Madaniy-ma`rifiy

07/09/2018
“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
     Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori, professor B.Shoimqulov ochib berdi. Universitet rektori o‘z so‘zida xalqimizning azaliy orzusi, milliy o‘zligimizni teran his qilish, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lmish istiqlolning ahamiyati, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish, shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlab, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng ...

13/08/2018
Maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari e’tiborda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o'rtasida 2018-2020 yillarga mo'ljallangan tarmoq kelishuvi ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari o'rtasida tajriba almashishni tashkil etish, ularni rag'batlantirish maqsadida joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Xonbaliq" oromgohida maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari o'rtasida "Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi" va maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida "Yilning eng namunali oshxonasi" ko'rik-tanlovlari tashkil etildi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar sog’lom ва foydali ovqatlanishni targ'ib etish, oshpazlarning taom retseptlari to'g'risidagi bilimlari, bolalar uchun mo'ljallangan ovqatlarga qo'yiladigan talablar, ularni tayyorlash texnologiyalari, tarqatish qoidalari hамdа poliz mahsulotlarining miqdor ва normalari, ...

18/04/2018
Bog‘ot tuman kengashi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi asosida sayohatlar tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shuningdek, muhtaram Yurtboshimizning 2017-yil 25-dekabr kuni Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya rahbarlari bilan o‘tkazgan majlisida, xalqimiz va jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishda, ularni ma’naviy ozuqa olishlarida, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanishida madaniyat muassasalarining, xususan, teatr, konsert, kino va muzeylarning o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan. Bu yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2018-yil 6-fevraldagi YaF-13/196-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Bog‘ot tuman kengashi ...

16/04/2018
Sho‘rchi tumanida “Sog‘lom oila” shiori ostida tuman oilaviy sport musobaqasi o‘tkazildi
Sho‘rchi tumanida 2018-yil 13-aprel kuni tumandagi Bolalar va щsmirlar sport maktabining sport zalida tumandagi tashkilot va muassasalar o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida tuman oilaviy sport musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasida Ta’lim, fan va madaniyat, Sog‘liqni saqlash, Agrosanoat majmui, Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi  tashkilotlarining tarmoqlarda g‘olib bo‘lgan xodimlari ishtirok etishdilar. Sport musobaqasida turli tashkilot va muassasalardan g‘olib bo‘lgan 24 nafar ishtirokchilar sportning “Yugurish”, “Akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish”, “Chaqqonlik va merganlik” estafetasi, “Mohir hujumchi”, “Qaddimizni rostlaymiz, “Sakrashni boplaymiz”, “Tezlik” estafetasi, “Epchillik” estafetasi, “Arqon tortish” musobaqasi, “Bir jamoa” estafetasi turlari bo‘yicha bellashishdi. Musobaqada tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” xodimi Omonov  ...

12/04/2018
Buxoro shahriga sayohat va ziyorat tashkil etildi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat tarmog‘i tizimidagi barcha tashkilot va muassasalar, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida mehnat qilayotgan ishchi xodimlar hamda mehnat faxriylari ishtirokida 2018-yilning 7-8 aprel kunlari Buxoro shahriga sayohat va ziyorat tashkil etildi. Yetti pirning yurti bo‘lmish Buxoro qadim-qadimdan islom dinining ma’naviy markazlaridan biri bo‘lib kelgan. U yerdagi madrasalar, masjidu maqbaralar, ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan minoralar hali xanuz kishilarni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Sayohatchilarimiz Buxoroga tashrif buyurib, bu fikrlar haqiqat ekanligiga amin bo‘lishdi. Sayohatchilar sayohatning ilk kunini G‘ijduvon tumanida joylashgan maqbara, ya’ni yetti pirning birinchisi “Xojagon” tariqatining asoschilaridan biri Abduxoliq G‘ijdivoniy ...

28/03/2018
G‘amxo‘rlikdan minnatdormiz
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob'ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan qator qarorlarida belgilab berilgan vazifalar hamda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini tashkil etish hamda korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a'zolarini turizmga jalb etilishini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati qarori ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tasarrufidagi 1500 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalardan mart oyi davomida 5000 nafarga yaqin ishchi-xodim respublikamizning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro ...

23/03/2018
O‘zbekiston – umumiy uyimiz
O‘lkamizda “Navro‘z” shukuhi kezmoqda. Bu yilgi “Navro‘z” o‘zgacha shodiyona bilan nishonlanmoqda. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi tomonidan 21-mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya tadbirlarida xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, axoli turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Mehnat jamoalarida atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning ne’matlarini, bugungi tinch xayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi. Romitan tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston-umumiy uyimiz” mavzusi ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoada bir oila bo‘lib mehnat qilayotgan o‘zbek, ...

23/03/2018
Yashnabod tuman kengashi tomonidan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlarini bajarish maqsadidahamda“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashiningboshlang‘ich tashkilotlari a’zolari uchun 2018 yil 18 mart kuni Samarqand shahriga bir kunlik sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida kasaba uyushmasi azolariga tarixiy obida va yodgorliklar, ularning barpo etilish tarixi va yurtimizning buyuk shaxslari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Kasaba uyushmasi a’zolarining bir kunlik sayohati maroqli va ko‘ngilli o‘tdi va shu kuni ular bir dunyo quvonch va ma’lumotlarga ega holda Toshkentga qaytishdi.    

13/03/2018
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Ayollari qadr topgan yurt” nomli tadbir o‘tkazildi
Ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritayotgan va oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan institutning faol xotin-qizlarini rag‘batlantirish, namunali kasbiy mahorati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan mehnat faxriylarini sharaflash hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2018-yil 16-fevraldagi 11-26 “s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 6-mart kuni “Ayollari qadr topgan yurt” nomli badiiy-musiqali kecha tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, institutda faoliyat yuritib kelayotgan 347 nafar xotin-qizlar (shulardan 1 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodlari, 87 nafar katta o‘qituvchilar, assistentlar ...

05/03/2018
Respublika kengashi tomonidan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 2018-yil 2-3-mart kunlari 90 nafar tarmoq kasaba uyushmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar uchun “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbek Milliy akademik drama teatri tomoshasiga, Zangiota tumani “Zangiota” ziyoratgohiga, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy binosi muzeyiga tashriflar uyushtirildi. Bayram munosabati bilan xotin-qizlardan iborat kasaba uyushmasi xodimlari va faxriylariga konsert dasturi tashkil qilindi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Izlash

 

So`ngi e`lonlar