Ijtimoiy himoya

30/10/2018
“Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari ish beruvchilari,  ularning vakillari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi ish beruvchilari vakillari ishtirokida “Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika kengashi mas’ul xodimlari tomonidan “Xalqaro va mehnat standartlari. Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari.”, “Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning muassasalardagi ijrosi”, “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida”, “Yoshlar bilan ishlash komissiyalari va ularning faoliyatini samarali tashkil etish” mavzularida ma’ruzalar va ochiq muloqotlar ...

15/10/2018
“Mehnat munosabatlari sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi
2018 yilning 12 oktyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent shahridagi madaniyat muassasalari ish beruvchilari, kadrlar bo‘limi va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirokida mehnat qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlarini mustahkamlash, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasi, mehnatni muhofaza qilish hamda moliyaviy masalalarga oid mavzulardagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 250 nafardan ortiq Toshkent shahridagi madaniyat muassasalari – Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, tuman madaniyat bo‘limlari va aholi dam olish markazlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, musiqa maktablari, teatrlar, muzeylar va boshqa muassasalarning ish beruvchilari, xodimlar bo‘limi (vazifa ...

19/09/2018
O‘zbekiston ahliga, barcha xodimlarga MUROJAATNOMA
Aziz vatandoshlar! Mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ta’minlash, majburiy mehnatni bartaraf etish real hayotiy haqiqatga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangan, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qo‘llash bilan qo‘rqitgan holda turli ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar ham belgilab berildi. Shunday ekan, bu jarayonda faol ishtirok etish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Muhtaram hamkasblar! Ammo uzoq yillar davomida shakllanib qolgan, paxta yig‘im-terim mavsumida   yanada yaqqol ko‘zga tashlanib qolayotgan, bu bilan xalqimizning sha’ni va davlatimizning nufuziga ...

14/09/2018
Mohir kasb egalari – taraqqiyot poydevori.
   “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi xizmatidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida joriy yilning avgust oyida “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.     “O‘z kasbining mohir egalari”ni aniqlash jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilarning muayyan bir sohada ko‘p yillar mehnat qilgan tajribali mutaxassislar bo‘lganligi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelganligi, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari, yaratgan yangiliklari, yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatib, shogirdlar tayyorlaganligi, mehnat jamoasi orasidagi obro‘-e’tibori, jamoatchilik ishida faol ishtirok etayotganligi, mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ...

29/03/2018
Qarshi davlat universitetida jamoa shartnomasi bajarilishi muhokama qilindi
2018-yil 27-mart kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida 2017-2019 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2017-yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Sh.Kubayev, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri A.Abdiyevlar ishtirok etdilar. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha, dastlab, jamoa shartnomasining 2017-yilda bajarilishi haqida universitet rektori, professor B.Shoimqulov va universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi T.Valiyevlarning hisobotlari tinglandi. So‘ngra jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi komissiya a’zosi, katta o‘qituvchi A.Sultonov tomonidan o‘qib eshittirildi. Kun tartibidagi so‘nggi masala bo‘yicha “2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion ...

12/03/2018
Kam ta’minlangan oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining olis, chekka qishloqlari tabiiy gaz yetib bormagan hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qiziriq tumanida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi hamkor tashkilotlar hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etishdi. Qiziriq tumanidagi chekka va olis qishloqlarda istiqomat qiluvchi 30 nafar kam taminlangan oilalarga gaz plitalari reduktor va gaz ballonlari tarqatildi.

16/02/2018
Toshkent viloyatida “Jamoa shartnomasi xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat”mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
2018-yilning 14-fevral kuni Toshkent tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Jamoa shartnomasi-xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat”mavzusida viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ta’lim fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Toshkent viloyati tuman, shaharlari kengashlari raislari, Toshkent tumanidagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislaridan iborat 50 dan ortiq kishi ishtirok etdilar. Seminar ishtirokchilari kun tartibiga ko‘ra 11-umumta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdilar. Maktab o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan badiiy kompozitsiya namoyish etildi. So‘ngra yig‘ilganlar11-umumta’lm maktabi ma’muriyati va kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasining 2017 ...

30/05/2014
Kelishuvlarning 2013 yil davomida bajarilishi
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги, Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази, Матбуот ва ахборот агентлиги, “Ўзбектуризм”  

Izlash

 

So`ngi e`lonlar