Bosh sahifada aylanish

11/03/2019
Меҳнат муҳофазаси бўйича ўқув-семинар ўтказилди
Жорий йилнинг 2 март куни Жиззах шаҳридаги 10-сонли умумий ўрта таълим мактаби мажлислар залида Ўзбекистон таълим, фан ва маданият ходимлари касаба Республика кенгашининг Жиззах вилояти бўйича масъул ташкилотчиси ташаббуси билан таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Жиззах шаҳар кенгаши ва Жиззах вилояти касаба уюшмалари ташкилотлари бирлашмаси кенгаши ҳамкорликда тармоқнинг туман, шаҳар Кенгаши раислари ҳамда Жиззах шаҳар кенгашига аъзо бошланғич касаба уюшма қўмиталари раислари иштирокида “Меҳнат муҳофазаси соҳасига оид қонунлар ижросини таъминлашда касаба уюшма қўмиталари, меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича комиссияси ҳамда вакилларнинг ҳуқуқлари, вазифалари” мавзусида ўқув-семинар ўтказилди. Мазкур семинарда Жиззах вилоят Бандлик бош бошқармаси, вилоят касаба уюшмалари ташкилотлари бирлашмаси Кенгаши ...

05/03/2019
Тежамкорлик – кони бойлик …
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 26 майдаги “2017-2021 йилларда қайта тикланувчи энергетикани янада ривожлантириш, иқтисодиёт тармоқлари ва ижтимоий соҳада энергия самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари дастури тўғрисида”ги ПҚ-3012-сонли қарорига кўмаклашиш мақсадида тизимдаги ташкилот ва муассасаларда кўрик - танлов ўтказилди. Кўрик-танловни ўтказишдан мақсад - маҳсулот, ишлар, хизматларнинг энергия сиғимини камайтириш учун электр энергияси ва ёқилғи-энергетика ресурсларини тежашни ва улардан самарали фойдаланишни рағбатлантириш, меҳнат жамоаларида электр энергияси ва ёқилғи-энергетика ресурсларини тежашга йўналтирилган ишларни фаоллаштириш, энергия тежаш бўйича тадбирларни амалга оширишда касаба уюшмаларининг самарали иштирокини таъминлашдан иборат бўлди. Танловда 5000 дан зиёд ташкилот ва муассасалар иштирок этиб, туман ва вилоят босқичлари ҳам юқори савияда ташкил қилинди. Танловни ўтказиш жараёнида энергия тежамкорлигига эришиш йўллари, ...

04/03/2019
“Ижтимоий мулоқот: Хотин-қизларни ижтимоий-меҳнат ҳуқуқларининг ҳимояси” мавзусидаги давра суҳбати
Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг 2018 йил 28 декабрда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисга қилган Мурожаатномасида иқтисодий ривожланиш ва ижтимоий ҳимоя ўзаро узвий боғлиқлиги ҳамда хотин-қизларни ижтимоий муаммоларини ҳал қилиш масалаларига катта урғу берилди. Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш деб номланган жорий йилда ижтимоий соҳани янада ривожлантириш бўйича қатор вазифалар белгиланди. Илм-фан, замонавий ва узлуксиз таълим тизимини янада такомиллаштириш зарурлиги, бинобарин, инсон капиталига эътиборни кучайтиришимиз, бунинг учун барча имкониятларни сафарбар этишимиз белгилаб берилди. Ҳаммамизга маълумки, касаба уюшма ташкилотлари ходимларнинг ижтимоий меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилувчи йирик нодавлат нотижорат ташкилот ҳамда меҳнаткашларнинг ваколатли вакиллик органи ҳисобланади. Ўзбекистон таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Республика ...

14/02/2019
Samarqand viloyatidagi mehnat jamoalarida jamoa shartnomalari bajarilishining muhokamasi tashkil etilib, boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy ko‘mak berildi.
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashiga a’zo tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2019 yil 11 fevral kuni Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi muhokama etildi. Mazkur mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Yaratov, Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi I.Raximov, Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi mehnashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Mamatqulova ...

08/02/2019
Mehnat jamoalarida jamoa shartnomalari bajarilishining muhokamasi davom etmoqda.
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashiga a’zo tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2019 yil 8 fevral kuni tumandagi 21-sonli umumiy o‘rta maktabida muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi muhokama etildi. Mazkur mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Yaratov, Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A.Mamarasulov va tuman kengashi raisi M.Haitqulovlar ishtirok etishdi. Umumiy yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ...

01/02/2019
Ijtimoiy himoya – ijtimoiy rivojlanishning asosi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoyaning o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish masalalariga katta urg‘u berildi. Chunki iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. Ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarurligi, binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shartligi ta’kidlandi. Hammamizga ma’lumki kasaba uyushma tashkilotlari xodimlarni ijtimoiy mehnat huquqlarini himoya qiluvchi yirik nodavlat notijorat ...

25/01/2019
 

14/01/2019
Vatanni sevmoq iymondandir
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani kengashi tashabbusi bilan tarmoq kasaba uyushmasi xizmati yo‘lga qo‘yilgan tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatchilarni va Qurolli Kuchlar faxriylarini jalb etgan holda “Vatan muqaddas uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida tadbirlar, uchrashuv va kechalar tashkil etildi. Shuningdek, tuman miqyosida sportning voleybol turi bo‘yicha Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani kengashi,  Mudofaa, Jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, yoshlar yetakchilari hamda tumanda joylashgan harbiy qismlarda xizmat burchini o‘tayotgan askarlar jamoalari o‘rtasida “Hokim kubogi” uchun musobaqalar ...

28/12/2018
Xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, xorijiy davlatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy, gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikada eng ommaviy jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham xorijiy davlatlarning kasaba uyushmalari markazlari, xalqaro kasaba uyushmalari birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirish sohasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatida har tomonlama manfaatli xalqaro aloqalarni  rivojlantirish sohasida Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi (VKP) bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasiga Rossiya, Belorus, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlarining ...

30/10/2018
“Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari ish beruvchilari,  ularning vakillari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi ish beruvchilari vakillari ishtirokida “Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika kengashi mas’ul xodimlari tomonidan “Xalqaro va mehnat standartlari. Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari.”, “Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning muassasalardagi ijrosi”, “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida”, “Yoshlar bilan ishlash komissiyalari va ularning faoliyatini samarali tashkil etish” mavzularida ma’ruzalar va ochiq muloqotlar ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar