Yangiliklar

25/02/2015
“Sport-salomatlik garovi” spartakiadaning Forish tumani tuman bosqichi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tumani kengashining 2015-yil 16-yanvardagi 12-3 “s” sonli qaroriga asosan tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va sportning ommaviy turlariga keng jalb etish orqali mehnatkashlar salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida spartakiadaning tuman bosqichi Forish tumani, Forish qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 12-umumta'lim maktabi sport bazasida bo‘lib o‘tdi. Spartakiada sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘tkazilib, unda 176 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etishdi. Musobaqada 1, 5, 12, 15, 16, 18, 33, 55, 59-umumta'lim maktablari, 18-son ...

25/02/2015
Jizzax Politexnika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi haqida
  Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar Jizzax politexnika institutida ham o‘z ko‘lamini ko‘rsatmoqda. Respublikadmizda keksalar, ayollar va yoshlarga berilayotgan e'tibor, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish sohasida olib borilayotgan ishlar bugungi kunda kengayib bormoqda. Ta'kidlash lozimki, bugunga kelib institutning jamoa shartnomasi avvalgilardan tubdan farq qila boshladi, unga keksalar, yoshlar va ayollar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan alohida bo‘limlar, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga amal qilinishini ta'minlashga qaratilgan bandlar kiritildi. Amaldagi jamoa shartnomasi shartlarining bajarilishi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan har oyda monitoring qilib borilmoqda.. Korxonaga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlar jamoa shartnomasi va unda ko‘zda tutilgan ...

25/02/2015
“Keksalarni e’zozlash yili”
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 2015 yildagi ustuvor yunalishlari asosida “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturining hayotga tadbiq etish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘allaorol tuman kengashi o‘zining ish rejasi asosida xalq ta'limida mehnati singan hozirgi paytda qarilik gashtini surayotgan nafaqadagi kasalmand nogiron va yolg‘iz qariyalarni aniqlab chiqib, yil davomida ularning holidan xabar olish ta'lim muassasasi rahbarlari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmlqda.        

24/02/2015
Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining VII konferetsiyasi o‘tkazildi
  2015-yil 24 fevral kuni institut madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti VII konferetsiyasida asosiy masala qilib, Jizzax davlat pedagogika instituti ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2012-2014 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi va 2015 -2017 yillar uchun yangitdan tuzilgan Jamoa shartnomasi loyihasi muhokomasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mas'ul xodimi Sardor Salaxutdinov va kengashning Jizzax viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Baxrullo Kodirovlar ishtirok etishdi. Bu konferensiya ishida belgilangan me'yorga muvofiq institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalardan saylangan 80 nafar delegat qatnashdi. Konferensiya kun tartibiga asosan Jizzax ...

24/02/2015
Fahriylarimiz “Chimyon” pansionatida
  Respublikamizda joriy yilda keksa avlod vakillariga e'tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda kasaba uyushmasining 10% byudjeti xisobidan ta'lim tizimida uzoq yillar fidoiylik qilib ishlagan 100 nafar mehnat fahriylarimizni “Chimyon” pansionatiga sog‘liklarini tiklash maqsadida 2015 yilning 23 fevral kuni dam olishga yuborildi. Sihatgoxda ular uchun barcha sharoitlar yaratilib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda madaniy tadbirlar rejasi tuzildi.      

24/02/2015
“Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasi Olot tuman bo‘limi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Olot tuman Kengashi, tumandagi 20-bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida aholining keksa vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, sportning ommaviy turlariga qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan 2015 yil 21 fevral kuni 15-bolalar musiqa va san'at maktabida mehnat faxriylari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda 30 nafardan ortiq ta'lim sohasida xizmat qilgan, 60 yoshdan oshgan ustoz-murabbiylar ishtirok etishdi. Musobaqaning qizg‘in va bahs-munozaraga boy o‘tishi otaxonlarning sportga bo‘lgan ishtiyoqi ...

23/02/2015
Karmana tumanida soha-xodimlari o‘rtasida gimnastrada musoboqalari o‘tkazildi
  2015 yilning 20 fevral kuni tumandagi gimnastika maktabida Karmana tuman soha-xodimlari o‘rtasida gimnastrada musoboqalari o‘tkazildi. Unda tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalaridan jamoalari ishtirok etishdi. Jamoalar o‘zlarining o‘zbekona milliy raqslari bilan hammaga quvnoq kayfiyat ulashdilar. I-o‘rinni 2-maktab jamoasi, II-o‘rinni 3-maktab jamoasi, III-o‘rinni 10-maktab jamoalari egallashdi hamda g‘olib jamoalar tuman kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.              

21/02/2015
“Ogahiy” nomli Xorazm viloyat musiqali drama teatri boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi to‘g‘risida
  “Ogahiy” nomli Xorazm viloyat musiqali drama teatri boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi 2015 yil 20 fevral kuni  drama teatri zalida o‘tkazildi. Hisobot saylov yig‘ilishida 113 nafar kasaba uyushma a'zolaridan 97 nafari qatnashdi, 16 nafari uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmadi. Shuningdek, hisobot saylov yig‘ilishida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis M.Xuddiyev, Respublika kengshining Xorazm viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi M.Raximova, Urganch shahar kasaba uyushma kengashi raisi S. Berdiyevalar ishtirok qildi. Yig‘ilishni teatr direktori o‘rinbosari A.Avezov olib bordi. Yig‘ilishni tartibli olib borish uchun 5 kishidan iborat ishchi guruhi tasdiqlandi. Hisobot yig‘ilish kun tartibidagi birinchi ...

18/02/2015
“Sport-salomatlik garovi” spartakiadasining II bosqichi yakunlandi
  Sirdaryo viloyatida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari tomonidan o’tkazilayotgan “Sport–salomatlik garovi” Respublika spartakiadasining II bosqichi yakunlandi. Guliston shaxridagi “Alpomish” sport majmuasida o’tkazilgan sport musobaqalarida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari Guliston shahar кengashi tizimidagi korxona, tashkilotlar hamda o’quv muassasalari boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining g’olib jamoalari spartakiadaning viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritish maqsadida qizg’in kurash olib bordilar.Sportning 5-turi bo’yicha o’tgan qizg’in bellashuvlarda Guliston shahridagi 15-umumta’lim maktabi jamoasining qo’li baland keldi. Ushbu maktabning o’qituvchilari voleybol hamda shashka bo’yicha hech kimga imkoniyat qoldirmadilar, sportning boshqa turlaridan faxrli 2 va 3 o’rinlarni egalladilar va musobaqa g’olibiga aylandilar.   Umumjamoa hisobida shahardagi 10-umumta’lim ...

18/02/2015
Toshkent pedagogika kollejida xisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi
  O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarkibidagi barcha boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida xisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 18 fevral kuni Toshkent pedagogika kolleji kasaba uyushma qo‘mitasining xisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi Kamalova Muxabbat Radjabovna 2010-2015 yillar mobaynida kollej kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-ma'rifiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida olib borilgan ishlari xususida ko‘rgazmali ma'ruza qildi. Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi saylandi. Yig‘ilishdan so‘ng birinchi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi hamda tashkilot kasaba uyushma raisi va rais o‘rinbosari saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar