18/02/2015
“Zarafshon” va “Samarqandskiy vestnik” tahririyatida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

Безымянный1Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi tasarrufida bo‘lgan “Zarafshon” va “Samarqandskiy vestnik” tahririyatida 2015 yil 17 fevralda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 43 nafar kasaba uyushma a'zolaridan 36 nafari qatnashdilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari B.X.Maxmadaliyev, Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi F.N.Xidirov va Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi raisi B.K.Namazovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining 2010 yil aprelidan 2015 yil fevralgacha qilingan ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisoboti tinglandi. Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining ishi 2010 yil apreldan 2015 yil fevralgacha bo‘lgan faoliyati qoniqarli deb topildi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita a'zoligiga 5 nafar yosh, jamoada obro‘ e'tibori bor xodimlar saylandi. Raislika ikki nomzod Gulrux Mo‘minova va Umida Xolbekova ko‘rsatildi. Jamoaning ovoz berishi natijasida Gulrux Mo‘minova 20ta, Umida Xolbekova 16ta ovoz olishdi. G.Mo‘minova “Zarafshon” va “Samarqandskiy vestnik” tahriyatining boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi etib saylandi. Yig‘ilish oxirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining o‘rinbosari B.X.Maxmadaliyev so‘zga chiqdi va O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalarining bugungi kundagi o‘rni to‘g‘risida gapirib o‘tdi hamda yangi saylangan qo‘mita a'zolari ishlariga omad tiladi.

Безымянный2 Безымянный3 Безымянный Безымянный1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar