24/11/2014
O‘zbekiston Milliy universitetida volleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

20141123_135545Biz buyuk va muqaddas maqsadlar uchun tug‘ilganmiz. Ana shunday maqsadlarimizdan biri Kelajagi buyuk davlat barpo etishdir. Bu istakni amalga oshirish uchun yurtboshimiz kundan-kunga yangidan-yangi islohotlarni amalga oshirib yoshlarga keng imkoniyat yo‘llarini ochmoqdalar.

Hyech narsa mamlakatni sportchalik butun dunyoga tanita olmaydi, – deydi Prezidentimiz. Shu maqsadda yoshlar orasida turli xil musobaqalar tashkil etilyapti. Dunyo hamjamiyatida ham har bir davlatning o‘rnini sport bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatiga qarab baholaydi. Shunday ekan, bizning yurtimizda ham ana shunday cho‘qqilarini zabt etish uchun kerak bo‘ladigan barcha sharoitlaru imkoniyatlar mavjud. Biz yoshlar esa shu kabi imkoniyatlardan foydalanib sog‘lom hayot tarzimizni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Yurtimizning eng chiroyli shaharchalaridan bo‘lmish Talabalar shaharchasida ham sportning volleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Shu yilning 23 noyabrida O‘zbekiston Milliy universiteti fakultetlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ushbu bellashuv talabalar hayotiga zavq va shavq olib keldi. Universitetimizning Talabalar Kasaba Uyushmasi hamda TTJ direksiyasi hamkorlikda o‘tkazilgan volleybol musobaqasi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazilishiga zamin yaratdi. Ushbu musobaqaning birinchi bosqichida alp o‘g‘lonlarimiz qatnashib, o‘zlarining sport bo‘yicha kuchlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa bor joyda, albatta g‘oliblik va mag‘lublik bo‘ladi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni 16 sonli TTJ sportchilari, ikkinchi o‘rinni 14 sonli TTJ sportchilari va nihoyat, uchinchi o‘rinni 18 sonli TTJ sportchilari egalladi. G‘oliblarga sovg‘alar ulashildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizga berilgan har bir soniya g‘oliblik yoki mag‘lublik eshigining ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Har bir vaqtdan unumli va albatta sog‘lom foydalanish lozim. Zero, farzandlari sog‘lom yurt, qudratli bo‘lur.

20141123_135722 20141123_143010 20141123_143333 20141123_143427(0) 20141123_143110 20141123_143255

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar