'kidlab o‘tishdi. Tarixga nazar solinib, o‘quv dargohining ...

17/04/2015
“Kasaba uyushmasi – faxriylarga” aksiyasi haqida
  Farg‘ona viloyatida Keksalarni hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvaatlash ko‘lamini kengaytirish, keksa avlod vakillariga e'tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-kuvvatlashda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylari oila va jamiyatda yoshlarni milliy qadriyat va an'analar ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash, shuningdek bu boradagi ishlar uchun jamiyat va davlatning imkoniyat hamda kuchlarini jalb etishga qaratilgan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturining 3 bo‘limi bandlarini bajarish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, kasaba uyushmasi a'zolarining ota-onalari uchun ta'lim tizimida uzoq yillar fidoiylik qilib ishlagan mehnat faxriylarining 25 nafarini kasaba uyushmasi ...

11/04/2015
“Kasaba tur” velosport musoboqalari
  2015 yil 5 aprel kuni Nukus shahrida Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika instituti xodimlari va talabalari o‘rtasida “Kasaba tur” havaskor velosportchilari velomarafon musobaqalarining 1-bosqichi o‘tkazildi. Musobaqalarga universitet va pedagogika institutidan 40dan ortiq havaskor velosportchilar ishtiroq etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra universitetdan 35 yoshgacha sportchilar o‘rtasida pedagogika fakultetidan A.Qidirbayeva 1-o‘rinni, ximiya-texnologiya fakultetidan G.Qayipnazarova 2-o‘rinni, chet tillar fakultetidan N. Atajanova 3-o‘rinni, erkaklar o‘rtasida ximiya-texnologiya fakultetidan J.Allayarov 1-o‘rinni, tarix va huquq fakultetidan A.Tao‘bayev 2-o‘rinni, pedagogika fakultetidan S.Bekbosыnov 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 35 yoshdan yuqorilar o‘rtasida tarix va huquq fakultetidan R.Turdimuratova 1-o‘rinni, sotsial-ekonomika fakultetidan Sh.Paxratdinova 2-o‘rinni, tarix va huquq fakultetidan A.Seytmuratova 3-o‘rinni, erkaklardan pedagogika ...