23/05/2014
“O‘z kasbining moxir egalari” tanlovining 1-bosqichi

01-45 иловасиO‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan tashkil etilgan “O‘z kasbining moxir egalari” tanlovi Sirdaryo viloyatida ham tegishli Nizom asosida o‘tkazilmoqda.

Tanlov muvaffaqiyati 1-bosqichning risoladagiday o‘tishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Buni yaxshi xis etgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari tanlov g‘oliblarini aniqlashga adolat mezonlari asosida yondashmoqda. Birinchi bosqichning mas'uliyati yana shundaki, tanlov Nizomga asosan mazkur bosqichda barcha korxona va muassasalarda komissiyalar tuzilib ular muayyan bir sohada ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan, tajribali mutaxassislarni tanlamoqda. 1maydan -25 maygacha davom etadigan mazkur bosqich Sirdaryo viloyati Guliston shaxridagi San'at kollejida ham bo‘lib o‘tdi. Komissiyaning xulosalariga ko‘ra “O‘z kasbining mohir egalari” tanloviga xalq cholg‘u orkestri murabbiysi Bahadirov Nail Sharifovich munosib nomzod qilib ko‘rsatildi.

Mehnat faoliyatini 1970 yilda Guliston shaxar bolalar musiqa bilim maktabi bayan sinfi o‘kituvchiligidan boshlagan Nail Baxadirov 1980 yildan buyon Guliston shaxar San'at kollejida xalq cholg‘u orkestri o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Bahadirov Nail o‘qituvchilik bilan bir qatorda bastakorlik sohasida ham o‘zini mukammal ijodkor sifatida namoyon qila oldi. Uning orkestr uchun yozgan, qayta ishlagan va moslashtirgan 350 dan ortiq asarlari bolalar san'at maktabining orkestrlari bilan Respublika miqyosida va boshqa mamlakatlarda ham ijro qilib kelinayapdi. U mohir dirijer. Uning boshchiligida Guliston san'at kollejining xalq cholg‘u sozlari orkestri ulkan yutuqlarga erishmoqda. 1994 yil Donetsk shaxrida Xalqaro orkestrlar tanlovi laureati sovrindori, 2006 yil “Diyor ohanglari”  O‘zbekiston televizion festivalida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

2012 yil fevral oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Bilimli va aql-zakovatli yetuk avlodni tayyorlash mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

Biz hikoya qilayotgan ajoyib mutaxassis Nail Baxadirov “1 darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibidir. Birinchi bosqichda g‘olib bo‘lagan Nail Baxadirov ta'lim, fan va madaniyat xodmilari kasaba uyushmasi Guliston shahar Kengashi tomonidan esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.

Nail Baxadirov hujjatlari keyingi bosqichda ishtirok etishi uchun ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashiga taqdim etildi.

01-45.илова. 01-45 иловаси

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar