18/02/2015
Toshkent pedagogika kollejida xisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

 

DSCN5458O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarkibidagi barcha boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida xisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 18 fevral kuni Toshkent pedagogika kolleji kasaba uyushma qo‘mitasining xisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi Kamalova Muxabbat Radjabovna 2010-2015 yillar mobaynida kollej kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-ma'rifiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida olib borilgan ishlari xususida ko‘rgazmali ma'ruza qildi.

Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi saylandi. Yig‘ilishdan so‘ng birinchi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi hamda tashkilot kasaba uyushma raisi va rais o‘rinbosari saylandi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chilonzor tuman kengashi tomonidan faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha mutaxassisi R.A.Karabayev ishtirok etdi.

DSCN5488 DSCN5494 DSCN5503 DSCN5497

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar