02/02/2015
Sog‘lom turmush tarzi- hayotimiz shiori

 

Бухородан веб сайтга 3 Buxoro shahridagi 123-maxsus maktab – internat jamoasi “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida Respublika spartakiadasining o‘tkazilishi munosabati bilan tayyorgarlik ishlarini boshladi. 169 kishi mehnat qiladigan jamoada bunday musobaqaning o‘tkazilishi o‘quv muassasada sog‘lom muhit, ahillikka zamin yaratishi muqarrar.

Ishchi guruhi tomonidan tadbirning yuqori saviyada o‘tishi uchun puxta hozirlik ko‘rildi. Spartakiada sportning voleybol, shashka, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilib, unda 82 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etishdi. Musobaqalar qo‘tarinki ruhda o‘tdi va o‘quvchilar ustoz va murabbiylarining sport sohasidagi mahoratini kuzatib zavq oldilar.

Stol tennisi bo‘yicha musobaqalarda o‘qituvchilardan F.Hamroyev, D.Abduraxmonovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. H.YOqubov va T.Toirovalar shashka ustasi ekanliklarini namoyon etdilar. Voleybol musobaqalarida 24 nafar xodimlardan iborat 4 ta jamoadan xotin-qizlar o‘rtasida “Qaldirg‘och” guruhi, erkaklar o‘rtasida “Semurg‘” guruhining qo‘li baland keldi. G‘olib va sovrindorlarga kasaba uyushma tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi. Spartakiada ishtirokchilari musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, keyingi bosqichga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishlarini ta'kidladilar.

Bunday musobaqalar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish bilan bir qatorda ularga hush kayfiyat bag‘ishlaydi, albatta mehnat samaradorligini oshiradi.

Бухородан веб сайтга 1 Бухородан веб сайтга 2

 

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar