Yangiliklar

26/03/2014
Ko‘hna va navqiron Samarqandga sayohat!
Joriy yilning 23 mart kuni 48 nafar madaniyat va ta'lim tizimi xodimlarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida sayyohlarimiz katta tassurotlarga ega bo‘ldi. “Afrosiyob” poyezdining shiddat bilan yurib borishi tadbir ishtirokchilari qalbini quvonchga to‘ldirdi. 21 mart “Navro‘z” ayyomi munosabati bilan Samarqand shahrining shinamgina kafesida tarmoq xodimlari uchun bayramona dasturxon tuzaldi.         

14/03/2014
“Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida”
2014 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi O‘rtachirchiq tuman kengashining tashabbusi bilan tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamkorligida “Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish borasidagi vazifalar va korxona, tashkilotlarda mehnat munosabatlari to‘g‘risida”, “Mehnat qonunchiligi-jamoatchilik nazoratida” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. O‘quv seminarida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining yuriskonsulti Muxamedaliyeva Dilbar Abduraxmanovna, Markaziy kengashning Toshkent viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Gulchehra Ergashevna Xolmuradovalar ishtirok etishdi. O‘quv seminarida tumandagi barcha ta'lim muassasalari rahbarlari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda kadrlar bo‘limi rahbarlari qatnashdilar. O‘quv seminarda ...

14/03/2014
Bahoriy kayfiyat ila ziyorat
O‘lkamizda bahor nafasi urib turibdi. Bahor faslining sayohatlari insonga o‘zgacha kayfiyat baxsh etadi. Kasaba uyushma tashkilotlarida turizmni rivojlantirish maqsadida ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan 2014 yilga mo‘ljallangan reja ishlab chiqildi. Rejada yil davomida tarmoq xodimlari, ularning oila a'zolari, ayniqsa yoshlarni respublikamizning tarixiy shaharlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bilan tanishtirish maqsadida qator tadbirlar belgilangan. Bahorning birinchi kuni tumandagi ta'lim va madaniyat muassasalarida mehnat qilayotgan 40 nafar xotin-qizlar va ilg‘or pedagoglar uchun Buxoro viloyatining   “Yetti pir” ziyoratgohlariga kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan sayohat tashkil etildi. Ota-bobolarimiz hoki-poyi bo‘lgan qadamjolar bo‘ylab sayohat qilgan xodimlar ko‘nglida Vatanga muhabbat, tariximizga ...

07/03/2014
“Ayol borki olam munavvar”
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvida xodimlar, shu jumladan ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu tarmoq kelishuv ijrosini ta'minlash maqsadida 2014 yil 7 mart kuni soat 10-00da O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zalida ta'lim, fan, madaniyat va san'at sohasiga ulkan xissa qo‘shayotgan xotin-qizlar uchun “Ayol borki olam munavvar” mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri M.Mirzajonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Maxmadaliyev Baxtiyor Xasanovich, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari ...

07/03/2014
Buxoro viloyatida 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan otkazilgan turkum tadbirlar haqida
Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat tuman, shahar kengashlari, oliy o‘quv yurtlari kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida turkum tadbirlar tashkil etildi. Barcha ta'lim-tarbiya, madaniyat muassasalarida bayram munosabati bilan keng kulamli mazmunli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bayram munosabati bilan ta'lim, madaniyat muassasalarida ayolni, onani ulug‘lovchi ko‘rgazmalar tayyorlandi. Jamoa shartnomlari orqali tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga moddiy va ma'naviy ko‘mak berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Buxoro muhandislik texnologiya institutida 450 nafar xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida 25 mln. so‘m, Buxoro davlat universitetida 425 nafar xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida 70 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Tuman, shahar ...

07/03/2014
“Ayolni qadrlash-millatni qadrlash”
Talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi tasarrufidagi boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida 8 mart-xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Korxona, tashkilotlarda ishlovchi hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim oluvchi talaba qizlar orasida ularni hayotga va oilaga tayyorlash maqsadida “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” suhbatlar, uchrashuvlar, “Balli qizlar” mavzusida ko‘rik-tanlovlar tashkil qilindi. Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan faol xotin-qizlarni va mehnat faxriylarini bayram munosabati bilan 10 nafari moddiy rag‘batlantirildi. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi xodimlarni, ayniqsa kasaba uyushma a'zolarining aksariyat qismini tashkil qiluvchi ayollarni sportga keng jalb qilish, ular ...

04/03/2014
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xiva tuman kengashi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan XI Ayollar spartakidasi o‘tkazildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2014 yil 22 yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining yangi tahrirdagi jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu Konsepsiya barcha boshlang‘ich tashkilotlarga yetkazildi va Konsepsiyadan kelib chiqib, sportni ommaviyligini oshirish maqsadida va ayniqsa ayollarni salomatliklarini  mustaxkamlash, kasallikka chalinishlarini oldini olish xamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba  uyushmasi Xiva tuman kengashi, Xiva tuman hokimligi, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan kelishgan qo‘shma qaror qabul qilindi. Qo‘shma qaror asosida 2014 yil “Sog‘lom bola yili” ...

04/03/2014
G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbir
Boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushmalariga  samarali faoliyat yuritayotgan va sog‘lom, barkamol farzandlarni voyaga yetkazish, oilalar mustahkamligini ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularning oila va jamiyatdagi mavqyeini oshirish, namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘ladigan mehnat faxriylarini sharaflash, moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 20 fevraldagi “Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarda “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida turkum tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16-22”o” sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Joriy yilning 4-mart kuni G‘ijduvon shaxridagi 10-son musiqa va san'at maktabida “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida musiqali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 63 ...

02/03/2014
2014 yil-“Soglom bola yili”
Soha xodimlari va ularning farzandlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini kundalik turmush tarziga singdirish, turli sport o‘yinlari va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali ularning salomatliklarini tiklash hamda 2014 yil “Soglom bola yili” dastur tadbirlari va tuman kengashi ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosini ta'minlash maqsadida Xazorasp tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hay'ati hamda Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xazorasp tuman kengashi rayosatining 7 fevral 2-son, 9-6 “o” sonli qo‘shma qarorlari qabul qilindi. Dastlabki oilaviy musobaqalar hududlarda ...

01/03/2014
Xotin-qizlar sporti
Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan 2014 yil “Sog‘lom bola yili” va Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tarmoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ommaviy sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish  maqsadida joriy yilning 20-21 fevral kunlari umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada 36 ta jamoadan 210 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra 1-o‘rin 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasiga, 2-o‘rin 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasiga, 3-o‘rin Buxoro turizm kasb-hunar kolleji hamda 3-o‘rin Buxoro shahridagi 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoalariga nasib etdi. G‘olib jamoalar munosib ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar