06/12/2014
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan sport musobaqasi

БезымянныйO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlab, 2014 yil 5 dekabrda Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi tomonidan mehnat jamoalarida ishchi xodimlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalarda 126 nafar kasaba uyushma a'zolari ikki guruhga bo‘lingan holda ya'ni 18-35yoshgacha va 35 yoshdan katta yoshlar qatnashdilar. Erkaklar 2 km, 100 metr va joydan uzinlikka sakrash, ayollar esa 800 metr, 60 metr va uzinlikka sakrash bo‘yicha belashdilar. Musobaqa judayam qiziqarli va taasurotlarga boy bo‘ldi. G‘oliblar Samarqand shahar kengashi tomonidan qimmatbaxo esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar