29/05/2014
Biz yetuk mutaxassis bo‘lamiz!

Бухоро таълим энг фаол ёш тарбиячи 1“Bola boshidan” deydi dono xalqimiz. Jajji murg‘ak qalblarga ezgulik urug‘ini sochish, ularni sog‘lom, barkamol, yetuk inson etib tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Bolalarni chin yurakdan sevgan, ularning tilini bilgan odamgina haqiqiy “Bog‘cha opa” bo‘la oladi. Buxoro viloyatida mana shunday oliyjanob kasbni tanlagan yosh mutaxassislar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov tuman, shahar bosqichlari g‘oliblari – 13 nafar yosh tarbiyachilar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Malakali mutaxassislar, tajribali tarbiyachilardan iborat tanlov hakamlari ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan mashg‘ulotlarga baho berishdi. Test sinovlari, “Maktabgacha ta'lim sifatini oshirishda strategik rejalarim” mavzuidagi taqdimot, “O‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida savol – javob, turli materiallardan ko‘rgazmali o‘yinchoq yasash, chet tillarini bilish bo‘yicha tanlov ishtirokchilarining bilimlari, mahoratlari, qobiliyati sinab ko‘rildi.

Tanlov natijalari bo‘yicha G‘ijduvon tumanidagi 21-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Ashurova Gulchehra 1-o‘rinni egalladi. Qorovulbozor tumanidagi “Quyoshcha” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Fayziyeva Guljahon, Jondor tumanidagi 18-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Muhammedova Nasibaxon 2-3-o‘rinlar sohibi bo‘lishdi.

Ishtirokchilar tanlov ularga tajriba maktabi bo‘lganligi, ishtirok etib yangi hamkasb do‘stlar orttirganlaridan mamnun ekanliklarini ta'kidlab o‘tdilar, tinimsiz izlanishlar bilan o‘z ustlarida ishlab yetuk mutaxassis bo‘lib, sog‘lom avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.

Бухоро Энг фаол ёш тарбиячи 2 Энг фаол ёш тарбиячи 3 Энг фаол ёш тарбиячи 4

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar