31/01/2015
O‘z kasbinining mohir egasi

 

Безымянный

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining 22 yilligiga bag‘ishlangan “O‘z kasbinining mohir egalari” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘shtepa tumanidagi 4 umumta'lim maktabi boshlangich sinf o‘qituvchisi, kasaba uyushmasi faoli, ustoz-murabbiy Valiyeva Muxayyoxon o‘z tashabbuskorligi, fidoiyligi, ijodiy barqamolligi va yoshlarga ta'lim-tarbiya berishdagi ilg‘or tajribasi hamda samarali mehnatlari uchun 2014 yilning “Xalk ta'limi a'lochisi” unvoni hamda “Shuxrat” medali bilan taqdirlandi. 2015 yil yanvar oyida Qo‘shtepa tumanidagi pedagog xodimlar bilan M.Valiyevaning ijodiy uchrashuvlari tashkil etildi. Tumandagi ta'lim muassasalari rahbarlari, kasaba uyushmasi faollari hamda 500 dan ortiq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida M.Valiyevaning ish tajribasi va faoliyati keng yoritilib, targ‘ib etildi.

 

Безымянный 2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar