Yangiliklar

01/04/2015
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyalariga rioya etish to’g’risida о’quv seminari o’tkazildi
  O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2015 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2014 yildagi faoliyati yakunlari va 2015 yildagi ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi 12-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat-rejasining ijrosini ta’minlash bo’yicha Guliston shahridagi maktablar, kollejlar hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari uchun bolalar mehnati va majburiy mehnatga oid XMT Konvensiyalariga rioya etish bo’yicha 31 mart kuni Guliston shahridagi 1-sonli Musiqa va san’at maktabi majlislar zalida o’quv-seminari o’tkazildi. O’quvda 80 nafar rahbarlar ishtirok etishdi. O’quv seminarida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining mehnatni muhofaza qilish bo’limi boshlig’i B.Ismatov, birlashmaning yuristi Sh.Umaralieva, Viloyat mehnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi mehnat sharoitlari bo’yicha ...

26/03/2015
“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin”
  O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2015 yili 15/7o-sonli Rayosat qarorining bajarilishini ta'minlash hamda “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturiga asosan joriy yilning 10-14 mart kunlari “Hyech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” shiori ostida Farg‘ona viloyatining ta'lim tizimida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylarning 44 nafari “Kasaba sayr” tashkiloti orqali respublikamizning tarixiy va muqaddas joylari bo‘lmish Toshkent-Buxoro-Samarkand shaharlariga sayyohatga yuborildi. Sayohatga tashkil etilishidan oldin qo‘hna Qo‘qon shahrining Xudoyorxon o‘rdasiga ekskursiya tashkil etildi hamda Qo‘qon shahrida olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildilar.      

20/03/2015
“Navro‘z – qadr-qimmat, mehr-muruvvat va an’analar timsoli”
  Uzoq yillar ta'lim tizimida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada qariyalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar va muassasa, tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan sharafli kasb egalari - pedagog-o‘qituvchilar o‘rtasida Navro‘z - umumhalq bayramini keng nishonlash, “Keksalarni e'zozlash yili” dastur tadbirlaridan kelib chiqib ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish borasida mamlakatimiz bo‘ylab bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uchtepa tuman kengashi va 4-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda 2015 yil 19 mart kuni 4-maktabda soat 11.00 da “Navro‘z - qadr-qimmat, mehr-muruvvat va an'analar timsoli” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ...

12/03/2015
“Istiqlol g’uncнalari” ko’rik-tanlovi o’tkazildi
  Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari va Xalq ta’limi vazirliklari, O’zbekiston Yozuvchilar, Bastakorlar uyushmalari, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda O’zbekiston Milliy axborot agentligining qo’shma qarorlari bilan tasdiqlangan “Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma’naviy barkamol insonlar bo’lib voyaga etishiga xizmat qiladigan bolalar qo’shiqlari, she’rlari va kuylarini yaratish bo’yicha respublika ijodiy tanlovi” Nizomiga asosan Respublika ijodiy ko’rik-tanlovining shahar-tuman bosqichlari o’tkazilmoqda. Yaqinda Guliston shahridagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan tanlovda shahardagi 16 ta umumta’lim maktablarining 5-7 sinf o’quvchilaridan 30 nafari ishtirok etdi. Tanlov hakamlari - Guliston shahridagi Bolalar musiqa ...

12/03/2015
Ayollarni qadrlangan diyor
  Farg‘ona viloyati Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashlari tomonidan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tizimda samarali mehnat qilayotgan hamda oilalar mustahkamligini ta'minlashda o‘z xissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlar rag‘batlantirildi hamda ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Sport go‘zallik timsoli” sport musobaqalari va ma'naviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan: Viloyat miqyosida Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarining o‘quvchilari o‘rtasida voyaga yetmagan kizlar o‘rtasida bitta ham erta tug‘ruk holatga yo‘l qo‘ymaslik, erta turmush kurishni oldini olish maqsadida 5 mart kuni “Orasta kizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Toshloq tumani ta'lim muassasalarida ishlab xozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ayollar, kasaba uyushmasi ...

10/03/2015
Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyalar
  O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2014 yil 12 noyabrdagi 13/8 Rayosat qaroriga hamda tarmoqning Ustaviga asosan tarmoq tizimidagi tashkilotlarda xisobot -saylovlari har 5 yilda bir marta o‘tkazilishi, kasaba uyushmasi organlari 5 yil muddatga saylanishi belgilab quyilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning fevral-aprel oylarida kasaba uyushma tashkilotchilari, sex kasaba uyushma qo‘mitalari, boshlang‘ich tashkilotlarning kasaba uyushmasi qo‘mitalarida xisobot-saylovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 25 fevral kuni Farg‘ona politexnika instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitalarida, 26 fevral kuni Farg‘ona davlat universiteti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitalarida konferetsiyalar o‘tkazildi. Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining Konferensiyalarida O‘zbekiston ta'lim, fan va ...

09/03/2015
“Ayoli qadrlangan diyor”
  Jizzah viloyati Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi rayosatining 2015-yil 20-fevraldagi №12-9 “s” - sonli Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman kasaba uyushmalari tashkilotlarida “Ayoli qadrlangan diyor” mavzusida tadbirlarni o’tkazish” to’g’risidagi qarori qabul qilinib, tegishli vazifalar belgilandi. Xotin-qizlar kuni bayramini tumandagi tashkilotlar va muassasalarda keng nishonlash borasida tuman kengashi va boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlari bilan hamkorlikda qator tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilib amalga oshirilmoqda. Barcha sohada bo`lgani kabi kasaba uyushmasida ham xotin-qizlar samarali faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Forish tuman Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan 2015-yil 6-mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan “Ayoli qadrlangan diyor” ...

09/03/2015
8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni
  O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining barcha boshlang‘ich tashkilotlarida bayram tadbirlari keng nishonlamoqda. 2015 yil 5 mart kuni 8-mart xotin qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent shahar Uchtepa tuman 28-son Bolalar musiqa va san'at maktabi kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Ayoli qadrlangan diyor” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda musiqa va san'at maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari faol qatnashib tashrif buyurgan ayollar uchun konsert dasturini xavola qilishdi. Tadbirda so‘z olgan faxriy ustozlar ayollarga qilingan bunday etibor uchun musiqa va san'at maktab ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan bayram so‘ngida uzoq yillar ta'lim berib ...

06/03/2015
Fizika- Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotida xisobot – saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi tarkibidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida xisobot-saylov yig‘ilishlari va konferensiyalar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 6 mart kuni Fizika- Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotida xisobot - saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abduvoxob Karimov o‘tgan 2010-2015 yilning fevral oyi davr mobaynida birlashma kasaba uyushmasi, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida, taftish komissiyasi raisi Qobulov Rustam esa 2010-2014 yilning shu davrigacha kasaba uyushmasi tomonidan kasaba uyushma byudjeti mablag‘larini sarflanishi yuzasidan qilingan sarf-xarajatlar hamda olib borilgan xayrli ishlar to‘g‘risida, shuningdek boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida yechimini ...

02/03/2015
“Sport-salomatlik garovi” respublika spartakiadasining Uchtepa tuman bosqichi
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 9 yanvardagi “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida respublika spartakiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 20-65 “s”-sonli qaroriga muvofiq, Uchtepa tumani 287-umumta'lim maktabi sport bazasida tarmoqlararo (ta'lim, fan va madaniyat, iste'mol tovarlari, savdo xizmati, agrosanoat, davlat muassasalari va jamoat xizmati, sog‘likni saqlash xodimlari) korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida respublika spartakiadasining Uchtepa tuman bosqichi 2015 yil 13 fevral kuni o‘tkazildi. Spartakidada Nizom asosida shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton, suzish turlari bo‘yicha ayollar va erkaklar hamda voleybol bo‘yicha ayollar jamoalari bellashishdi. Ishtirokchilar quyidagicha o‘rinlarni egalladilar:   Shaxmat (Ayollar)     1-o‘rin  Xoloshina T.    194-maktab     2-o‘rin   Karamatova D.  287-maktab 3-o‘rin     Abdujabborova A. 297-maktab              ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar