Yangiliklar

23/08/2014
“Istiqlol imkoniyatlari-ta’lim, fan va madaniyat tizimida erishilgan yutuqlar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi
Mamlakatimiz Mustaqillik yillarida barcha sohalarda barqaror sur'atlar bilan rivojlanib, qo‘lga kiritilgan ulkan natijalar butun dunyo tomonidan tan olindi. Biz tanlagan taraqqiyot yo‘lining har tomonlama to‘g‘ri va hayotiy yo‘l ekanini hamda yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida erishilgan yutuqlarning ahamiyatini mehnatkashlar orasida keng targ‘ib etish, ularning qadr-qimmatini chuqur anglash bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan faoliyatimizning asosiy ma'no-mazmunini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramining 23 yilligini munosib kutib olish va o‘tkazishda tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida faol ishtirok etish, istiqlol sharofati bilan ta'lim, fan va madaniyat tizimida erishilgan yutuqlarni yana bir bor e'tirof etish maqsadida joriy yilning ...

12/08/2014
“Sog‘lom bola-yurt kelajagi”
Ta'lim, fan va madaniyat xodilari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi tadbirlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi munosabati “Sog‘lom bola-yurt kelajagi” shiori ostida quvnok startlar musobaqasi o‘tkazildi. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi chora-tadbirlari asosida xamda O‘zbekiston Respublikasi Mustakilligining 23 yilligi munosabati bilan xodimlar va ularning farzandlari o‘rtasida Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida “Sog‘lom bola-yurt kelajagi” shiori ostida kuvnok startlar musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasida shahar kengashi tarkibidagi maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari va ularning farzandlari ishtirok etdilar. Musobaqaning ...

11/08/2014
“Sog‘lom bola yili” davlat dasturi shiori ostidagi sayyohat
“Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga asosan Farg‘ona viloyatining 40 nafar “Mexribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan pedagog xodimlar farzandlari uchun 2014 yilning 9-10 avgust kunlari kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan Andijon shaxriga 2 kunlik sayyohatlari tashkil qilindi.  

18/07/2014
Oilaviy sport musobaqalari
Sirdaryo viloyatida 2014 - “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan “Sog‘lom oila” shiori ostida mehnatkashlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a'zolarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida oilaviy sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shaxar kengashi  tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlarda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida 2014 yil 17 iyul kuni tashkiliy ko‘mita tomonidan “Alpomish” sport majmuasida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan oilaviy sport jamoalari o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalarining II-shaxar bosqichi o‘tkazildi. Oilaviy sport musobaqalari natijasiga ko‘ra Guliston shahar 15-umumta'lim maktabidan Shayjigitovlar oilasi (ota-Shayjigitov ...

18/07/2014
“Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalari
Sirdaryo viloyatining ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oqoltin tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlarda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida 2014 yil 15 iyul kuni tashkiliy ko‘mita tomonidan  tuman markazidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingoxida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan oilaviy sport jamoalari  o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalarining II-tuman bosqichi  o‘tkazildi. Tuman bosqichida 24 ta oilaviy jamoalar ishtirok etdi. Oilaviy sport musobaqalari natijasiga ko‘ra 8-12 yoshgacha o‘g‘il boladan iborat bo‘lgan oilaviy jamoalardan 17-maktabning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi boshlang‘ich kasaba uyushma qumitasi raisi Xodjabekov Azamat oilasi birinchi o‘rinni, 8-12 yoshgacha qiz  boladan iborat bo‘lgan oilaviy jamoalardan 14-maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Samarov Qaxxor ...

17/07/2014
“Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi yakunlari
Joriy yilning 16 iyul kuni mazkur tanlovning Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan, innovatsion-texnik g‘oyalarni ilgari surib kelayotgan, 8 nafar yosh mutaxassislar bellashdilar. Tanlov shartlari ham yoshlarning bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda yosh ilm-fan tadqiqotchilari faoliyatlarini yanada samaradorligini oshirishga qaratilgan uslub va tajribalarini sinovdan o‘tkazdi. Xususan, yosh tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy muassasalaridan malaka oshirganligi, yangi ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalari, ilmiy natijalar va fanga doir natijalarini yorituvchi original monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va chet elda va respublikamizda nashr qilingan ilmiy-ommabop maqolalar, xalqaro va maxalliy konferensiyalardagi ishtiroki, xalqaro va maxalliy davlat ...

09/07/2014
“Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” tanlovi yakunlari
Joriy yilning 8 iyul kuni mazkur tanlovning navbatdagi nominatsiyasi - “Yilning eng faol o‘qituvchisi” yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda pedagogika sohasida faoliyat yuritib, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surib kelayotgan, 14 nafar yosh mutaxassislar bellashdilar. Mazkur tanlov shunisi bilan ahamiyatliki, eng quyi bo‘g‘inlarda tashkil etilgan 3ta bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, chekka qishloq va tumanlarda ta'lim sifatini oshirish yo‘nalishlarida izlanishlar olib borayotgan yoshlar aniqlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Tanlov shartlari ham yoshlarning bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda yosh avlod kamoloti, ularning samarali bilim olishlari sifatini oshirishga qaratilgan uslub va tajribalarini sinovdan o‘tkazdi. Xususan, “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sifatini oshirishda strategik ...

24/06/2014
“Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2014-“Sog‘lom bola yili” munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuviga muvofiq, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovning hududiy bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazildi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Joriy yilning 23 iyun kuni “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi, unda 14 nafar tanlov ...

16/06/2014
“Salomatlik” spartakiadasi
Qashqadaryo viloyatida 2014 yil “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Muborak tuman kengashi tomonidan tashkilotlar va muassasalarda mehnat qilayotgan pedagog-xodimlarni sog‘lomlashtirish va ularni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini olib borishni targ‘ib etish maqsadida 2014 yilning 7 iyun kuni Muborak shahridagi “Mash'al” o‘yingohida sportning qo‘yidagi: shaxmat, shashka, tosh ko‘tarish, ARM sporti, arqon tortish va voleybol turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. “Spartakiada”da 35-ta jamoa vakillari ishtirok etishib, unda jami bo‘lib, 297-nafar erkak va ayol sportchi xodimlar ishtirok etishdi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Musobaqa shartlariga ko‘ra sportning ...

29/05/2014
Biz yetuk mutaxassis bo‘lamiz!
“Bola boshidan” deydi dono xalqimiz. Jajji murg‘ak qalblarga ezgulik urug‘ini sochish, ularni sog‘lom, barkamol, yetuk inson etib tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Bolalarni chin yurakdan sevgan, ularning tilini bilgan odamgina haqiqiy “Bog‘cha opa” bo‘la oladi. Buxoro viloyatida mana shunday oliyjanob kasbni tanlagan yosh mutaxassislar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov tuman, shahar bosqichlari g‘oliblari - 13 nafar yosh tarbiyachilar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Malakali mutaxassislar, tajribali tarbiyachilardan iborat tanlov hakamlari ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan mashg‘ulotlarga baho berishdi. Test sinovlari, “Maktabgacha ta'lim sifatini oshirishda strategik rejalarim” mavzuidagi taqdimot, “O‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida savol - javob, turli ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar