Yangiliklar

19/09/2018
O‘zbekiston ahliga, barcha xodimlarga MUROJAATNOMA
Aziz vatandoshlar! Mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ta’minlash, majburiy mehnatni bartaraf etish real hayotiy haqiqatga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangan, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qo‘llash bilan qo‘rqitgan holda turli ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar ham belgilab berildi. Shunday ekan, bu jarayonda faol ishtirok etish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Muhtaram hamkasblar! Ammo uzoq yillar davomida shakllanib qolgan, paxta yig‘im-terim mavsumida   yanada yaqqol ko‘zga tashlanib qolayotgan, bu bilan xalqimizning sha’ni va davlatimizning nufuziga ...

19/09/2018
“Baxtiyorlar diyori” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart!” degan shior ostida “Baxtiyorlar diyori” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi tashkil etildi. Joriy yilning aprel-iyun oylari davomida tanlovning saralash va hududiy bosqichlari o‘tkazildi. Mustaqillik davri sharoitida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillariga keng targ‘ib qilish, o‘quvchi-yoshlarning ...

14/09/2018
Mohir kasb egalari – taraqqiyot poydevori.
   “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi xizmatidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida joriy yilning avgust oyida “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.     “O‘z kasbining mohir egalari”ni aniqlash jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilarning muayyan bir sohada ko‘p yillar mehnat qilgan tajribali mutaxassislar bo‘lganligi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelganligi, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari, yaratgan yangiliklari, yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatib, shogirdlar tayyorlaganligi, mehnat jamoasi orasidagi obro‘-e’tibori, jamoatchilik ishida faol ishtirok etayotganligi, mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ...

07/09/2018
“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
     Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori, professor B.Shoimqulov ochib berdi. Universitet rektori o‘z so‘zida xalqimizning azaliy orzusi, milliy o‘zligimizni teran his qilish, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lmish istiqlolning ahamiyati, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish, shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlab, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng ...

13/08/2018
Maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari e’tiborda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o'rtasida 2018-2020 yillarga mo'ljallangan tarmoq kelishuvi ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari o'rtasida tajriba almashishni tashkil etish, ularni rag'batlantirish maqsadida joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Xonbaliq" oromgohida maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari o'rtasida "Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi" va maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida "Yilning eng namunali oshxonasi" ko'rik-tanlovlari tashkil etildi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar sog’lom ва foydali ovqatlanishni targ'ib etish, oshpazlarning taom retseptlari to'g'risidagi bilimlari, bolalar uchun mo'ljallangan ovqatlarga qo'yiladigan talablar, ularni tayyorlash texnologiyalari, tarqatish qoidalari hамdа poliz mahsulotlarining miqdor ва normalari, ...

20/07/2018
“Ta’lim tizimida mehnat munosabatlari muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan faol hamkorlik qilinmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asos soluvchi konvensiyalari ratifikatsiya qilindi. Respublikada XMT Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi qabul qilingan bo‘lib, u milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 ...

20/07/2018
Xalqaro hamkorlik – rivojlanish omili.
Memur-Sen Konfederasyonu Eğitimciler Birliği Sendikası (Turkiya ta’lim kasaba uyushmasi)ning tashabbusi bilan 2018 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida davra suhbati tashkil etildi. Turkiya ta’lim kasaba uyushmasi tomonidan Memur-Sen Konfederasyonu Eğitimciler Birliği Sendikası raisi Ali Yalçin, Memur-Sen Konfederasyonu Eğitimciler Birliği Sendikası vitse-prezidentlari Latif Selvi va Ramazan Çakircidan iborat delegatlar tashrif buyurishdi. Tomonlar davra suhbati avvalida qardosh xalqlarning mustahkam madaniy-ma’rifiy aloqalari, rivojlanib borayotgan o‘zaro munosabatlarni yuqori baholab, tashrif va qabul uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi. Shundan so‘ng, kasaba uyushma tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari, ularning davlat boshqaruvidagi ishtiroki hamda ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, a’zolik va a’zolik badallari, kasaba uyushma a’zolariga ijtimoiy-iqtisodiy ...

16/07/2018
“Kichkintoylar-shirintoylar” sport musobaqasi tashkil etildi.
 Bolalarni jismoniy va aqliy rivojlantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bugungi kunda jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 14 iyul kuni muassasadagi tarbiyalanuvchilar o‘rtasida “Kichkintoylar-shirintoylar”  sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos, ularni aqliy va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan sport o‘yinlari, xususan to‘siqlardan aylanib  o‘tish, yugurish va sport anjomlari bilan ishlash kabi shartlarda o‘zaro kuch bellashishdi. Bu kabi tadbirlar tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega ekanligi ota-onalar tomonidan ham  e’tirof etildi. Sport tadbiri so‘ngida musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblari taqdirlanishdi.  

09/07/2018
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari mavqei va nufuzini oshirish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Joriy yilning 6-7 iyul kunlari Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti Raislar kengashi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorligida shahar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 95 nafari ishtirokida Al-Farg‘oniy dam olish uyida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad, bugungi kunda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda ish tajribalarini ommalashtirishga va ularni sog‘lomlashtirishga qaratildi. O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari ...

18/04/2018
Bog‘ot tuman kengashi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi asosida sayohatlar tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shuningdek, muhtaram Yurtboshimizning 2017-yil 25-dekabr kuni Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya rahbarlari bilan o‘tkazgan majlisida, xalqimiz va jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishda, ularni ma’naviy ozuqa olishlarida, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanishida madaniyat muassasalarining, xususan, teatr, konsert, kino va muzeylarning o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan. Bu yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2018-yil 6-fevraldagi YaF-13/196-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Bog‘ot tuman kengashi ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar