Yoshlar birlashmasi

06/05/2019
“Ташаббусларга қанот бўламиз”
Муҳтарам Президентимиз Ш.Мирзиёев томонидан белгилаб берилган  жамиятда ёшларнинг фаол иштирокини таъминлашга қаратилган бешта муҳим ташаббус ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 18 декабрдаги ПҚ-4063-сон қарори билан тасдиқланган “2019-2022 йилларда юқумли бўлмаган касалликлар профилактикаси, аҳолининг соғлом турмуш тарзини қўллаб-қувватлаш ва жисмоний фаоллиги даражасини ошириш Концепцияси” ва чора- тадбирлар Дастури, шунингдек, ижтимоий шерик идораларнинг тармоқ келишувлари ижросини таъминлаш ҳамда таълим, фан,  маданият ҳамда спорт йўналишларида фаолият кўрсатаётган ходимларни жисмоний тарбия ва спортга кенг жалб қилиш, уларни жисмонан чиниқтириш, саломатликларини мустаҳкамлаш, улар ўртасида соғлом турмуш тарзини, яъни ақлий меҳнат билан спортни уйғунликда олиб бориш ҳамда оммавий, корпоротив спортни ривожлантириш мақсадида, Ўзбекистон таълим, фан ва ...

30/10/2018
“Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari ish beruvchilari,  ularning vakillari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi ish beruvchilari vakillari ishtirokida “Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika kengashi mas’ul xodimlari tomonidan “Xalqaro va mehnat standartlari. Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari.”, “Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning muassasalardagi ijrosi”, “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida”, “Yoshlar bilan ishlash komissiyalari va ularning faoliyatini samarali tashkil etish” mavzularida ma’ruzalar va ochiq muloqotlar ...

19/09/2018
“Baxtiyorlar diyori” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart!” degan shior ostida “Baxtiyorlar diyori” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi tashkil etildi. Joriy yilning aprel-iyun oylari davomida tanlovning saralash va hududiy bosqichlari o‘tkazildi. Mustaqillik davri sharoitida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillariga keng targ‘ib qilish, o‘quvchi-yoshlarning ...

07/09/2018
“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
     Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori, professor B.Shoimqulov ochib berdi. Universitet rektori o‘z so‘zida xalqimizning azaliy orzusi, milliy o‘zligimizni teran his qilish, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lmish istiqlolning ahamiyati, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish, shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlab, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng ...

16/04/2018
“Muzeylarga tashrif” aksiyasi
Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralaroro Kengashining 2018-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida “Yoshlar siyosati sohasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi” ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining “Yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy me’rosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning aprel oyida “Muzeylarga tashrif” aksiyasi tashkil etilmoqda. Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif jarayonida o‘quvchilarga muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning ...

17/03/2018
Yoshlar birlashmasining ta’sis Konferensiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan respublikamizdagi barcha tashkilotlarda yoshlar bilan ishlash tuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xususan, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi negizida ham yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va mehnat sohasidagi faoliyatini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida Yoshlar birlashmasi tashkil etildi. Yoshlar birlashmasining ta’sis Konferensiyasi joriy yilning 16 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining tuman, shahar, boshlang‘ich tashkilotlari hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi birlashgan kasaba uyushma tashkilotidan saylangan delegatlar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi. Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba ...

19/01/2018
Yoshlarning huquqiy immunitetini oshirish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi
Mamlakatimiz rivoji, kuchi-qudrati va salohiyatida yoshlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Shu sababdan bugungi kunda O‘zbekistonda ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish umummilliy va umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib turibdi. Joriy yilning 18-yanvar kuni Jizzax viloyat kasaba uyushma tashkilotlari Yoshlar birlashmasi va muassasa kasaba uyushma iщmitasi tomonidan Jizzax davlat pedagogika institutida yosh xodimlar va talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va huquqiy immunitetini oshirish maqsadida ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha  maslahatchisi M. Abduraxmonov yuridik bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Nurillaev, Jizzax davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D. Achilov, Markaziy bank Jizzax viloyat bosh boshqarmasi kichik biznes ...

17/02/2016
Oltinko‘l tumanda bo‘lib o‘tgan tadbir
  Andijon viloyati, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oltinko‘l tuman kengashi tarmog‘idagi tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar uchun “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.   Oilaviy sport musobaqasida 52 ta tashkilot va muassasalardan 156 nafar sportchilar qatnashdilar. Sport musobaqasi juda qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Musobaqa yakunida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblarga shuningdek, “Eng yosh oila”, “Eng axil oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” singari nominatsiyalar bo‘yicha ham faol ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tuman kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

Izlash

 

So`ngi e`lonlar