04/12/2014
3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”

SAMSUNG CAMERA PICTURESBuxoro muhandislik-texnologiya institutida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”  munosabati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ma'naviy tadbir o‘tkazildi. Institut jamoasi tarkibida 12 nafar professor-o‘qituvchi va 32 nafar talabalar yoshlarlar 2-guruh nogironlari ro‘yxatiga olingan bo‘lib, mazkur tadbir “Sog‘lom avlod uchun” hayriya jamg‘armasi Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan “Sog‘lom avlod uchun” hayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi direktori M.Axmedova talaba yoshlarga jamg‘arma faoliyati va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, talabalarni “Nogironlar kuni” munosabati bilan tabriklab jamg‘armaning esdalik sovg‘alarini topshirdi. Institut ma'muriyati tomonidan esa kasaba uyushma qo‘mitasi tavsiyasi bilan nogiron o‘qituvchilarga 150 000 so‘mdan, talabalarga esa 100 000 so‘mdan rag‘batlantirish mablag‘lari ajratildi. Jamg‘arma rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbati yakunida 2014 yilning 20 dekabridan boshlab barcha professor o‘qituvchilar va xodimlar jamg‘armaning malakali shifokorlari tomonidan zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda og‘ir kasallarga bepul dori-darmonlar bilan yordam ko‘rsatilishi alohida ta'kidlab o‘tildi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar