07/02/2015
Ko’rgazmali namunaviy o’quv-seminar haqida

 

Безымянный3O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2014 yil 24 oktyabrdagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi 19-10 sonli, O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2014 yil 12 noyabrdagi “O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotlarida xisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi 13-8-sonli, hamda Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2014 yil 3 noyabrdagi 19-19-"o"sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5 fevral kuni Qarshi shahar 5-umumta’lim maktabida O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika кengashinng Qashqadaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi va Qarshi shahar kengashi hamkorligida boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida “Hisobot-saylov yig’ilishini tashkil etish va o’tkazish” bo’yicha ko’rgazmali namunaviy o’quv-seminar tashkil etildi. Qarshi shahar 5-umumta’lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti hisobot-saylov yig’ilishi kun tartibiga – maktab kasaba uyushma qo’mitasining 2012 yil aprel oyidan 2015 yil fevral oyigacha bo’lgan faoliyati haqida hisoboti, maktab kasaba uyushma qo’mitasi tarkibiga saylov hamda O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar tashkiloti IV konferensiyasiga delegat saylash masalalari kiritildi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu kuni Qarshi shahar 5-umumta’lim maktabi kasaba uyushma qo’mitasi tarkibiga yangi saylangan qo’mitaning birinchi tashkiliy yig’ilish o’tkazildi. Kun tartibiga qo’mita raisi va o’rinbosarini saylash masalalari kiritilib, yangi qo’mita raisi etib, 5-maktab boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi Fayziyeva Lobar Sayfullayevna saylandi. O’quv-seminar ishida O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika кengashinng Qashqadaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi Kubayev Shodmon Rabbimovich, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashkiliy ishlar bo’limi mudiri Mahmudov Fayzulla Murodullayevich, Qarshi shahar kengashi raisi Yuldoshev Sherzod To’rayevich hamda tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashi raislari va har bir tumandan 2 nafardan tayanch boshlang’ich tashkilot raislari ishtirok etishdi hamda 5-umumta’lim maktabi kasaba uyushma tashkilotining “Hisobot-saylov yig’ilishini tashkil etish va o’tkazish” bilan bog’liq jarayondagi yutuqlari va yo’l quyilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Hisobot-saylov yig’ilishini o’tkazish bo’yicha maxsus o’quv qullanmalar tumanlardan kelgan boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlariga taqdim etildi. Joriy yilning 6 fevraldan 10 fevral kuniga qadar har bir tumanlarda ikkitadan “Hisobot-saylov yig’ilishini tashkil etish va o’tkazish” bo’yicha ko’rgazmali namunaviy o’quv-seminarlar tashkil etish rejalashtirib olindi.

Безымянный2 Безымянный3 Безымянный4 Безымянный 1

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar