05/02/2015
Hisobot-saylov yig’ilishlari

 

1-Хисобот сай.O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2014 yil 12 noyabr “Tarmoq kasaba uyushmasi organlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi 13-8-sonli qaroriga muvofiq Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati tuman, shaxar kengashlari tasarrufidagi barcha boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig’ilishlari o’tkazilmoqda.

2015 yil 4-fevral kuni Guliston shahridagi 2-umumtalim maktabi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Hisobot-saylov yig’ilishida kasaba uyushma qo’mitasining 2010 yil aprel oyidan 2015 yil fevral oyigacha bo’lgan faoliyati bo’yicha hisoboti muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi.

Yig’ilishda kasaba uyushma qo’mitasining a’zolari va raisi saylandi hamda ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar tashkiloti konferentsiyasiga belgilangan kvota bo’yicha bir nafar delegat saylandi.

Tizimdagi barcha boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig’ilishlari davom etmoqda.

2-Хисобот сай. 3-Хисобот сай.

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar