07/02/2015
Hisobot-saylov yig‘ilishi

 

БезымянныйJoriy yilning 6 fevral kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2010-2015 yil shu davr mobaynidagi faoliyati bo‘yicha hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilib, Oliy attestatsiya komissiyasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Usmonov Quvvat Turdiyevich tomonidan slaydlar namoyishi orqali ma'ruzasi tinglandi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev olib bordi. So‘zga tashkilot kasaba uyushmasi a'zolari Z.Isroilov, K.To‘xtaboyev, A.Xo‘jaqulov, K.Adiyevlar, chiqib o‘tgan davr mobaynida kasaba uyushma tashkiloti tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borgan ishlariga o‘z fikr mulohazalarini bildirishda hamda qoniqarli deb topish to‘g‘risida taklif kiritdilar. Yig‘ilish so‘ngida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tojiyevich chiqib bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashlari tomonidan belgilab olingan ustivor yo‘nalishlar, kasaba uyushma tizimga joriy etilgan yangiliklar, jamoa shartnomalariga kiritilgan bandlar hususida, shuningdek, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlar quyi boshlangich tashkilotlarga qaratilgan amaliy yordamlar ekanligini ta'kidladi, shu bilan birga kasaba uyushma faollari oldida turgan dolzarb masalalar yuzasida to‘xtaldi

Yig‘ilishda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va rais o‘rinbosari saylandi. Kasaba uyushma yig‘ilishda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlar kasaba uyushmasi ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash bo‘limi bosh mutaxassisi L.Turikova ishtirok etdi.

Безымянный 1 Безымянный 2

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar