11/02/2015
Tarmoq kelishuvlari muhokama qilindi

 

SAMSUNG CAMERA PICTURESO‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi”, 23-moddasida esa “Nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, muhokama qilishda ishtirok etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish huquqiga ega” ekanligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014-2016 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvning 2 bo‘lim 9 bandida mehnat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kasaba uyushmasi tashkilotlarining tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish vazifasi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish kasaba uyushmalariga yuklatilgan.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi bilan tuzilgan Tarmoq kelishuvlarida ham xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat va dam olishi, sog‘lomlashtirilishi, mehnat munosabatlarini yanada tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishini oldini olishga qaratilgan mehnat me'yorlarini ishlab chiqish kabi masalalar o‘z aksini topgan.

Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan Qonun va qonunosti hujjatlarini ijrosini ta'minlash maqsadida 2015 yil 10 fevral soat 10.00 da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi bilan 2012-2014 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuvlarini 2014 yilda bajarilishini muhokama qilish hamda 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvlarini tuzishga qaratilgan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu qo‘shma yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazir o‘rinbosari B.Usmonov, Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari A.Xolbekov, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarma boshlig‘i A.Musayev hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari X.Zikrillayevlar kasaba uyushmasi faollari oldida vazirlik va ish beruvchilar tomonidan xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini ta'minlash borasidagi Tarmoq kelishuvlarida keltirilgan majburiyatlarni bajarilishi yuzasidan hisobot berdilar va savollarga javob berdilar.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimida amal qiluvchi jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 2014 yil davomida 1475 nafar xodimlar farzandlariga chet tillarni o‘rgatishda moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida 172741,7 ming so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. Shundan 117481,3 ming so‘m ish beruvchilar hisobidan 55260,4 ming so‘m kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan berildi. Farzandlari 2 yoshdan 3 yoshga to‘lgunga kadar 2699 nafar yosh onalarga 272558,9 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. 217 nafar oilalarga 347429,0 ming so‘m miqdorida mamlakatimizda ishlab chiqilgan, uzoq muddat foydalanadigan tovarlar va uy-joy qurilishi uchun foizsiz ssuda berildi. Ushbu mablag‘ning 93 foizi ish beruvchi hisobidan amalga oshirildi. 11996 nafar tarmok muassasalarida ishlovchi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘kotgan oilalarning farzandlari uchun o‘kuv qurollari, darsliklari xarid kilish harajatlarini qoplash maqsadida 241571,2 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 28265 nafar kam ta'minlangan oilalar vakillariga 2525518,0 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Respublika kengashi hisobidan 4 nafar oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalariga 10645,0 ming so‘m miqdorida shartnoma pullari qisman to‘lab berildi.

Yig‘ilish yakunida tarmoq kelishuviga kiritilgan yangi mehnat me'yorlari yuzasidan qaror qabul qilindi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar