26/12/2014
Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish

SAMSUNG CAMERA PICTURESO‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2014 yil 25 noyabrdagi MK/85 modemnomasi yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 30 oktyabrdagi nazorat-rejasining 5 bandiga muvofiq, Sirdaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish, konferensiyalarni o‘tkazish tartibiga oid o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari, ijtimoiy sherikchilik masalalari hamda jamoa shartnomalarini tuzishda e'tibor qaratilishi muhim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi hamda jamoa shartnomasini tuzish, unga tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish, kasaba uyushmasi faoliyatini yuritishga oid uslubiy qo‘llanmaning jamlangan prezentatsiyasi seminar ishtirokchilariga namoyish etildi va ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

O‘quv seminarda barcha tuman, shaxar kengashlari va namunali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etdilar.

SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar