Bosh sahifada aylanish

15/10/2018
“Mehnat munosabatlari sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi
2018 yilning 12 oktyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent shahridagi madaniyat muassasalari ish beruvchilari, kadrlar bo‘limi va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirokida mehnat qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlarini mustahkamlash, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasi, mehnatni muhofaza qilish hamda moliyaviy masalalarga oid mavzulardagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 250 nafardan ortiq Toshkent shahridagi madaniyat muassasalari – Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, tuman madaniyat bo‘limlari va aholi dam olish markazlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, musiqa maktablari, teatrlar, muzeylar va boshqa muassasalarning ish beruvchilari, xodimlar bo‘limi (vazifa ...

28/09/2018
“O‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy o‘rni” mavzusida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 18 yanvardagi “Mehnatkashlar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 9-18 “s”-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan joriy yilning 28 sentyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining katta majlislar zalida “O‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy o‘rni” mavzusida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. “Ma’naviyat soati”ni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari B.Maxmadaliev ochib berdi.      Tadbirda, XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri,  bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyosligi, ...

20/07/2018
“Ta’lim tizimida mehnat munosabatlari muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan faol hamkorlik qilinmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asos soluvchi konvensiyalari ratifikatsiya qilindi. Respublikada XMT Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi qabul qilingan bo‘lib, u milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 ...

10/10/2013
Press-reliz
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamdagi islohatlar mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini soha xodimlari, ayniqsa yoshlarga atroflicha tushuntirish va bu jarayonlarda tarmoq kasaba uyushma tashkilotlarining faol ishtirokini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 16-00 da “Jamiyatning ma'naviy yuksalishi, milliy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi” mavzusida “Ma'naviyat soatlari” bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan tadbirda kasaba uyushmalari xodimlaridan 100 nafari ishtirok etdi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari Muxammadjon Quronovning ma'ruzasi tinglandi.

Izlash

 

So`ngi e`lonlar