18/02/2015
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi tarkibidagi hisobot-saylov yig‘ilishlari

 

IMG_3676Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi tarkibidagi barcha boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 18 fevral kuni Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharq qo‘lyozmalari markazi kasaba uyushmasi tashkilotida xisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi raisi Sh.Musayev o‘tgan 2010-2015 yilning fevral oyi davr mobaynida markaz kasaba uyushmasi, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-ma'rifiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida olib borilgan xayrli ishlar, shuningdek, boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida yechimini kutayotgan ayrim kamchiliklar xususida ko‘rgazmali ma'ruza qildi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev olib bordi.

So‘zga markazi kasaba uyushmasi a'zolari Ashraf Axmedov, Dilorom Yusupova, Omonulla Bo‘riyev, Surayyo Karimova va boshqalar chiqib o‘tgan davr mobaynida kasaba uyushma tashkiloti tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borgan ishlariga o‘z fikr mulohazalarini bildirishda hamda qoniqarli deb topish to‘g‘risida taklif kiritdilar.

Xisobot-saylov yig‘ilishida shu masala alohida ta'kidlandiki, har yili O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilab olingan ustivor yo‘nalishlar aynan xodimlarning manfaatlarini himoyalashga qaratilganligi, kasaba uyushma tizimga joriy etilayotgan yangiliklar, jamoa shartnomalariga kiritilgan qo‘shimcha bandlar, shuningdek, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlar quyi boshlangich tashkilotlarga qaratilgan amaliy yordamlar ekanligi, shu bilan birga xali kasaba uyushma faollari oldida turgan yechimini kutayotgan dolzarb masalalar yuzasida fikr mulohaza almashildi.

Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi saylandi. Yig‘ilishdan so‘ng birinchi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, hamda tashkilot kasaba uyushmasi raisi va rais o‘rinbosari saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yaqindan ko‘maklashgan bugungi kunda ustozlik qilayotgan keksa yoshdagi kasaba uyushma faollari birlashgan ko‘mita tomonidan rag‘batlantirildi.

Birlashgan qo‘mita tarkibidagi barcha boshlangich tashkilotlarda xisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.

Yig‘ilishda Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi madaniy ma'rifiy va sport ishlari bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Po‘latov ishtirok etdi.

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar