17/02/2015
Jamoa shartnomalarining 2014 yilda bajarilishi

 

IMG_3699Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari boshlangich kasaba uyushmasi tashkilotlarda 2015 yil fevral-aprel oylarida jamoa shartnomalarining 2014 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi jadvallar O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga taqdim etilgan.

Mazkur jadvalga muvofiq 2015 yil 16 fevral kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 70-maktab-internatida ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi va yangi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan jamoa shrtnomasining muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda 135 nafar kasaba uyushmasi a'zolaridan 116 nafari ishtirok etishdi (19 nafari sababli qatnashmadi).

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri M.N.Isayev, Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchi A.Mamarasulovlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi muhokama etilib, ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi qabul qildindi.

M.N.Isayev yig‘ilishda so‘zga chiqib jamoa shartnomasining bajarilishi muhokamasi va yangi qabul qilingan jamoa shartnomasi atroflicha muhokama etilganligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib, yig‘ilishga ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi puxta tayyorgarlik ko‘rganligini, qatnashchilar faol ishtirok etganligini ta'kidlab, jamoaga kelgusida katta yutuqlarga erishishi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

IMG_3696

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar