Yangiliklar

15/01/2015
O‘zbekiston Respublikasi Quroli kuchlarining 23 yilligi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Samarqand shahar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Quroli kuchlarining 23 yilligi munosobati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Samarqand harbiy qurilish yo‘nalishidagi akademik litseyda Vatan himoyachilar kuniga bag‘ishlangan bayram tantanali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litsey talabalari, Quroli Kuchlar fahriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtiroq etdilar. Bayram tadbirda shahar kasaba uyushma kengashi va akademik litsey ma'muriyati tomonidan bir guruh xarbiylar, murabbiylar va litsey talabalariga fahriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tantanali marosimdan so‘ng akademik litsey talabalari ishtiroqida konsert dasturi namoyish etildi.  

15/01/2015
14 yanvar Vatan himoyachilari kuni
  14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Chirchiq shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamda Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashining qo‘shma tadbiriga asosan, barcha ta'lim muassasalarida Chirchiq shahar harbiy qurolli kuchlari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Chirchiq Oliy tank muxandislik bilim yurti ofitseri va kursantlari ishtirokidagi davra uchrashuvi va o‘quvchilar uchun o‘tkazilgan Jasorat darslari katta ta'surot qoldirdi.

15/01/2015
Vatan himoyasi- muqaddas burch
  Buxoro muhandislik-texnologiya institutida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi ma'naviyat bo‘limi, Kamolot YOIH institut tashkiloti hamkorligida 2015 yil 13 yanvar kuni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab tantanali yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, 28803 harbiy qism vakillali kapitan Z.Mamajonov, Sh.Quvondiqov, iqtidorli talabalar va baynalminnal jangchilar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqgan institut rektori professor U.Muhammedxanov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Ochilov, harbiy qism ma'naviyat ishlari buyicha komandir o‘rinbosari Z.Mamajonov Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga “Vatan ximoyachilari kuni”bayram tabrigi haqida, yurtimiz osoyishtaligi va tinchligi yo‘lida harbiylarimizning tutgan o‘rni to‘g‘risida ma'ruzalar bilan chiqish qildilar. Tadbir davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 5 nafar jamoadagi afg‘on urushi ishtirokchilariga 200 000 ...

14/01/2015
“Sport-sog‘lik garovi”
 Buxoro muhandislik-texnologiya institutida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar o‘rtasida 2015 yil 5 yanvardan 10 yanvarga kadar sportning mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, basketbol va voleybol turlari bo‘yicha institut birinchiligi sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan jamoalar sportning ushbu turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, eng mohir o‘yinchilar saralandi va institut terma jamoasi shakllantirildi. Bir hafta davom etgan musobaqa davomida barcha sportchilar va tomoshabinlar bayramona kayfiyat bilan ko‘tarinki ruxda faol ishtirok etib, kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotining jamoada olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy va sport sog‘lomlashtirish ishlaridan mamnun ekanliklarini ...

14/01/2015
Vatan himoyachilari kuni
 Farg‘ona viloyatida Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, Vatan himoyasini ta'minlashdek muqaddas burch, mamlakatimizdagi tinch va osuda hayot qadrining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish maqsadida joylarda 14 yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” mavzusida qatta ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar keng nishonlandi. Chegara hududlaridagi xarbiy kisimlarining askar zobitlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi, ta'lim muassasalarida targ‘ibot yig‘ilishlari davra so‘xbatlari o‘tkazildi.       

07/01/2015
Mehnat muhofazasi masalasida o‘tkazilgan seminar
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2014 yil 12 noyabrdagi “Ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklarini olidni olish bo‘yicha kasaba uyushma tashkilotlarining olib borayotgan ishlari to‘g‘risida”gi 13/6-sonli Rayosat qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, tuman va shahar kengashlari tomonidan Rayosat yig‘ilishlari o‘tkazildi va ushbu masala yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Marg‘ilon shahridagi 21-umumta'lim maktabi va O‘zbekiston tumanidagi 28-umumta'lim maktabida qozonxona portlashi natijasida yuz bergan ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar seminar orqali to‘liq tahlil qilindi. Mazkur seminarda ish beruvchilar va boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mitasi raislari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi M.Egamov ishtirok ...

07/01/2015
“Askar onalarini sharflaymiz”
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Navoiy shahar kengashi tomonidan 2015 yil 7-yanvar kuni Navoiy shahar hokimligi, Navoiy shahar madaniyat va sport ishlar bulimi bilan hamkorlikda o‘tkazgan “Askar onalarini sharflaymiz” deb nomlangan tadbirda bo‘lib o‘tdi va unda jami 170 nafar kishi ishtirok etdi. Tadbirda konsert dasturi tashkil qilindi va Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Navoiy shahar kengashi tomonidan jami 30 dona har biri 27,0 ming so‘mdan bo‘lgan jami 810,0 ming so‘mlik sovg‘alar tarqatildi.        

31/12/2014
Bolajonlar kasaba uyushmasi e’tiborida
Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan Yangi yil arafasida kam ta'minlangan tarmoq xodimlari farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 20 nafar o‘quvchilarga, 12 nafar nogiron bolalarga o‘quv qurollari tarqatildi, 15-musiqa va san'at maktabida 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Ertak qahramonlari qorbobo va qorqizning chiqishlari hamda musiqa va san'at maktabi o‘quvchilarining, shuningdek, Barkamol avlob markazi to‘garak ishtirokchilarining konsert dasturlari bolalarga quvonch baxsh etdi. Tadbir so‘ngida bolajonlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.  

30/12/2014
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yil sovg‘alari topshirildi
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashi 14 mehribonlik uyi ma'muriyati bilan hamkorlikda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil archa bayrami tadbirini tashkillashtirdi va o‘tkazdi. Chirchiq shahar kasaba uyushma kengashi tomonidan 98 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yil sovg‘alari topshirildi.        

29/12/2014
Кasaba uyushmalari – bolalarga
  Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyida 206 nafar bolalar tarbiyalanadilar. Qishki ta'til kunlarida mazkur muassasada “Kasaba uyushmalari - bolalarga” aksiyasi doirasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yangi yil bilan muborakbod etildi va kasaba uyushmalari doimo bolalarga e'tibor berishlarini alohida ta'kidlab o‘tildi. San'atkorlarning va bolajonlarning badiiy chiqishlari bayramga o‘zgacha fayz kiritdi. Tadbir so‘ngida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘ka tuman kengashi tomonidan bolajonlarga yangi yil sovg‘alarini ulashishdi. Tadbir so‘ngida mexribonlik uyining madxiyasini ijro etildi.         

Izlash

 

So`ngi e`lonlar