27/12/2014
Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘quv-seminar tafsiloti

SAMSUNG CAMERA PICTURESO‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi M.Raximova tomonidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda 2014 yil 25 dekabr kuni shahar, tuman kengashlari raislari, yirik boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari yetakchilari (jami 97 kishi)  ishtirokida Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish (konferensiya)larni o‘tkazish tartibiga oid o‘quv-seminar tashkil qilindi. 

O‘quv-seminarni Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Muyassar Raximova kirish so‘zi ochar ekan, o‘tkazilayotgan o‘quvning mazmun mohiyati, jamoa shartnomasi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish(konferensiya)larni talab darajasida tashkil qilish, uyushqoqlik bilan o‘tkazish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda o‘quv-seminar dasturidan o‘rin olgan “Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari, ijtimoiy sheriklik masalalari hamda jamoa shartnomalarini tuzishda e'tibor qaratilishi muhim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida”  batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek o‘quv-seminarda “Jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yilishi (konferensiya)larni o‘tkazish tartibi hamda jamoa shartnomalari tuzishning hududiy jihatlari to‘g‘risida” viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bo‘lim mudiri Nigora Palvanova, “Tarmoq kasaba uyushma tashkilotlarida mehnat qonunchiligi oldini olish masalalari to‘g‘risida”  viloyat birlashmasi yuridik bo‘limining yetakchi yurist konsulti Mirkamol Boltayev, “Mehnatni muhofaza qilish, xodimlarga xafsiz mehnat sharoitlarini yaratish va bu borada jamoatchilik nazoratini tashkil etishni jamoa shartnomalarida aks ettirish to‘g‘risida”  viloyat birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Marat Ishmetov so‘zga chiqib o‘z mavzulari yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berdilar.

O‘quv-seminar qizg‘in bahs-munozaralar ostida o‘tdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar