Yangiliklar

12/03/2018
Kam ta’minlangan oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining olis, chekka qishloqlari tabiiy gaz yetib bormagan hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qiziriq tumanida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi hamkor tashkilotlar hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etishdi. Qiziriq tumanidagi chekka va olis qishloqlarda istiqomat qiluvchi 30 nafar kam taminlangan oilalarga gaz plitalari reduktor va gaz ballonlari tarqatildi.

05/03/2018
Respublika kengashi tomonidan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 2018-yil 2-3-mart kunlari 90 nafar tarmoq kasaba uyushmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar uchun “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbek Milliy akademik drama teatri tomoshasiga, Zangiota tumani “Zangiota” ziyoratgohiga, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy binosi muzeyiga tashriflar uyushtirildi. Bayram munosabati bilan xotin-qizlardan iborat kasaba uyushmasi xodimlari va faxriylariga konsert dasturi tashkil qilindi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

01/03/2018
Sog‘lom oila – yurt tayanchi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 18 yanvardagi “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi BM-06/80-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman Kengashining barcha boshlang‘ich tashkilotlaridagi xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi tuman bosqichi belgilangan Nizom talablari asosida yuqori saviyada va bayramona ruhda tashkil etildi. Tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Doniev Fazliddinlar oilasi (ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan qiz bola) uchinchi viloyat bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi tuman bosqichi musobaqalarida I, II, III- ...

27/02/2018
Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohat uyushtirildi
Mamlakatimizning turizm sohasi iqtisodiyotning istiqbolli sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Yana bir haqiqat shundan iboratki, yurt ko‘rgan, el tanigan odamlarda dunyoqarashi keng bo‘lib, hayotga munosabat shakl shamoyil topadi. O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2018-yil 22-25-fevral kunlari Toshkent viloyati tarmoq xodimlari uchun kasaba uyushmasi a’zolaridan 50 nafarining Buxoro va Samarqand shaрarlariga sayohati tashkil qilindi. Yurtdoshlarimizning ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy madaniy va ma’naviy me’rosini o‘rganishlari, Respublikamizdagi ulug‘ ziyoratgohlarni ziyorat qilish va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ijobiy islohotlar bilan yaqindan tanishishlari tashkillashtirildi. Buxoro shahrining mahobatli me’morchilik yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlariga Yetti pirga sayohati tashkil etildi. 1.         Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy. 2.         Hoja ...

26/02/2018
Tuman, shahar kengashlari raislarining malakasi oshirildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018-yil 1-yarim yilligida kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini o‘qitish rejasiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazida 2018-yil 19-24-fevral kunlari O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislarining 25 nafari uchun o‘quv kurslari o‘tazildi. O‘quv kurslarida tinglovchilarga: - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2017-yil 16-iyunda “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forumida qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga ko‘maklashish Dasturidan kelib chiqadigan vazifalar haqida; - xodimlar bilan ishlash texnologiyasiga amal qilish (mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish); - kasaba uyushma tashkilotlarining hududiy davlat va ...

16/02/2018
Toshkent viloyatida “Jamoa shartnomasi xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat”mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
2018-yilning 14-fevral kuni Toshkent tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Jamoa shartnomasi-xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat”mavzusida viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ta’lim fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Toshkent viloyati tuman, shaharlari kengashlari raislari, Toshkent tumanidagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislaridan iborat 50 dan ortiq kishi ishtirok etdilar. Seminar ishtirokchilari kun tartibiga ko‘ra 11-umumta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdilar. Maktab o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan badiiy kompozitsiya namoyish etildi. So‘ngra yig‘ilganlar11-umumta’lm maktabi ma’muriyati va kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasining 2017 ...

16/02/2018
Maqsad – kasaba uyushmasi a’zolarini sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish
2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan xodimlar va ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ayniqsa oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida joylarda “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazilmoqda. Jumladan Qo‘qon shahar va Dang‘ara tumanida: “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqasi ta’lim xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a’zolarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida 2018-yil 10-fevral kuni tuman bosqichi ...

14/02/2018
Jizzax davlat pedagogika instituti xodimlari uchun Samarqand shahriga turistik sayohat tashkil etildi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2018-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018-yil 15-yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 9-14 “s”-sonli qarori haqida”gi 11-11 “s”-sonli qarori hamda institut kasaba uyushma qo‘mitasining ish rejasi ijrosiga asosan 2018-yil 11-fevral kuni institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan institutda ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat olib borayotgan pensiya yoshidagi professor-o‘qituvchilar va xodimlar, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan, ilmiy-pedagogik yutuqlarga erishayotgan ilg‘or o‘qituvchi-xodimlar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’olari bo‘lgan iqtidorli talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida jami 100 nafardan ortiq xodimlar va talabalarning qadimiy ...

12/02/2018
Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
2018-yil 9-fevral kuni A.Navoiy nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘ida buyuk shoir va ulug‘ mutaffakkir nomiga bunyod etilgan muhtasham haykal poyiga A.Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan gul qo‘yish marosimida, Andijon davlat tibbiyot institutida A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida A.Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada, Bobur nomidagi musiqali drama teatrida “Nazm va Navo” mavzusida tashkil etilgan konsert dasturida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdi. Muhtasham haykal poyiga gul qo‘yish marosimida filologiya fakulteti dekani f.f.n. dotsent Baxodirjon Rahmonov, filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Nurxon Turg‘unboevalar o‘z ma’ruzalari va she’rlari bilan ishtirok etdi. 2018-yil 9-fevral kuni Andijon ...

19/01/2018
Yoshlarning huquqiy immunitetini oshirish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi
Mamlakatimiz rivoji, kuchi-qudrati va salohiyatida yoshlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Shu sababdan bugungi kunda O‘zbekistonda ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish umummilliy va umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib turibdi. Joriy yilning 18-yanvar kuni Jizzax viloyat kasaba uyushma tashkilotlari Yoshlar birlashmasi va muassasa kasaba uyushma iщmitasi tomonidan Jizzax davlat pedagogika institutida yosh xodimlar va talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va huquqiy immunitetini oshirish maqsadida ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha  maslahatchisi M. Abduraxmonov yuridik bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Nurillaev, Jizzax davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D. Achilov, Markaziy bank Jizzax viloyat bosh boshqarmasi kichik biznes ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar