Yangiliklar

29/05/2014
Ustozlarga olqishlar yarashadi.
Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan “O‘z kasbining mohir egalari ” tanlovi o‘quv yili tugab, yil yakunlari sarhisob etilayotgan paytda e'lon qilinganligi ayni muddao bo‘ldi. Tumandagi barcha muassasalarida tanlovning 1-bosqichi yakunlandi. Tanlangan 78 nafar nomzodlar keyingi tuman bosqichiga tavsiya etildi. Tanlov komissiyasi a'zolari tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari o‘rganilib, G‘ijduvon tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati direktori, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, II darajali “Sog‘lom avlod” ordeni sohibi Said Rahmonov, 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati o‘qituvchisi Yorqin Turobov, 5-o‘rta umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Tursunoy Ravshanova g‘olib deb e'tirof etildi. Joriy yilning 22 may kuni 1-umumta'lim maktabida “O‘z kasbining mohir egalari” ...

23/05/2014
“Yilning eng faol yosh mutaxassisi”
2014 yil 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi, “Mirishkor mash'ali” gazetasi tahririyati hamkorligida o‘tkazildi. Unda tumandagi jami 35 nafar yosh mutaxassislar  ishtirok etdi. Tanlov tasdiqlangan Nizom va baholash mezonlari asosida tashkil etildi. Tanlovning “Eng faol yosh O‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘rinni 21-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Xidirova Yulduz; 2-o‘rinni Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining tarix fani o‘qituvchisi Baratov Alisher; 3 o‘rinni 2-umumta'lim maktabining O‘zbek tili  va adabiyoti fani o‘qituvchisi Ochilova Ra'nolar egalladilar. “Eng faol yosh Tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa 11-maktabgacha ...

23/05/2014
“O‘z kasbining moxir egalari” tanlovining 1-bosqichi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan tashkil etilgan “O‘z kasbining moxir egalari” tanlovi Sirdaryo viloyatida ham tegishli Nizom asosida o‘tkazilmoqda. Tanlov muvaffaqiyati 1-bosqichning risoladagiday o‘tishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Buni yaxshi xis etgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari tanlov g‘oliblarini aniqlashga adolat mezonlari asosida yondashmoqda. Birinchi bosqichning mas'uliyati yana shundaki, tanlov Nizomga asosan mazkur bosqichda barcha korxona va muassasalarda komissiyalar tuzilib ular muayyan bir sohada ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan, tajribali mutaxassislarni tanlamoqda. 1maydan -25 maygacha davom etadigan mazkur bosqich Sirdaryo viloyati Guliston shaxridagi San'at kollejida ham bo‘lib o‘tdi. Komissiyaning xulosalariga ko‘ra “O‘z kasbining mohir egalari” tanloviga xalq cholg‘u orkestri ...

21/05/2014
“O‘z kasbining mohir egalari”
Sirdaryo viloyati ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari tuman, shahar kengashlari tasarrufidagi tashkilotlarda may oyida komissiya tomonidan “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovining 1-bosqich goliblarini taqdirlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar faoliyati o‘rganilmoqda. Jumladan, “O‘z kasbining mohir egalari”ni saralashning 1-bosqichi Boyovut tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda maktabning metamatika fani o‘qituvchisi Raxmatullo O‘rozov munosib nomzod qilib ko‘rsatildi. Nomzodlar xujjatlari keyingi bosqichda ishtirok etishi uchun tuman kengashiga yuborildi.      

10/05/2014
Urganch tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik-tanlov haqida
2014 yil 26 aprel kuni Urganch tuman kengashi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan yosh tarbiyachilar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi qo‘shma qaror va tanlov Nizomi asosida ishtirokchilarning hujjatlari qabul qilindi. Tanlovda tumandagi 20ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 19ta muassasadan 19 nafar ishtirokchi qatnashdilar va o‘zaro belgilangan shartlar bo‘yicha bellashdilar. Tanlovni o‘tkazish va ishtirokchilarni baholash uchun hakamlar hay'ati tuzildi. Ko‘rik-tanlov tumandagi 9-son MTMda o‘tkazildi. Quyidagi tarkibda hakamlar hay'ati tuzildi : 1. Z.Adamova - TXTMFMTTEB uslubchisi, hay'at raisi; 2. M.Madaminova - Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi, hay'at a'zosi; 3. M.Ortikova - 15-sonli MTM mudirasi, hay'at a'zosi; 4. M.Ollaberganova - ...

08/05/2014
Urganch tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi haqida
2014 yil 25 aprel kuni Urganch tuman kengashi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarida mehnat qilayotgan yosh o‘qituvchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi qo‘shma qaror va tanlov Nizomi barcha maktabgacha ta'lim muassasalariga berildi. Berilgan Nizom asosida ishtirokchilarning hujjatlari qabul qilindi. Tanlovda tumandagi 5ta kasb-hunar kollejlarida mehnat qilayotgan yosh o‘qituvchilardan 4 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar Nizom asosida belgilangan shartlar bo‘yicha bellashdilar. Tanlovni o‘tkazish va ishtirokchilarni baholash uchun hakamlar hay'ati tuzildi. Ko‘rik-tanlov tumandagi sanoat transport kasb-hunar kollejida o‘tkazildi. Quyidagi tarkibda hakamlar hay'ati tuzildi: 1. Madrimova Roxatoy - Urganch tuman G‘oybu qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, hakamlar hay'ati raisi; 2. Matniyozova Sayyora - Urganch tuman sanoat transport kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari ...

07/05/2014
Xorazm viloyatining Yangiariq tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol yosh o‘qituvchi” va “Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik tanlovlari haqida
Xorazm viloyatining Yangiariq tumani tomonidan qo‘shma qaror asosida tuman kasaba uyushma kengashi tasarrufida bo‘lgan Sanoat iqtisodiyot kasb-hunar kolleji va Agrobiznes va servis kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari ishtirokida “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik tanlovi 2014 yil 28 aprel kuni o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari tashkiliy ko‘mita a'zolari tomonidan o‘rganilil, tanlov ishtirokchilarining ishlari Nizom asosida  baxolandi. Tanlovda tumandagi Sanoat iqtisod kasb-hunar kollejining til adabiyot fani o‘qituvchichi Sultonova Shohida g‘olib deb topildi. Shuningdek, 2014 yil 30 aprel kuni tuman kasaba uyushma kengashi tasarrufida bo‘lgan maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida “Eng faol yosh tarbiyachi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari “Eng faol yosh tarbiyachi” Nizomi asosida tashkiliy qo‘mita a'zolari tomonidan o‘rganilib tahlil qilindi. Tanlovda ...

29/04/2014
G‘uzor tumanida o‘tkazilgan “Eng faol yosh o‘qituvchi” va “Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi yakunlari xaqida
Qashqadaryo viloyatida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman kengashi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2014 yilning 24 aprel kuni “Eng faol yosh o‘qituvchi” va “Eng yosh faol tarbiyachi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi tumandagi 34-umumta'lim maktabida o‘tkazildi. Ko‘rik tanlov G‘uzor tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma G‘uzor tuman kengashi rayosati hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati tuman kengashining qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan tanlovni o‘tkazish ishchi guruhi, hakamlar hay'ati tarkibi, Nizom asosida tashkil etildi. “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida 25 nafar yosh mutaxassislar, “Eng yosh faol ...

28/04/2014
Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan tanlov haqida
Qashqadaryo viloyatining Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qamashi tuman kengashi hamda Qamashi tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda 2014 yil 22 aprel kuni “Eng faol yosh O‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha pedagog-xodimlar o‘rtasida Qamashi pedagogika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida va “Eng faol yosh Tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida 7-sonli “Guldasta” MTMda tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlovga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri A.Rasulov ishtirok etdi. “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi Namunaviy nizomga asoslanib o‘tkazildi. Mazkur Nizomga muvofiq Qamashi tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi ...

25/04/2014
Tanlovining II-tuman, shahar bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda
​O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati tuman, shaxar kengashlari tomonidan viloyat o‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi boshqarmasi bilan xamkorlikda “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” tanlovining II-tuman, shaxar bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. 2014 yil 25 aprel kuni Guliston shaxridagi 2-Pedagogika kollejida birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8 nafar “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari o‘rtasida shaxar bosiqichi o‘tkazildi. Xakamlar xay'ati tomonidan “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Guliston shaxar 2-Pedagogika Kolleji o‘qituvchisi Xasanova Shaxlo 1-o‘rinni, Guliston shaxar 2-Akademik litseyi o‘qituvchisi Mashrapova Shaxnoza 2-o‘rinni, Guliston shaxar maktabgacha ta'lim va xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kolleji o‘qituvchisi Shermatov Zoxid 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar

1«4142434445»4848