05/12/2014
“Konstitutsiya-huquq va erkinligimiz kafolati”

Безымянный 1Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi  tasarrufidagi kasaba uyushma tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining 22 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-xuquq va erkinligimiz kafolati!” shiori ostida bir qator tadbilar tashkil etildi.

Muassasa va tashkilotlarda mutaxassislarni jalb qilgan xolda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini, xalqimiz ma'naviy hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan huquq sohasidagi islohotlarni targ‘ib etishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suxbatlari uyushtirildi, Bayram arafasida tumandagi 35-umumta'lim maktabida xodimlar va ularning farzandlari ishtirokida “Huquqimiz-hamroximiz” mavzusida huquqiy bilimlar bo‘yicha bellashuv, Romitan sanoat kolleji o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi, Romitan pedagogika kollejida “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Barcha ta'lim muassasalarida “O‘zbekiston Konstitutsiyasi-barqaror Konstitutsiya” mavzusida “Ma'naviyat soatlari” o‘tkazildi. 15 nafar mehnat faxriylari, yolg‘iz qariyalar, mehr-muruvvatga muhtoj kishilar, 11 nafar nogironlar holidan xabar olindi, moddiy va ma'naviy ko‘mak berildi.

Безымянный Безымянный 1

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar