11/04/2015
“Kasaba tur” velosport musoboqalari

 

IMG_95132015 yil 5 aprel kuni Nukus shahrida Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika instituti xodimlari va talabalari o‘rtasida “Kasaba tur” havaskor velosportchilari velomarafon musobaqalarining 1-bosqichi o‘tkazildi. Musobaqalarga universitet va pedagogika institutidan 40dan ortiq havaskor velosportchilar ishtiroq etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra universitetdan 35 yoshgacha sportchilar o‘rtasida pedagogika fakultetidan A.Qidirbayeva 1-o‘rinni, ximiya-texnologiya fakultetidan G.Qayipnazarova 2-o‘rinni, chet tillar fakultetidan N. Atajanova 3-o‘rinni, erkaklar o‘rtasida ximiya-texnologiya fakultetidan J.Allayarov 1-o‘rinni, tarix va huquq fakultetidan A.Tao‘bayev 2-o‘rinni, pedagogika fakultetidan S.Bekbosыnov 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 35 yoshdan yuqorilar o‘rtasida tarix va huquq fakultetidan R.Turdimuratova 1-o‘rinni, sotsial-ekonomika fakultetidan Sh.Paxratdinova 2-o‘rinni, tarix va huquq fakultetidan A.Seytmuratova 3-o‘rinni, erkaklardan pedagogika fakultetidan A.Sultansuyunov 1-o‘rinni, pedagogika fakultetidan Yu.Sultamuratov 2-o‘rinni, qoraqalpoq filologiyasi fakultetidan J.Marziyayev 3-o‘rinni egalladilar. Nukus davlat pedagogika institutidan jismoniy tarbiya fakultetidan D.Karimov 1-o‘rinni, P.Mamutov 2-o‘rinni, R.Shыlmanov 3-o‘rinni egalladi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

IMG_2190 IMG_2192 IMG_2139 IMG_9513


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar