23/12/2014
An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan sport musobaqalari

SAMSUNG CAMERA PICTURESO‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Respublika O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi apparat xodimlari o‘rtasida tarmoq kelishuvlari ijrosini ta'minlash hamda ta'lim, fan va madaniyat muassasalari xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularni jismonan chiniqtirish, salomatliklarini mustahkamlash, aqliy mehnat bilan sportni uyg‘unlikda olib borish maqsadida sport musobaqalari an'anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yilgi turnir joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent xalqaro Vestminster Universitetida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarning ochilish marosimida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Bedilov Ravshan Melsovich, Toshkent xalqaro Vestminster Universiteti rektori Alisher Jo‘raqulovich Djumanovlar ishtirokchilarni tabrikladilar.

Turnirda 6ta jamoa ishtirok etdi va sportning mini futbol hamda shaxmat turlari bo‘yicha bellashdilar.

Jamoalarda vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlardan tashqari, rahbar xodimlarni ham ishtirokini ko‘rish mumkin.

2 kun davom etgan sport musobaqalarida g‘oliblar aniqlandi hamda unga ko‘ra,

 

Mini futbol bo‘yicha

1-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi jamoasi      

2-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi jamoasi 

3-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi jamoasi  

 

Shaxmat bo‘yicha

1-o‘rin-O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi L.Turikova    

2-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi mutaxassisi  G.Ashirova

3-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xodimi F.Niyazova        

 

Erkaklar o’rtasida

1-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi mutaxassisi  B.Akromov       

2-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xodimi S.Gabrilenko      

3-o‘rin-O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xodimi V.Qosimov        

 

Sport musobaqalari yakunida g‘oliblar O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan ko‘chma kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ishtirokchilar tomonidan ushbu musobaqalarda boshqa sport turlarini qo‘shish va an'anaviy tarzda o‘tkazilishini davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES  SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES 20141219_114015 20141219_114025

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar